Mavzu: 1-4-sinflarda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo’llari reja: kirish I bob. O’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati
Download 202 Kb.
|
ikki ovozda kuylash
Tuzilish tаrkibi quyidagilardan iborat: so’z boshi, kirish, asosiy qism, xulosa, shuningdek, unda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tavsiya etilgan. Malakaviy ishda mundarija qayd etilgan.
I BOB. O’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati. Bolalarda qo’shiq kuylashning ahamiyati Bolalar tetik ko’tarinki ruh kayfiyatida bo’lsalar, ularning fikrlash qobiliyati aktivlashadi. SHu bilan bolaning musiqani idrok qilishida ham chuqur, emotsional his - tuyg’u holati paydo bo’ladi. Bu holat kuylash jarayonida ijobiy natijalar hosil bo’lishiga olib keladi. Ma’lum bir qo’shiqni kuylash oldidan va kuylash davomida bir qancha vazifalarni amalga oshirishi kerak bo’ladi. Qo’shiq haqida dastlabki emotsional taassurotlar hosil qilish: ijro etish rejasini to’zish maqsadida asarning musiqaviy tilini taxlil qilish. 1. Qo’shiqni kichik bo’laklarga bo’lib, alohida qayta ishlash. 2. Asarni bir necha marta qayta ishlash. 3. Asarning musiqaviy badiiy obrazini kuylovchiga yetkazib kuylash. Bu vazifalarni amalga oshirishda o’qituvchi eng avvalo tanlangan qo’shiqning yaratilishi haqida mahlumot berishi va ushbu qo’shiqni mahlum cholg’u asbobi jo’rligida ifodali kuylab berishi kerak. Endi asarni bolalarga qaysi uslubda o’rgatish kerakligini aniqlash maqsadida o’qituvchi qo’shiqdagi musiqaviy tovushlarning baland - pastligi musiqa diapazonining bolalar yoshiga mosligi haqida bolalar bilan savol - javob tariqasida qisqacha tahlil o’tkazadi. Qo’shiqni kichik bo’laklarga qayta ishlash ular orasidagi o’zviylikni saqlagan holda oshirishi kerak. Kichik bo’laklarni bolalar qayta kuylab, aniq eshitganlaridan so’ng qo’shiqni boshidan oxirigacha kuylashi mumkin. Qo’shiqni to’liq kuylayotganda bolalar o’qituvchining ijrosiga syongan holda o’zaro bir - birini eshitishga harakat qila boshlaydi. Bu holatni o’qituvchi o’z vaqtida anglab olib bolalarni ikki - uch g’uruhga bo’lib, navbat bilan qo’shiq kuylatadi. Savol - javob tariqamida har qaysi guruhning qay darajada kuylaganligi aniqlanadi va o’qituvchi tomonidan baholanadi. U bilan asarning badiiy obrazini tinglovchiga yetkazib kuylash vazifasi amalga oshiriladi. Bu vazifalarni o’qituvchilarning bilim doirasini, yahni kuylash madaniyatini shakllantirmasdan turib amalga oshirib bo’lmaydi. Chunki xorda badiy ifodali qo’shiq aytish har bir o’quvchidan mahlum darajada kuylash malakalarining murakkab doirasini talab qiladi. Bu malaka xorda kuylashning tarbiyaviy ahamiyatini belgilaydi. Kuylash malakalarini mukammal bilish - yosh ijrochilarning estetik tarbiya jarayonida musiqaviy badiiy obrazini chuqur his qilishlarini tahminlovchi asosiy omil hisoblanadi. Bolalarda kuylash malakalarining shakllanishi to’la musiqaviy tarbiyaning asosiy shartlarida biri amalga oshayotganligidan dalolat beradi. Kuylash malakalarining shakllanishi jarayonini bolalarning har birining o’z xususiyati va qo’shiqchilik qobiliyatiga ham bog’liqdir.CHunki bolaning maktabga musiqaga, qo’shiqqa bo’lgan munosabati maktabdagi undagi kuylash malakalarining shakllanishiga va bilim olish natijalarining sifatiga ham tahsir qiladi. Kuylash malakalarini shakllantirish jarayoni bir xilda kechmaydi. Bu jarayon mahlum qonuniyatlarga bo’ysungan holda maqsadga muvofiq yo’nalishda amalga oshiriladi. Kuylash malakalarini shakllantirishning boshlang’ich sinflarda quyidagicha uch bosqichda rivojlanishini ko’rib chiqamiz: 1. Oddiy elementar kuylashni o’rganishga erishish; 2. Mazkur oddiy mashqlarni mustahkamlash va rivojlantirish; 3. Hosil bo’lgan kuylash mahoratidan samarali foydalanish shakllanishning birinchi bosqichidanoq bolalar kuylashga o’rgatilib boriladi. Hozircha kichik diapozonda bo’lsa ham iloji boricha toza, sof va ifodali kuylashga harakat qilish: quylayotganda og’iz va jag’larni to’g’ri harakatga kelishini tahminlash, yumshoq kuylashga o’rganish, kuylash talaffo’zini yaxshilash ovoz tembrini yorqinroq qilib borish kerak bo’ladi. Birinchi bosqichni amalga oshirishda musiqa o’qituvchisining ushbu malakalarini bir - biriga bog’liqligini tahminlashda erishishi muhim hisoblanadi. Bunda o’qituvchi bolalarning tovush pardasiga og’irlik tushmasligi va ularning ovozlari charchab qolmasligi uchun kuylash faoliyatini tinglash faoliti bilan tez - tez almashtirib turishi kerak.Ikkinchi bosqichda asosiy kuylash malakalar uning barcha qirralarida ijobiy o’zgarishlar ro’y beradi. Ular quyidagicha kechadi. Nafas yo’llarida erkinlik hosil bo’ladi, ovoz tembri yorqinlashadi, ovoz hosil bo’lishi usullari normallashadi. Kuylayotganda og’iz va jag’larning to’g’ri harakatga kelish usuli bir muncha yaxshilanadi, jarangdorlik va musiqaning eshitish qobiliyati rivojlanadi. Oddiy mashqlarni mustahkamlash mumkin. O’quvchilar lad qonuniyatlarini ham o’zlashtirishadilar. Bu bilan musiqa savodi jarayoni bilan ham bog’liqlikka erishish mumkin.So’ngi bosqichda kuylash malakalari rivojlangan darajada hosil bo’ladi. Jarangdorlikning sof va ifodali bo’lishi ovoz hosil bo’lish uslubining mustahkamlanishini, ovoz tembri sifatining yanada oshishi ovoz diapozonini sezilarli darajada kengayishi kuylash hamda nafas olishning to’g’ri va to’la shakllanishi uchinchi bosqich uchun muhim bo’lgan omillardir. Bu bosqichda bolalar chuqur musiqaviy his - tuyg’u va to’g’ri kuylashga erishgan bo’ladilar. O’qituvchi bu bosqichda tovushlarning katta sakrashlar ishtirok etgan mashqlardan bevosita foydalanishi mumikn. Bu davrda turli xil kuylash malakalari orasidan o’zaro o’zviylik aloqasi vujudga keladi. Masalan, musiqaviy eshitish qobiliyatining rivojlanish darajasi ovoz tembrining sifatiga ovoz hosil qilish usuliga va boshqa malakalarga tahsir qiladi. Kuylaganda nafas olishning to’g’ri yo’lga qo’yilishida o’qituvchining kuchli nazorati kuylashida ifodalikni ovoz tembri va qolgan barcha kuylash malakalari yaxshilanishi va samarali bo’lishiga olib keladi. O’quvchilarda kuylash malakalari tarbiyalashning o’z qiyinchiliklari bo’ladi. Bolalar hali berilgan asarni to’la tahlil qila olmayapdilar. Dastlabki mashqda qo’lga kiritilgan natijani keyingi mashqlarda ishlata olmaydilar: kuylash malakalari orasidagi bog’liqlikni to’liq ko’ra bilmaydilar. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etishda o’qituvchilarning musiqa tinglash va ijodiyotni to’g’ri baholash muhim ahamiyatga ega. Kuylash malakalarini shakllannishida qayta kuylash mashqlari usulining maqsadga muvofiq ravishda bajarilishi muhimdir. Qayta kuylash usulining ikkita sharti mavjuddir: 1. O’quvchi kuylayotganda aynan nima qilishi va nimaga erishishi mumkin bo’lgan, puxta aniq bilimga ega bo’lishi kerak. 2. O’quvchi nimaga erishganini, har bir mashqning qanday natija berganini qanday xatolarga yo’l qo’yilganini bilishi kerak, keyingi mashqlar esa ushbu xatolarni bartaraf etishga qaratilgan bo’lishi kerak. Birinchi shartning to’g’ri bajarilishi uchun o’qituvchi musiqa savodxonligi jarayoniga bog’liqligiga va ikkila jarayonning mantiqan bir - biriga mos bo’lishiga ehtibor berishi kerak. Ikkinchi shartning bajarili qayta kuylash mashqning mahlum maqsadga qaratilganiga bog’liq. Bunda o’qituvchi har gal qayta kuylagan mashqni bolalar bilan o’z vaqtida tahlil qilib borishi kerak. Kuylash malakalaring shakllanishidagi yuqorida qayd etilgan uch bosqichni amalga oshirish uchun musiqa o’qituvchilariga quyidagi tadbirlarni o’tkazish tavsiya etiladi; a) o’quvchilarning ohangdoshlikni his etishga erishi; b) Har bir o’quvchining individual xususiyatini hisobga olish; g) iloji boricha milliy cholg’u asboblaridan foydalanish; d) dars mobaynida qoniqmagan o’quvchilarini musiqa to’garaklariga jalb qilish. Musiqa o’quvchisi bolalarning ohangoshligini his etish qobiliyatini o’rganish uchun avvalo ularning maktabgacha olgan tarbiyasini o’rganish kerak bo’ladi. Eng avvalo bolalarga tanish bo’lgan qo’shiqlarni mashq qilish ushbu tadbirni amalga oshirishga yordam beradi. Tabiiyki, bolalarning ohangdoshlikni his etish qobiliyati turli xil bo’ladi. Mashqlar uch - to’rt darslardan boshlab, qobiliyatiga qarab uch guruhga bo’lib o’tkaziladi. Kichik mashqlarni kuylayotganda bolalarning individual - musiqiy qobiliyatini aniqlab o’rganish mumkin bo’ladi. Bu yerda individual xususiyat har bir o’quvchining musiqaga munosabati ovoz pardasining kuylash holati, nafas olish yo’llari, talaffuz ifodasi kabi xususiyatlar nazarda tutilayapti. Bu xususiyatlarning to’g’ri shakllanishida uchta guruhga bo’lib o’tkazish maqsadga muvofiq. Kuylash malakalarining ijobiy shakllanishiga milliy cholg’u asboblarining bevosita tahsiri muhim ahamiyatga ega. Lekin Ovrupa cholg’u asboblarining ham bu jarayonda muhim o’rni borligini rad etib bo’lmaydi. Respublikamizning barcha umuta’lim maktablarida ham turli cholg’u asboblari mavjud emas. Ko’pgina maktablarning musiqa darslarida doira, nog’ora, g’ijjak, tanbur, nay kabi o’zbek milliy cholg’u asboblardan kam foyalaniladi. Milliy cholg’ular ahamiyatini mukammal bilish, o’rganishga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi. Demak, mana shu cholg’u asboblaridan ko’proq foydalanilsa kuylash malakali shakllanishi jarayonining natijasi bir muncha samarali bo’lar edi. Musiqa madaniyati fani o’qituvchisi 45 daqiqali dars mobaynida boshlangich sinf o’quvchilariga qo’shiq kuylash qoidalarini turli xil zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanib o’gatishga erishsa bolalarda kuylash malakasi shakllanadi. Xar bir asarni jonu-dili bilan kuylashga xarakat qiladi va musiqa madaniyati darsiga qiziqishi san’atga muxabbati oshadi. Dars jarayonida bo’sh o’zlashtiruvchi bolalar bo’lishi mumkin bunday o’quvchilarni o’z vaqtida «Qo’shiqchilar ansambli» to’garagi yoki bo’lmasa «Xor» to’garagiga jalb qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa bo’sh o’zlashtiruvchi bolalarda kuylash malakalarining rivojlanishi uchun bir olg’a qadam bo’ladi. O’qituyvchining xar bir o’quvchi xaraktetiga va ruxiyatiga individual yondosguvi o’z vaqtida qilingan ishlar keyingi darslar mobaynida, bunday o’quvchilarning qo’shiqni yaxshi idrok etishga undaydi va albatta, ijobiy ta’sir bo’ladi. V-VII sinf o‘quvchilarining kuylash malakalarini rivojlantirishda musiqa darsiga xos faoliyat turlaridan biri bo‘lgan jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash muhim o‘rin tutadi. Jamoali kuylash jarayonida barcha o‘quvchilar birdan kuylash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘quvchilarga olam jahon zavq bag‘ishlaydi. Barcha sinfdoshlari bilan birgalikda hamjihat bo‘lib kuylaganlarida o‘quvchilar bu birlashishda qanchalik katta kuch borligini chuqur his qiladilar. Zero, xor jamoasida qo‘shiq kuylash barcha yoshdagi kishilar uchun ham zavq bag‘ishlay oladi. Afsuski, kattalar bunday baxtni his qilish baxtidan benasib bo‘lib qoladilar. Chunki, kattalarni birlashtiruvchi xor jamoalari bizning xalqimiz uchun odat bo‘lmagan. Xususan, ko‘pchilikni birlashtiruvchi pensionerlar xori yoki katta yoshdagi kishilar xori deyarlik uchramaydi. Vaholanki, yevropalik qariyalardan tuzilgan xorlarda keksalar ham cheksiz zavq-shavq bilan kuylaydilar va o‘zlarining yolg‘iz ekanliklarini his qiladilar. O‘smir yoshdagi bolalar uchun xorda kuylash nihoyatda zavqli va unda o‘quvchilar boshqa o‘quv predmetlaridagi charchoqni sezmay qoladilar. Ayni paytda shuni alohida ta’kidlash lozimki, musiqa darslarida bolalarning vaqtini boshqa faoliyat turlari bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lish hollari ham uchraydi. Bu esa o‘quvchilar jamoa bo‘lib kuylashdek zavq bera olmaydi. Shuningdek, xorda kuylaganda o‘quvchilarga xordan tashqari ko‘p tanbex berish, ularni kuylashdan to‘xtataverish ham ularni ranjitib qo‘yadilar. Sinfdagi barcha o‘quvchilar ham birday kuylash qobiliyatiga ega emasliklarini his qilgan holda ular tomonidan yo‘l quyiladigan ayrim kamchiliklardan norozi bo‘laverish ham yaramaydi. Xorga xos bir qator muhim elementlar mavjudki, bu spetsifik xususiyatlarga amal qilish o‘quvchilarning kuylash malakalariga professionalizmlik kirita oladi. Professor P.Chesnokovning ta’biri bilan aytganda xorda agar uch muhim element bo‘lmasa, bunday tomonni xor deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi. Bulardan biri - bu xorning sozidir. Soz - bu kuylash jarayonida uchraydigan barcha interval va akkordlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishidan iboratdir. Musiqa nazariyasidan ma’lumki - intervallar tovushlari birin-ketin keladigan melodik intervallar va bir paytda talaffuz qilinadigan garmonik intervallardan iborat bo‘ladi. O‘zbek musiqiy bisotiga oid ko‘plab materiallar asosan melodik tarzdagi intervallar qo‘shilmasidan tashkil topgan, xususan folklor qo‘shiqlari, marosim qo‘shiqlari, turli xalq an’analarida kuylanadigan qo‘shiqlar ham xatto xalqimizning nodir asarlari bo‘lgan og‘zaki an’anadagi yirik sikllardan tashkil topgan maqomlar ham asosan melodik tarzdagi intervallardan iboratdir. Barcha insonlar singari bolalar ovozi ham har doim birday qo‘shilavermaydi. Ko‘pincha bu o‘quvchilarning kayfiyatiga, salomatligiga va o‘quvchiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham ma’lum bir notani kuylaganlarida birisi sezilar-sezilmas darajada pastroq, ba’zisi balandroq va ba’zisi barqaror kuylaydilar. Bunda talaffuzlar majmuisi tabiiy soz deyiladi. Fortepianoda ma’lum agarda jaranglaydigan notaga ega pasaytirishga ham, yuqorilatishga ham moyillik ko‘rsatmaydi. Shuning uchun ham bu cholg‘u asbobining sozini tekkis soz deb yuritiladi. Bolalar ovozi ham kattalar singari tabiiy sozga ega bo‘lganligi uchun intervallar talaffuzida ba’zi kamchiliklar mavjud bo‘ladi. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xor mutaxassislari intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ayrim intonatsion xususiyatlardan foydalanish zarurligini isbotlaganlar. Kuylash jarayonida intervallarni bu qonun-qoidalarga amal qilgan holda ularning aniq talaffuziga erishish mumkin bo‘lishini isbotlashgan. Melodik intervallarni to‘g‘ri kuylash uchun ularning bosqichlarini quyidagicha kuylash tavsiya etiladi: 1. Barcha sof intervallar sof-1, sof-4, sof-kvinta va sof-oktavalarning har ikki bosqichini (ya’ni pastga va yuqoriga notalarini) barqaror kuylash lozim. 2. Barcha kichik intervallar kichik-2, kichik-3, kichik-6, kichik-7 intervallarning 1-bosqichi barqaror, ikkinchi bosqichi esa pasaytirish, ya’ni past tomonga intiltirib kuylanadi. 3. Barcha katta intervallar katta-2, katta-3, katta-6 va katta-7 intervallarining 1-bosqichi barqaror va 2-bosqichlari esa yuqorilatish yo‘li bilan kuylanadi. Major va minor gammalari ham asosan yuqoridagi qonun-qoidalardan kelib chiqqan holda kuylanadi. Xorga xos muhim elementlardan biri bu ansambl bo‘lib, u fransuz tilidan olingan va barcha xor qatnashchilarining birgalikda, hamjihat kuylashlarini taqozo etadi. Ansambllar vokal ijrochilari uchun quyidagicha tarkibdan iborat bo‘lishi mumkin: 1 kishi ijrosi «solo» deyiladi. 2 kishilik ansambl «duet» deyiladi. 3 kishilik ansambl «trio» deyiladi. 4 kishilik ansambl «kvartet» deyiladi. 5 kishilik ansambl «kvintet» deyiladi. 6 kishilik ansambl «sekotet» deyiladi. 7 kishilik ansambl «septet» deyiladi. 8 kishilik ansambl «oktet» deyiladi. Bulardan eng ko‘p uchraydigan duet, kvartet va kvintet ansambllari hisoblanadi. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ansambllarning tub mazmuniga yetmaslik natijasida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu ayniqsa kvartet yoki kvintet haqida so‘z yuritilganda sodir bo‘ladi. Ko‘rik-tanlovlarda ayrim maktab rahbarlari to‘rt kishi ijrosidagi har qanday qo‘shiqni bu kvartet deb bahslashadilar. Vaholanki, to‘rt kishi ijrosidagi qo‘shiq bir yoki ikki ovozli vokal ansambli bo‘lib chiqadi. To‘rt kishi qo‘shiq kuylaganlarida, agar ular qo‘shiqning ayrim joylarini to‘rt ovozlik qilib kuylasalargina u kvartet bo‘ladi. Shuningdek, kvartet qilib kuylaganida ham u boshdan oxiriga qadar to‘rt ovozlik bo‘lib kuylashavermaydi. Ba’zan akkordlar bir ovozlik, ba’zan ikki ovozli, ba’zan uch ovozli, faqat ayrim qatorlarni to‘rt ovoz qilib kuylashlari mumkin. Ana shu to‘rt ovozga bo‘linish joyini hisobga olgan holda uni kvartet deb atash odat bo‘lib qolgan. Xorga xos ansambllar xususiy va umumiy bo‘lishi mumkin. Ikki, uch ovozlik xorlarda har bitta ovozdagi xonandalarning o‘zaro bir-birlariga mos ravishda kuylashlari bu xususan ansambl deb ataladi. Ikki yoki uch ovozlik xorlardagi barcha partiyalarning birgalikda bir-birlarini mos kuylashlari umumiy ansambl hisoblanadi. Professor YE.Cheyenekov xorga xos yangi mexanik va badiiy organik ansambllar ham mavjudligi haqida fikr bildiradi. Mexanik ansambl quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi: 1. Har bir xor partiyasida xonandalar soni teng bo‘lishi kerak. 2. Har bir xor partiyasidagi xonandalarning ovoz bo‘yog‘i bir xil bo‘lishi kerak. 3. Xorda kuylovchi xonandalarning ovoz sifati va savollari bir xil bo‘lishi lozim. Bundan tashqari mexanik ansamblga xor dirijyorining saviya va mahorat mos keladigan bo‘lsa, bunday ansambl badiiy organik ansambl deb ataladi. Xorga xos uchinchi muhim element bu nyuanslar, dinamik tuslar bo‘lib, unga amal qilish xorni badiiy jihatda barkamol bo‘lishini ta’minlaydi. Bu elementlar PP, P, MP, MF, FF, krishendo, dimenuendo hamda sfortsando bo‘lib, u kuy va qo‘shiqqa ruh bera olish bilan ahamiyatlidir. Yuqoridagi holatlarni hisobga olib kuylash xorning mukammal bo‘lishida va xonandalarning kuylash malakalarini o‘stirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti barcha fanlar qatori musiqiy fanlarni o‘qitishga ham ma’lum talablar qo‘ydi. Davlat ta’lim standarti talablari asosida, avvalo ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Musiqa madaniyati” darslari uchun maxsus na’munaviy o‘quv dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq qilindi. Hozirgi davrda musiqiy fanlarni o‘qitish yuzasidan ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun Davlat ta’lim standartlari va na’munaviy o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Lekin, “Musiqa madaniyati” darslarini standart talablari va na’munaviy o‘quv dasturlari asosida o‘tish yo‘lida bir qancha muammolar to‘planib qoldiki, bu muammolarni oqilona hal qilish hamda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun birgina musiqa fani o‘qituvchisining imkoniyati yetmaydi. Avvalo shuni aytish kerakki, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda barcha fanlarning uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlari (maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim va oliy ta’limdan so‘nggi ta’lim) da o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam va uzluksiz ravishda o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun talablariga to‘g‘ri keladi va bir qator muammolar tug‘dirmoqda. Muammolarning birinchisi shundan iboratki, har bir bola yashash va ta’lim olish jarayonida qandaydir fanga yoki sohaga qiziqa boradi. Shu jumladan, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan musiqa mashg‘ulotlari va darslari, bolalarning ma’lum qismini ushbu sohaga qiziqtiradi. Ularda kelgusi hayotlarida musiqa ilmiy va ijodiyoti sohasi mutaxassisi bo‘lish ishtiyoqini hosil qiladi. Shunday ekan bolalarni o‘z qiziqishlariga ko‘ra tanlash, rag‘batlantirish va kelgusida shu sohada bilimlarini oshirishlari uchun kerakli shart-sharoit yaratish lozim. Musiqa janrlari ichida eng “demokratik va ommaviy xususiyatga” ega bo‘lgan tur — bu xor san’atidir. U kishilarimizning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni g‘oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi. Mashhur musiqa nazariyotchisi, faylasuf, bastakor va musiqa madaniyati shakllanish davrining asoschilaridan biri B. Asafyev fikricha, xor san’ati musiqani tushuna bilish vositasidir. Xor san’ati ommani «estetik ruhda tarbiyalash bilan birga, kishilarni xalq qo‘shiqlari ijodiyoti durdonalari, o‘zbek, rus va chet el klassik vokal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy dunyosini boyitadi. Xor san’ati ommani musiqaviy tarbiyalashda kishilarni loqayd eshituvchi emas, balki faol qatnashchilarga aylantiradi. Ba’zi bir ijtimoiy kuzatishlarga qaraganda, havaskorlik xor kollektivlarida astoydil qatnashgan kishilar hayotda ham, ishlab chiqarishda ham serg‘ayrat bo‘ladilar. Xor shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot o‘zaro uyg‘unlashib, yaxlit badiiy obraz yaratiladi. Bu san’at doimo xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, o‘zbek , rus va ayrim boshqa qardosh xalqlar milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynab kelgan. Xor san’ati ijodiy rivojlandi, u ko‘p millatli xarakterga ega bo‘ldi.. O‘tmishda professional xor ijrochiligiga ega bo‘lmagan qator qardosh respublikalarda yangi xor san’ati o‘ziga xos yo‘llar bilan shakllana bordi. Mazkur xalqlar o‘zlarining milliy an’analariga tayangan holda musiqa madaniyatlarini yarata boshladilar. Bu muhim ishni amalga oshirishda ilg‘or rus musiqa madaniyati va xor ijrochilik tajribasi ham katta rol o‘ynadi. Tarix o‘tmishida xalqlar hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlar bilan birga, musiqa olamida ham, xususan, xor san’atida ham yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, xor san’ati keng tarqalgan va ko‘p turlarga ega bo‘lgan janr.Ta’kidlaganimizdek, umumestetik tarbiyaning muhim tomonlaridan biri, musiqiy tarbiya hisoblanib, xor san’ati esa musiqa madaniyatining tarkibiy va eng xalqchil qismini tashkil qiladi. Xor san’ati madaniy hayotimizda keng o‘rinni tutgan, inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Xor musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. O‘quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. O‘quvchilar nafosat hissini, san’at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san’atdan bahramand bo‘lishni, avvalo maktablarda o‘rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati darslari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, xor musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi O‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go‘zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni xis eta oladigan bo‘lishi kerak. Olimlardan birlari: «Odam shaxs bo‘lishi uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i kerak» - degan edi. Dirijyor asarni har tomonlama o‘rganib bo‘lgach, o‘zining tuzgan ish rejasi asosida uni xonandalarga o‘rgatishga kirishadi. Asar ustida olib boriladigan ishning asosiy qismi asarni xorga o‘rgatish jarayonida bajariladi va xor ishining asosini ham shu asarni o‘rganish protsessi tashkil qiladi. Chunki asarni o‘rganish bilan birga, xorda vokal-xor ishlari olib boriladi.. Xonandalarga qo‘shiq o‘rgatish paytida ular yaxshi muzika namunalari bilan tanishadilar. Ularning muzikaviy ongi, madaniyati, didi o‘saveradi. Ijro malakalari osha boradi, vokal ko‘nikmalari shakllana boradi. Xonandalarning melodik va garmonik eshitish, hamohang (ansambl) bo‘lib kuylash va notani tez o‘qish va to‘g‘ri intonatsiya qilish qobiliyati takomillasha boradi. Xorga asar o‘rgatishning turli usul va metodlari ijrochilik tajribasida ma’lum. Oddiy qilib aytganda, asar, avvalo texnik tomondan o‘rganiladi. Keyin uning badiiy ijrosi (sayqallash) ustida ish olib boriladi. Umuman, asarni o‘rganishdan oldin uni eshittirish ham muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, asar o‘rgatish jarayonini shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin: — asarni xonandalarga eshittirish; — o‘rgatish; — mustahkamlash va badiiy ifodali qilib aytishga o‘rgatish ishlarini tugallash. Asarni xonandalarga eshittirishdan oldin uning mualliflari (so‘z va musiqa) haqida va asar mazmuni to‘g‘risida tushuncha berish lozim. Ijrochilarni asar bilan tanishtirishda ularga asarning asosiy mazmunini tushuntirish kifoya. Shundan so‘ng asarning badiiy, ta’sirchan ijrosi eshittiriladi. Dirijyor shuni esda tutishi kerakki, asarni xonandalarga ta-nishtirishida ijro yaxshi bo‘lmasa, zng yaxshi yozilgan qo‘shiq ham xor qatnashchilarida yaxshi taassurot qoldirmasligi va ularda asarga nisbatan qiziqish uyg‘otmasligi mumkin. Asar, albatta, ma’lum bo‘laklarga bo‘lingan holda o‘rgatiladi. Ma’lumki, ko‘pchilik hollarda qo‘shiqlar shaklan ikki qismdan iborat bo‘ladi. Qo‘shiqning kirish qismi — daromad va ikkinchi qismi naqoratni tashkil qiladi. O‘z navbatida, har ikkala qismi ham jumlalarga bo‘linadi. Qo‘shiqni mana shu frazalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Qo‘shiq har bir xor partiyasiga alohida o‘rgatilib, keyin birgalikda kuylanadi. Aytganimizdek, boshda asar texnik tomondan, ya’ni uning adabiy teksti, ritmik tuzilishi o‘rganiladi va solfedjio qilinadi. Asar texnik tomondan o‘rganilayotgan davrda xonandalarning taktdagi hissalarni dirijyorlik (taktirovaniye) qilib borishi yaxshi foyda beradi. Buning uchun ular dirijyorlik shakllarini (sxemalarni) bilishlari kerak. O‘rgatiladigan asar shaklan har xil (bir, ikki, uch, to‘rt va h. k.) qismlarda bo‘lishi mumkin. Lekin ularni xorga o‘rgatish metodn yuqorida qayd qi-linganidek bo‘ladi. Asar o‘rganishni asarning melodik-intonatsion tuzilishiga qarab , har xil ovozdan boshlash mumkin. Masalan, ancha tajribaga ega bo‘lgan xorlar uchun avval birinchi ovozni (asosiy kuyni) eshitish va o‘rganishdan boshlash qolgan ovozlarni o‘rganishga birmuncha qulaylik tug‘diradi. Chunki tajribali xonandalar asosiy kuyni anglamay, o‘z partiyalaridagi kuyni hamohanglikda ayta olmaydilar. Ular uchun asosiy kuyni eshitib, o‘z kuylarini aytishi partiyalarni bir-biriga moslashtiradi, shunda partiyalar bir butunlikda yangraydi. Asosiy kuy xonandalarga kuylash, eshitish va nazorat qilib borish imkonini beradi. Aksincha, tajribasizlik xorlarda avval asosiy (yuqoridagi) kuy birinchi ovozda o‘rgatilsa, uni boshqa ovozdagi xonandalar ham eshitib, o‘z partiyalaridagi kuyni aytishda adashishlari mumkin. Shuning uchun har bir asarni o‘rgatishda uning melodik-intonatsion tuzilishiga qarab ish tutish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish jaryoni. Qo’shiq kuylash faoliyati o’quvchilarining ijrochilik mahoratlarini, ovoz ijrosini boshqarishni, aytim yo‘llarini yo‘lga qo‘yadi. Qo’shiq kuylashda o’quvchilarining individual xususiyatlarini, ovoz diapazonlarini hisobga olish zarur. Mazmun va g‘oyaviy jihatdan bu yoshdagi bolalarga mos keladigan lekin diapozon jihatdan to‘g‘ri kelmaydigan asarlar tranpozitsiya qilinib, repertuarlarda qo’llash mumkin. Qo’shiq kuylash faoliyati asar bilan tanishtirish vaqtida musiqa tinglash kabi to‘rt bosqichda tashkil qilinishi maqsadga muvofiq. Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling