Mavzu: 1-9 sinflarda texnologiya fanining mazmuni


Download 186 Kb.
bet11/13
Sana27.01.2023
Hajmi186 Kb.
#1131713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-9 sinflarda texnologiya fanining mazmuni

8-9-sinf, kasbiy tayyorgarlikgacha bo'lgan jarayon mazmuni.

«Texnologiya va d izayn» yo'nalishi

Ishlab chiqarish asoslari bo'limi: o'quvchilar O'zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog'liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg'or te xnologiyala r; mehnat faniga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o'lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo'nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko'p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo'lgan mahsulot namunasini ta yyo rlash.


Xalq hunarmandchiligi texnologiyalari bo'limi: o’quvchilar yog'ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunamandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo'yicha ko'rgazma va tanlovini tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nod ir materiallar, ashob-uskunalar; hunarmandchilik mahsulotlarining tashqi shakli, uzviyligi va yaxlitligi ta'minlanishiga ko'ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan kasb-hunar turlari; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo'nalishi bo'yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg'unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar.

Download 186 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling