Mavzu-1: Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish Reja
Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi
Download 87.9 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi
- Algoritmning grafik shaklda ifodalanishi
- Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi
- Nazorat savollari
Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi
Bu usul matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlarda ko‘plab qo‘llanilaniladi. Formuladagi «+», «–», «*», «/» kabi arifmetik amallarning tartibiga rioya qilgan holda bajarilishi ham algoritmga misol bo‘ladi. Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, matematikada qo‘llanib kelinayotgan Bradis jadvali deb nomlangan to‘rt xonali matematik jadval, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali, dars jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi. Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Algoritmning grafik shaklda ifodalanishi Algoritmning bu ko‘rinishda ifodalanishi matematikada chizilgan grafik, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish. Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli – blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar bir yoki bir nechta buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar – bloklardan tashkil topadi. Bloklar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtiriladi. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishlagansiz. Lekin har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun ular algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim. Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Nazorat savollari 1. Algoritm nima? Misollar keltiring. 2. Algoritmning qanday xossalarini bilasiz ? 3. Boshlang ‘ich qiymatlar deganda nimani tushunasiz ? 4. Hamma bajara olishi uchun algoritm qanday xossaga ega bo‘lishi kerak? 5. Tushunarlilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan ko‘rsatmalar ketma- ketligiga misollar keltiring? 6. Ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun qanday sistemadan olinishi kerak? 7. Ijrochi algoritmni so‘zsiz bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli? 8. Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatga ega bo‘ladi? 9. Algoritmning diskretlilik xossasini misollar yordamida tushuntiring? 10. Algoritmning natijaviylik xossasini misollar yordamida tushuntiring? 1 A.R.Azamatov “Algoritmlash va dasturlash asoslari” T. 2010., 3-5 betlar. 2 A.R.Azamatov “Algoritmlash va dasturlash asoslari” T. 2010., 9-11 betlar. 3 A.R.Azamatov “Algoritmlash va dasturlash asoslari” T. 2010., 13-15 betlar. Download 87.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling