Mavzu: 5
|
Router va kalit yordamida tarmoqni qurish.
|
Reja:
Router va kalit yordamida tarmoqni qurish.
Cisco packet tracer dasturida korporativ tarmoqlarda tarmoqlarni qism tarmoqlarga ajratish (VLAN) texnologiyasini sozlash ko`nikmalarini hosil qilish.
LAN (Virtual local area network) - bir-biri bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa darajasida muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'lgan qurilmalar guruhi jismoniy jihatdan turli tarmoq qurilmalariga ulanishi mumkin. Aksincha, turli xil VLANlardagi qurilmalar ko'rinmas ulanish nuqtasida bir-birlari uchun, agar ular bir xil komutatorga ulangan bo'lsa ham, ushbu qurilmalar orasidagi aloqa faqat tarmoq va yuqori darajalarda ta`minlanishi mumkin.
VLAN texnologiyasini qisqacha kommutator ichidagi kommutator sifatida ta`riflash mumkin. Ya’ni vlan texnologiyasi yordamida bitta kommutatorni bir nechta kommutator sifatida ishlatishimiz mumkin.
VLAN texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega:
tarmoqni strukturalangan ko`rinishga keltirish;
xavfsizlikni ta`minlash;
bir nechta mustaqil tarmoqlar o`rtasida aloqani ta`minlash;
kommutatorning bir nechta aloqa qilmaydigan tarmoqlarga bo'lish;
tarmoqni qo'shimcha kabellarsiz ehtiyoj sezmasdan 2 yoki undan ortiq kommutatorlarga ega tarmoqlarga bo'lish.
VLANlar OSI modelining ikkinchi sathida mavjud bo'lgan virtual tarmoqlardir. Qurilmalarni tarmoqqa ulshda portlardan foydalaniladi.
Portlar odatda ikki xil bo`ladi access, trunk.
Access port foydalanuvchi interfeysigacha bo`lgan port hisoblanadi.
Trunk port - bu komutator va boshqa tarmoq qurilmasi o'rtasidagi nuqta-nuqta aloqasini ta’minlaydi. Trunk port ulanishlar bir nechta VLAN lardan trafikni bitta kanal orqali olib boradi va ularga butun tarmoqqa kirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |