Mavzu 1: mutaxassis shakllanishida ko‘nikma va kompetensilarning roli
Hozirgi sharoitda O‘zbekiston yuridik kadrlarida “soft skills”ni rivojlantirishning ahamiyati nimada?
Download 359.92 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- O‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati
Hozirgi sharoitda O‘zbekiston yuridik kadrlarida “soft skills”ni rivojlantirishning ahamiyati nimada?Bugun O‘zbekiston ochiq davlatga aylanmoqda. Davlat siyosati qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yanada yaxshilash, olis davlatlar bilan esa yangicha munosabatlarni kuchaytirishga qaratilmoqda. Eng muhimi – mamlakatda investitsiyaviy muhit yaxshilanmoqda, shu tufayli jahon hamjamiyati O‘zbekiston to‘g‘risida ijobiy fikrlar bildirmoqda. Demak, mamlakatga kirib kelayotgan chet el investorlari bilan samarali shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qodir kadrlar, jumladan, yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib boradi. Buning uchun esa yuridik kadrlarda biznes sub’ektlari, xususan, xorijiy investorlar bilan samarali muloqot qila olish, jamoada ishlay bilish, stressga chidamli bo‘lish, taqdimotlar bilan chiqish, mijozlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida muzokaralar olib bora olish ko‘nikma va malakalari bo‘lishi zarur. Aytilganidek, yurtimizda iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilyapti. Ijtimoiy infrastrukturalar investitsiya uchun qulay muhit yaratish va turizmni rivojlantirishga mos tarzda qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Zero, mamlakatning iqtisodiy kelajagi va xalq farovonligi ham bevosita biznesning rivojlanishiga bog‘liq. Shunday ekan, biznes kompaniyalariga ishga joylashish va muvaffaqiyatli ishlab ketish uchun bo‘lajak yuristlar, albatta, “soft skills”ga ega bo‘lishlari kerak. Qayd etish joizki, “soft skills” davlat xizmatchilari uchun ham zarur. Davlat xizmatchilari tom ma’noda xalqqa xizmat qilishlari uchun shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etishni yaxshi bilishlari kerak. Ular fuqarolar bilan suhbatlashish jarayonida ularga hurmat bilan muomalada bo‘lishlari, fuqarolar tomonidan aytilayotgan muammolarni diqqat bilan tinglashlari hamda vakolatlari doirasida qo‘ldan kelgancha ularga yordam berishlari zarur. Fuqarolar bilan munosabatlarga shunday ijobiy yondashuv odamlar ongida davlatga bo‘lgan ishonchni vujudga keltiradi, uni yanada kuchaytiradi. Yuristning mijozi, shifokorning bemori singari, uning kasbiga sodiq ekaniga umid qiladi. Bunda mijoz va yurist o‘rtasidagi muloqot juda shaxsiydir. Ular o‘rtasidagi muloqotning tabiati mijoz va yurist o‘rtasidagi munosabat shaxsiy sir kabi saqlanib qolishi kerakligini yuristlar anglab yetishlarini talab etadi. 2015-yilda Buyuk Britaniyada 2 yil davomida advokatlarini o‘zgartirmay kelayotgan 500 nafardan ortiq mijoz orasida so‘rov o‘tkazilgan. Ularga quyidagi savol berilgan: “Siz yuristlardan kutadigan eng muhim narsalar nimalardan iborat?” Ko‘p takrorlangan javoblar esa quyidagilar bo‘ldi: ko‘rsatiladigan yuridik maslahatning taxminiy narxini oldindan aytish; ish qanday ketayotganidan muntazam xabardor qilib turish; mijozning ehtiyojlari va umidlarini to‘la hurmat qilish; elektron xatlarga o‘z vaqtida javob berish; mijozni diqqat bilan tinglash; vaqtga e’tiborli bo‘lish, ya’ni ishni hal qilishni paysalga solib yurishdan tiyilish; huquqiy muammoning yechimi haqida savol berilganda uni oson tilda tushuntirib bera olish; tajribaga tayanib ishdan kutilayotgan ehtimoliy natijalarni tushuntirib bera olish va mijozning holatiga e’tibor qaratish. 2016-yilda Amerika huquq tizimini takomillashtirish bo‘yicha institut tomonidan AQSHning 37 shtatidan 24 137 nafar advokat o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Ulardan yuristlar uchun 147 ta malaka va ko‘nikmalar orasida eng muhimlari qaysilari ekani so‘raldi. Natijalar quyidagi 10 ta malaka va ko‘nikmalarni ko‘rsatdi: Ma’lumotni sir saqlay olish. Majlislar va yig‘ilishlarga o‘z vaqtida kelish. O‘z kasbiga sodiq bo‘lish. Rostgo‘y va ishonsa bo‘ladigan inson bo‘lish. Xushmuomalalik va hurmat bilan munosabatda bo‘lish. Iltimos va savollarga tezda javob qaytarish. Diqqat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish. Ishtiyoqi baland bo‘lish. Yuqori kasbiy etikaga ega bo‘lish va bor imkoniyatni jalb etgan holda ishlash. Detallarga e’tiborli bo‘lish. 2013-yilda huquq maktabini tamomlagan bitiruvchilar borasida ham muhim tadqiqot olib borilgan. Advokatura va turli tashkilotlarning yuristlaridan “Huquq maktabini tamomlagan bitiruvchining qanday bo‘lishini istar edingiz?” degan savolga quyidagicha javob olindi. Yuqori darajada kasbiy etika. Tashabbus bildirishga nisbatan xohishning mavjud bo‘lishi. Hamkasblar va mijozlar bilan samarali muloqot qila olish. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bo‘lajak yuristlar nafaqat kasbiy bilimlarga ega bo‘lishi, balki shu bilan birga, karyerani bardavom olib borish uchun zarur bo‘lgan shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga qaratilgan malaka va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari bugungi zamon talabidir. Shaxsiy rivojlanish (“Soft skills”) modulining asosiy maqsadi esa talabalarda ertadan boshlab mana shu jihatlarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Nazorat uchun savollarIsh jarayonida sohaga doir vazifalarni bajarish uchun mutaxassislik bilim va ko‘nikmalari muhim bo‘lsa, “soft skills” (yumshoq ko‘nikmalar)ning zarurligi nimalarda ko‘rinadi? “Soft skills” qanday ko‘nikma va malakalar tizimidan iborat? Ishga qabul qilishda “soft skills” (yumshoq ko‘nikmalar)ga e’tibor qaratishning qanday afzalliklari bor, deb o‘ylaysiz? Shaxsiy rivojlanish moduli shaxsning qanday natijalarga erishishida ko‘mak beradi? Yurist uchun “yumshoq” ko‘nikmalarning eng muhimlari qaysilar, deb o‘ylaysiz? O‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatiRandall Kiser. (2017). Soft Skills for the Effective Lawyers. Cambridge. Cambridge University Press. Manmohan Joshi. (2017). Soft Skills. 1st ed. [pdf]. Available at: https://bookboon.com/en/soft-skills-ebook. Download 359.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling