Mavzu: 1 O‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni tiklash. Pardozlash ishlari Reja
Qumloq: Yingil yirik Changsimon Changsimon ogʻir Qumoq
Download 95.44 Kb.
|
3-ma\'ruza
Plastiklik soniga qarab, gruntning gilli zarrachalar miqdori aniqlanadi. Gruntning plastiklik soni qanchalik koʻp boʻlsa, shunchalik koʻp miqdorda gilli zarrachalar boʻladi. Gruntda gilli zarralar koʻp boʻlsa nam holatda yopishuvchan va plastik boʻladi. Bunday gruntlarni quritilganda hajmi kichrayadi, namligini oshsa koʻpchiydi. Oʻymaga oʻtishdan oldin, gruntlarni oʻrganish lozim. Koʻtarmada bir xil gruntdan tashkil topadigan boʻlsa shurfni shunday joylashtirish kerakki, unda har 5000 m3 da grunt olish lozim boʻladi. Agar grunt har xil gruntlardan tashkil topgan boʻlsa, shurflarning soni koʻpayadi. Oʻymaga ishlov berishda vaqtinchalik oʻsimlik grunti olib tashlanadi, mineral grunti boʻshatiladi, ishlov beriladi, oʻymaning ustki qismi reja boʻyicha zichlanadi va oʻsimlik grunti qayta tiklanadi. Oʻymadagi zich, quruq va toshi boʻlgan gruntlarga ishlov berilganda, ularni boʻshatish uchun boʻshatgich mexanizmdan yoki kerakli chuqurlikkacha kesish uchun esa yer qaziydigan mashinalardan foydalaniladi. Oʻymaga ishlov berish jarayonida har kuni gruntning tabiiy namligi aniqlanadi. Bundan tashqari yogʻingarchiliklardan soʻng, yer ishlarini qayta tiklash uchun gruntning namligi aniqlanadi. Oʻymaga butun kontur boʻyicha ishlov berilmaydi, balki uchastkalarda (ketma-ket uchastkalarda) ishlov berilib, bu uchastkalarning oʻlchami yer kovlagich va transport mashinalarning oʻlchami bilan mos kelishi kerak. Ishlov berilayotgan maydondagi suv sathi inobatga olinadi. Agar suv oqimi xavfi tugʻilsa, tepalik yon bagʻridan ariq ochib, suvni oʻsha tomonga yoʻnaltiriladi. Oʻymaga ishlov berishda pasti qatlam gruntning zichligi kam boʻlishini nazarda tutish kerak boʻladi. Oʻymaning ustki qismi zichlangandan soʻng qizib choʻkadi, shuning uchun oʻymani loyihalanayotgan belgiga olib borish shart emas. 40>40> Download 95.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling