Mavzu: 1 O‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni tiklash. Pardozlash ishlari Reja
Download 95.44 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Skreperning ishchi sikl sxemasi 1.- gruntlarni yigʻish; 2.-gruntni tushirish;
- 2-rasm. Choʻmich hajmi 6 m 3 boʻlgan skreperning grunt yigʻish sxemasi
- Ekskavatorlar bilan chuqur kovlash.
- Gruntni tashishda ekskavator bilan ishlash.
- Oʻymalarga buldozer va boshqa mashinalar bilan ishlov berish.
- Gruntni yigʻish.
Skreperlar bilan chuqur kovlash.
Yer qazish ishlarini amalga oshirish uchun sanoatda choʻmichning sigʻimi 2,5 dan 25 m3 gacha boʻlgan skreperlar ishlab chiqariladi. Choʻmichning sigʻimi 15 m3 gacha boʻlgan tirkamali skreperlar bilan tuproqni qirqib olib, 500 m masofagacha tashish ishlarining qiymati, ayni shu ishlarni ekskavatorlar hamda transport mashinalari yordamida bajarishga qaraganda ancha kam. Choʻmichning sigʻimi 15 m3 boʻlgan oʻziyurar skreperdan tuproqni 1,5-2,0 km masofaga tashishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Skreperlar 25 sm dan katta toshlar aralashgan gruntlarni hamda toshloqdan boshqa hamma tuproqlarni qazishda muvaffaqqiyat bilan qoʻllanilmoqda. Qattiq gruntlarning namligi oquvchanlik chegarasidan 0,5 dan ortiq boʻlganda yarim majburiy boʻshatiladigan skreperlarning ishlash samaradorligi pasayadi, namlik 0,8 dan oshiq boʻlganda esa skreperni ishlatib boʻlmaydi. 1-rasm. Skreperning ishchi sikl sxemasi 1.- gruntlarni yigʻish; 2.-gruntni tushirish; t0-gruntni toʻplash masofasi; tn-gruntli yigʻish yoʻli; tr-gruntni tushirish yoʻli; t2-yukli va yuksiz yoʻl. 2-rasm. Choʻmich hajmi 6 m3 boʻlgan skreperning grunt yigʻish sxemasi a) toʻgʻri burchakli b) qirradar v) ponali v) qirqib olingan gruntnig hajmi t) yigʻishning ketma-ketligi. Skreper choʻmich sigʻimi kattalashishi bilan uning ish unumdorligi ortadi va ishlarni bajarish qiymati arzonlashadi. Skreper siklik ishlaydigan mashina hisoblanadi. Uning ish sikli tuproqni qirqib olish, uyumga tomon olib borish, uyumga toʻkish va qirqib olish, joyiga qaytish amallaridan iborat. 1-rasm Chuqurlik qiya qatlamlar tarzida kovlanganda, tuproqni qirqib olish natijalari yaxshi boʻladi. Traktorni va tuproqli skreperni qiyalatib harakatlantirishga kamroq tortish kuchi talab qilinadi, shu bois traktor quvvatining kattaroq qismini tuproqni qirqishga ishlatish mumkin boʻladi. Eng optimal qiyalik 70-120% ga teng. Qiyalik bundan ortiq boʻlganda tuproq choʻmichga tushmasdan, surish prizmasini kattalashtiradi. Qumli tuproqlardan boshqa, II guruhdagi barcha yumshatilgan gruntlarni dastlabki yumshatish skreperlarning ish unumini oshiradi. I guruh gruntlarni faqat sigʻimi 3 m3 gacha boʻlgan skreperlar yumshatishi mumkin. Tajriba koʻrsatishicha, qirqib olish yoʻlining uzunligi quyidagilardan ortiq boʻlganda tuproqlarni yumshatish kerak: Sigʻimi 2,25 m3 boʻlgan skreper uchun _ _ _ _ _ _ 12-14 m Sigʻimi 6,00 m3 boʻlgan skreper uchun _ _ _ _ _ _ 18-22 m Sigʻimi 10,0 m3 boʻlgan skreper uchun _ _ _ _ _ _ 26-28 m Sigʻimi 15,0 m3 boʻlgan skreper uchun _ _ _ _ _ _ 35-38 m Boʻylama qirqim yoʻnalishi boʻyicha skreper choʻmich toʻldirilishi va gruntlar yigʻimi ish vaqt boʻyicha har xildir. Gruntlarni yigʻishi ponali profil boʻyicha samaralidir. Skreperning ish unumdorligi rejada gruntni yigʻish sxemasiga bogʻliq. Bundan tashqari 9-11 va 16-18, hamda 1-4, 5-8 va 12-15 ponasalar boʻyicha harakat qilayotgan skreperning choʻmich toʻldirish koeffitsiyenti oshadi. Ekskavatorlar bilan chuqur kovlash. Ekskavator siklik ishlaydigan mashinadir. Uning ish sikli tuproqni qirqib olish, strelani burish, choʻmichni boʻshatish va uni yana kovlash joyiga qayta burish amallaridan iborat. Ekskavatorlar tuproq bir yerda jamlangan, qazish chuqurligi 1m dan ortiq va tashish masofasi 500 m dan ortiq boʻlganda koʻllaniladi. Aerodromlarda yer qazish ishlarini amalga oshirish uchun quyidagi ish uskunalari boʻlgan ekskavatorlardan foydalaniladi: toʻgʻri kovsh ekskavator turgan joyda tuproqni qirqib olish va boʻshatish uchun; teskari kurak transheya va kotlovanlarni kovlab, tuproqni uyumga toʻkish uchun; draglaynn hoʻl tuproqni qirqib olish va ekskavator sathida turgan transport vositalariga ortish uchun. Quruq tuproqni draglayn turgan joydan pastroqda, chuqurning tubida boʻshatish mumkin. Ekskavatorlar bilan hamma tuproqlarni qazish, shuningdek toshloq va muzlagan tuproqlarni yumshatish mumkin. Ekskavatorlar bilan qazish qiyinligiga koʻra tuproqlar toʻrt guruhga boʻlinadi. Qazilmaning chuqurligi belgilanganidan ortiq boʻlganda ekskavator choʻmichi bir marta qirqqanda tuproq bilan toʻlmay qolish mumkin va buning uchun choʻmichni pastga ikki marta va bundan koʻproq tushirishga toʻgʻri keladi, bu esa ish unumdorligi deyarli 25% kamaytiradi. Qazilmaning cheti Oʻpirilib tushmasligi uchun uning eng katta balandligi (chuqurligi) choʻmichning eng katta qirqish balandligidan ortiq boʻlmasligi zarur. Oʻymaning balandligi choʻmichni bitta botirganda toʻlish imkonini bersa, ekskavatorlar ishlaydi. Oʻyma tag qismining minimal balandligi toʻgʻri kurakli ekskavator va draglaynlar choʻmichining hajmiga bogʻliqligi. 3- jadvalda koʻrsatilgan:
3-rasm. Oʻymani draglayin yordamida ishlash sxemasi (boʻylama- chelnokli); 1,2,3,4,5 va 6-choʻmichningketma-ketlik holati. Gruntni tashishda ekskavator bilan ishlash. Tuproq tashish jarayonini chuqur kovlash va koʻtarmalar hosil qilish jarayonlari bilan birga qarab chiqmoq lozim. Ana shundagina yer qazish ishlarini kompleks mexanizagʻiyalash mumkin. Bunda mazkur jarayonlarda ishtirok etuvchi barcha mashinalarning ish unumdorligi va parametrlari oʻzaro muvofiqlashadi, eng yaxshi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishiladi. Yer qazish ishlari ekskavator bilan bajarilganda transport vositalari ekskavatorning parametrlari va ish unumdorligiga, tuproqni olib borish masofasiga, joy relqefiga, ishlar amalga oshiriladigan davrdagi tuproq hamda iqlim sharoitiga qarab tanlanishi kerak. Aerodromlarda ekskavator bilan tuproq qazishda eng koʻp qoʻllanadigan transport vositasi tirkamali traktor, avtomobil-samosvallar va (dumperlar) samosval-aravalardir. Tuproqni avtomobil-samosval va samosval aravalar (dumperlar) bilan tashish. Tuproqni ekskavatordan olib ketish uchun 7 va 10 t yuk koʻtara oladigan avtomobil-samosvallar hamda 6 t yuk kutara oladigan dumperlar ishlatiladi. Ekskavator tuproq ortayotganda transport vositalariga tushadigan dinamik yukni kamaytirish uchun choʻmichni kuzovning tepasida koʻpi bilan 0,5-1,0 m balandlikda tutmogʻi darkor. Tuproq 500 m gacha masofaga tashiladigan boʻlsa, avtomobil-samosvalning oʻrtacha tezligi soatiga 10 km dan oshmasligi zarur, chunki avtomobilning koʻp vaqti yoʻlning boshida shigov olishga va yoʻlning oxirida tormozlanishiga sarflanadi. Tashish masofasi 1,2,3 km gacha ortishi bilan oʻziagʻdarar avtomobilning oʻrtacha tezligi mos ravishda soatiga 14,22 va 29 km gacha oshadi. Shuning uchun tuproqni tashish masofasi ortishi bilan avtomobillarning ish samaradorligi ham oshadi. 4-jadval
I z o h: Ekskavatorning burilish burchagi 700 boʻlganda, uning ish unumdorligi 100% deb hisoblanadi. Ekskavatorning ish unumdorligi ekskavator oʻqining burilish burchagiga bogʻliqdir. Bunda ekskavator uchun choʻmich hajmi 0,25, 0,50 va 100,0 m3 boʻlganda transportlarga yuk qoʻyish unumdorligi ekskavator oʻqining burilish burchagiga bogʻliqligi 4- jadvalda koʻrsatilgan. Quvvati va oʻqlarining burilish burchagi bir xil boʻlakda draglaynlarning ish unumdorligi toʻgʻri kurak ekskavatorlarning ish unumdorligini 85-95% ini tashkil qiladi. Buning sababi shundagi draglaynning trossga osilgan choʻmichining bir qismi choʻmichi oʻqqa bikr Oʻrnatilgan ekskavator qinidan katta. Qurilish novatorlari oʻymaga ishlov berishda shunday sxemani taklif etishdiki, bunda draglayn oʻqining burilish burchagi 15-200 ga kamaygan. Bu sxema (rasm 3) natijasida ish siklining vaqti kamayadi, ish unumdorligi toʻgʻri kurakli ekskavatorlardan bir muncha oshib ketadi. Oʻymalarga buldozer va boshqa mashinalar bilan ishlov berish. Buldozerning ish sikli chuqurdagi tuproqni kesib olish, surish va uni uyumga yotqizish, buldozerning qazimaga qaytish amallaridan tashkil topadi. Qazimada agʻdargichning pichogʻi yerga botirladi va agʻdargich batamom toʻlgunga qadar buldozer I-II uzatmalarida harakatlantiriladi. Uymda buldozerning pichogʻi bOʻshatilayotgan qatlam balandligida koʻtariladi. Tuproq kesib olinadigan joyga buldozer mumkin boʻlgan eng katta tezlikda qaytariladi. II guruh tuprogʻini qazishda va uni 10 m masofaga surib borishda buldozerning ish umumi bir smenada 1100 m3 ga yetadi. Masofa kattalashishi bilan buldozerning ish unumi keskin kamayadi va masofa 100 m boʻlganda ish unumi buldozerning markasiga qarab smenasiga 30-110 m3 ni tashkil qiladi. Gruntni yigʻish. Traktor quvvatini toʻliq ishlashi va qisqa vaqt ichida palaxsani toʻliq yigʻishi uchun panali sxema boʻyicha grunt qirqiladi, xuddi skreper ish bajargani kabi (2-rasimga qarang). Agar ish texnologiyasiga koʻra panali sxema toʻgʻri kelmasa (masalan, gruntning Oʻsimlik qatlamini olishda), gruntni toʻgʻri toʻrtburchak qirqiladi sxemasi boʻyicha yigʻiladi. Download 95.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling