Mavzu: 1 O‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni tiklash. Pardozlash ishlari Reja
Download 95.44 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Gruntni surish. 50 m va undan koʻp masofada gruntni toʻplash natijasida agʻdargichda kam miqdorda grunt qoladi, bunda buldozerning ish unumdorligi keskin kamayadi 25 m va undan koʻp masofada gruntni toʻplashda buldozerning ish unumdorligini oshirish uchun oraliq val sxemasi tavsiya etiladi. Buldozerning ish unumdorligi uchastkadagi valdan koʻtarmagacha Oʻtish soni kamayishi tufayli ortishi mumkin.
Gruntni transport vositalariga ortish uchun, greyder-elevatordan foydalanish mumkin. Transport vositasi greyder-elevator bilan baravar harakatlanganda tuproq kuzovga uzluksiz tushadi. Kuzov toʻlishi bilan greyder-elevator toʻxtatiladi va transport vositalari almashinadi. Bunday ish sxemasida greyde-elevator mashinaning siklik ishlaydagan mashinaga aylanadi, bunda uning ish unumdorligi I guruh gruntlarda 900 m3/s smenaga toʻgʻri keladi. Greyder-elevatorning ish unumdorligi yengil bogʻlangan gruntlarda katta qiymatga ega boʻladi, lekin ogʻir loy va hoʻl qumlarda ularning ish unumdorligi yengil gruntlardagiga nisbatan 45% ni tashkil qiladi. Greyder-elevator chaqilgan tosh va graviylarning aralashmasi, hamda bogʻlanmagan gruntlar bilan ishlay olmaydi. Greyder-elevator bilan transport vositalarini uymaning maydoni birga ishlatish mumkin, katta va chuqurligi 1m dan kam boʻlganda. Bunday sharoitda ekskavator ishlatish maqsadga muvofiq emas. Gruntni toʻplash masofasi greyder-elevator ishlaganda 300 m dan kam boʻlmasligi kerak. Gruntni tashishda tirkamali traktorlarni ishlatish oʻrinli, chunki ularning kuzovi katta hajmga ega va greyder-elevatorni uzoq vaqt ishlashiga imkon beradi. Nazorat savollari: 1. Tuproqlar qurilish boʻyicha qanday tasniflanadi? 2. Uyma uchastkasida ish tartibi qanday olib boriladi? 3. Uymalarga ishlov berish ketma-ketligi qanday amalga oshiriladi? 4. Tuproqlarni qazish qiyinligiga koʻra qanday tasniflanadi? Download 95.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling