1-Mavzu: Xavfli yuklar turlari va sinflari Reja: Xavfli yuklarning tasnifi


Download 16.57 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi16.57 Kb.
#1737932
Bog'liq
1-Mavzu. Tovar yuk


1-Mavzu: Xavfli yuklar turlari va sinflari
Reja:

  1. Xavfli yuklarning tasnifi.

  2. Tashish uchun yo’l qo’yiladigan xavfli yuklar.

Havfli yuklarga ortish-tushirishda, tashishda va umuman atrof muhitga zarar keltiradigan, portlashga, yong‘inga, transport vositalariga zarar etishiga sabab bo‘ladigan moddalar, materiallar, mahsulotlar, ishlab chiqarishning va boshqa sohaning chiqindilari kiradi.


Havfli yuklar DAST 19433-88 “Грузы опасные. Классификация и маркировка”ga bog‘liq holda quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1 sinf–portlovchi moddalar (PM);
2 sinf–bosim ostida siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlar;
3 sinf–oson yonadigan suyuqliklar (OYS);
4 sinf–oson yonadigan qattiq moddalar (OYQ);
5 sinf–oksidlanadigan moddalar (KM) va organik peroksidlar (OP);
6 sinf–zaharli moddalar (ZM) va infeksiyalovchi moddalar (IM);
7 sinf–radioaktiv moddalar (PM);
8 sinf–o‘tkir hidli va zanglatuvchi moddalar (ZM);
9 sinf–boshqa havfli yuklar.
1.Har bir sinfning havfli yuklari tashishda o‘zining fizik–kimyoviy xususiyatlari, sinflari va havflilik darajasiga qarab sinfchalarga, darajalarga va guruhlarga bo‘linadi (sinfchalar, darajalar va guruhlar Temir yo‘llarda havfli yuklarni tashish qoidalarida (Правила перевозок опасных грузов по железном дорогам) keltirilgan).
Havfli yuklarni ma’lum sinf, sinfcha, daraja, guruhga ajratish DAST 19433-88 ga muvofiq amalga oshiriladi. Bir sinfdan ortiq havflilikka ega bo‘lgan havfli yuk sinfi (sinfchasi) havflilik sinflari jadvaliga qarab o‘rnatiladi (DAST 19433-88). Bunday yuklar uchun qo‘shimcha va muhim darajadagi havflilik bo‘yicha tavsiya qilingan talablarga rioya qilish kerak.
Temir yo‘llarda Alfavitli ko‘rsatkichda nomlangan (Правила перевозок опасных грузов по железном дорогам. M. Transport 1996g. Prilojenie 2) va 1-sinf havfli yuklariga kiritilgan yuklarni (Правила перевозок опасных грузов по железном дорогам) tashishga yo‘l qo‘yiladi.
2.Alfavitli ko‘rsatkichda ko‘rsatilmagan, lekin o‘zining kimyoviy xossalari va xususiyatlariga ega bo‘lgan yuklar yuk jo‘natuvchi tomonidan yo‘llanmada ko‘rsatilgan shartlar asosida tashiladi. Bunda yuk tashuvchi “Yukning nomi” grafasida standart yoki texnik shartlarga muvofiq tashiladigan yukning nomini ko‘rsatishi va uning tagidan quyidagicha belgilash kiritishi kerak: “Yuk ... (Alfavitli ko‘rsatkichga ko‘ra berilgan yukga tenglashtirilgan yukning nomi) shartlar asosida tashilmoqda, AK qo‘yildi, va tashiladigan yukka «avariyali» belgisi qo‘yib qo‘yishi kerak, shuningdek shtempel qo‘yishi kerak.
Alfavitli ko‘rsatkichda nomlangan yuklarga tenglashtirib bo‘lmaydigan, yoki maxsus vagon va konteynerlarda, yoki qoidalarda ko‘rsatilmagan shartlar asosida tashish zarur bolgan havfli yuklarni tashish bir mamlakat chegarasida tashish shartlarini belgilaydigan temiryo‘l ma’muriyati roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Rasmiy so‘rovga korxona rahbari–yuk jo‘natuvchi tomonidan yozilgan va muhr, davlat nazorat qilish organlarining roziligi bilan tasdiqlangan Havfsizlik va havfli yuklarni temiryo‘llarda tashish bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda holatlarni bartaraf etish tartibi qoidalarida ko‘rsatilgan shakllarga muvofiq yuk tavsifnomasining ikki nusxasi va «avariyali» belgisi berilgan bo‘lishi kerak.
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling