Mavzu №10. Harbiy xizmatchilarni axloqiy-psixologik tayyorlash. O‘quv savollar


Download 22.53 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2023
Hajmi22.53 Kb.
#1079496
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Uchinchi o’quv savoli: Jangchining psixologik omillarini yaratish usullari.
O‘quv-jangovar faoliyatida jangning psixologik omillarini yaratish uchun komandirlar har xil usullardan foydalanishadi. Psixologik tayyorgarlik usuli deganda jang omillarini modellashtirish usullari tushuniladi.
Jangning psixologik omillarini yaratish usullari quyidagilar:
1. So‘z-belgi usuli. Bu usul harbiy xizmatchilarga ikkinchi signallar tizimi – so‘z orqali ta’sir etib, psixologik holatlar yaratishdan iborat. Bu oldindagi qiyinchiliklar haqidagi, jarohat olish ehtimolligi hamda har xil, tarixiy voqealar haqidagi hikoyalar bo‘lishi mumkin;
2. Ko‘rgazmali usul. Bu usul vositasida harbiy xizmatchilarga har xil predmetlar (masalan: har xil qurollarni), xatti-harakatlar (har xil to‘siqlarni engib o‘tish, harbiy xizmatchilar ustidan tankni haydab o‘tish va hokazo), kinofilmlar, fotodasturlar, chizmalar va hokazolar ko‘rsatiladi;
3. Kompyuter vositasida ta’sir etish usuli. Kompyuterlarda jangning psixologik omillari modellashtiriladi va harbiy xizmatchilarga ko‘rsatiladi;
4. Trenajer usuli. Jangning psixologik omillari sport snaryadlari, texnik vositalar va inshootlarni qo‘llash bilan modellashtirish orqali harbiy xizmatchilar ongiga ta’sir etiladi;
5. Imitatsiya usuli. Imitatsiya vositalari yordamida jangning psixologik omillari modellashtiriladi;
6. Jangovar usul. Jangning psixologik omillari jangovar texnika va qurolllarni qo‘llash orqali modellashtiriladi.
Psixologik tayyorgarlik metodi deganda dars va dala o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida psixologik tayyorgarlik usullarining o‘quv-jangovar faoliyat bilan uyg‘unlashuvi tushuniladi.
Faoliyatga harbiy xizmatchining qo‘shilish darajasiga qarab psixologik tayyorgarlik usullari uchta katta guruhga bo‘linadi:
«Ko‘rgazmali usullar (qurollarning harakatlarini ko‘rsatish, jangovar yoki himoya harakatlarini ko‘rsatib berish. Ushbu usullarni qo‘llash vaqtida harbiy xizmatchi jangovar faoliyatdan boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanadi (masalan, kuzatish).
Shartli vaziyatlar usullari (har xil muammolarni echish, ish o‘yinlari, taktik o‘quv mashg‘ulotlari, qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari). Ushbu usullarni qo‘llagandagi faoliyat shartli xarakterga ega (o‘ziga xos «urush-urush o‘yini»). Shartli vaziyatlar usullari jangovar faoliyatning ichki tuzulishini va mantiqini bilib olishga yo‘naltirilgan.
«Real» vaziyatlar usullari. Ushbu usullar yaratilgan shart-sharoitlarning harbiy xizmatchilar tomonidan real jangovar sharoit sifatida qabul qilinishini hamda ularning haqiqiy jangovar xatti-harakatlarni amalga oshirilishlarini taqozo qiladi.
Harbiy xizmatchi va harbiy jamoalarda jangovar vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan psixologik sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga psixologik tayyorgarlik deyiladi.
Psixologik tayyorgarlik bo‘yicha tadbirlar komandirlar tomonidan ularga bo‘ysunuvchilarning xizmat davri davomida amalga oshiriladi. Ko‘pincha, psixologik tayyorgarlik anglanmagan holda, shakllangan an’ana va tasavvurlardan kelib chiqib, «shunday qilish kerak» degan tamoyil asosida olib boriladi.
Psixologik sifatlarning faqat faoliyatdagina shakllanishi psixologiya fanida isbotlangan. Qanday psixologik sifatlar (qat’iylik, tashabbuskorlik)ni emas, balki, ushbu sifatlarni qanday shakllantirish psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Har xil odamlar bir xil vazifani o‘zlarining psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqib har xil usullar bilan bajaradilar. Kam rivojlangan bir xil sifatlarning o‘rni yaxshi rivojlangan boshqa bir sifat bilan to‘ldirilishi mumkin.
Ushbu qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, amaliyot uchun insonning u yoki bu psixologik sifatga egaligi yoki ega emasligi emas, balki, uning psixologik sifatlari jangovar sharoitda ko‘zda tutilgan faoliyatlarni amalga oshirishga imkon berish yoki bermasligi katta ahamiyatga ega.
Psixologik tayyorgarlikni tashkil etishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1. Faoliyatni qiyinlashtiruvchi elementlarni harbiy xizmatchi normal sharoitda harakat qilishni to‘liq o‘zlashtirib olgandan keyingina kiritish kerak;
2. Psixologik omillarni modellashtirish usullari o‘zlashtirilayotgan xatti-harakatlar mazmuniga mos bo‘lishi zarur;
3. Jangovar vaziyatni harbiy xizmatchilar uchun kutilmaganda tartibsiz ravishda modellashtirish lozim, toki ular modellashtirishdagi ma’lum bir davomiylikka o‘rganib qolishmasin;
4. Muayyan mutaxassislik uchun ta’sir etish ehtimolligi yuqori bo‘lgan omillarni ko‘proq modellashtirish maqsadga muvofiq;
5. Jang omillarini modellashtirishda psixologik yuklama shunday bo‘lishi kerakki, toki ko‘pchilik harbiy xizmatchilar uni engib o‘tib, muvafaqqiyatga erishish imkoniga ega bo‘lishsin. Yuklamaning mana shunday miqdori harbiy xizmatchilardagi o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlaydi, shuningdek, ularda murakkabroq masalalarni echish istagini uyg‘otadi;
6. Agar harbiy xizmatchi hosil qilingan jangovar vaziyatda qiynalib qolsa, unga engilroq vazifalarni hal etish taklif etiladi.
Harbiy xizmatchi ruhiyatiga ta’sir etuvchi jang omillari (xavf-xatar, favqulotdalik, noaniqlik, yangiligi, harakat me’yorining oshishi, vaqt taqchilligi...) ikki guruhga bo‘linadi: birlamchi va ikkilamchi omillar.
Birlamchi omil sifatida xavf-xatar e’tirof etiladi.
Ikkilamchi omillarga esa favqulotdalik, noaniqlik, yangiligi va hokazolar kiritiladi.

Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling