Mavzu-12: Bino va uning konstruktiyasi emirilish darajasini baholash


Download 173.95 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi173.95 Kb.
#1544274
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu 8 semestr


Mavzu-12: Bino va uning konstruktiyasi emirilish darajasini baholash
Har bir bino yoki inshoot unda aniq bir faoliyatni yo‘lga quyish maqsadida yaratilib, binodan faoliyat turi bo‘yicha foydalanishni- texnologik ekspluatatsiya deb qabul qilinadi. Bino yoki inshootdan samarali foydalanish uchun bino va uni tashkil etuvchi konstruktiv elementlar soz holatda bo‘lishi lozim. Binoni soz holatda saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar ham ekspluatatsiya bo‘lib, bu texnik ekspluatatsiya deyiladi.
Bino va inshootlarni loyixalash jarayonida ularga bir qator ekspluatatsion talablar qo‘yiladi. Bunda bino yoki inshootning xizmat qilish muddati uning texnologik jarayonga to‘liq javob berishi va unga mos kelishi zarur.
Bino va inshootlar zilzilabardoshlik talablariga javob berishi shart. Agar texnologik jarayonda seysmik kuchlardan boshqa dinamik taʼsirlar mavjud bo‘lsa (vibratsiya, zarba, silkinish, tebranish va boshqalar.) bino yoki inshoot ularga to‘liq rioya qilgan holda xizmat qilishi lozim.
Ushbu eksplatatsion talablar bino va inshootlarni loyihalash jarayonida hisobga olinishi shart, barcha qayt etilgan omillar hamda
bundan tashqari iqlim sharoitlari, harorat taʼsiri, gruntlar va zaminlar holati va boshqa maxsus shart-sharoitlar og‘ishmay hisobga olinsa, bino yoki inshootning mo‘ljallangan muddat davomida benuqson xizmat qilishi taʼminlanadi.
Binoning benuqson ekspluatatsiya qilinishi nafaqat loyihalash, balki qurilish jarayoni texnologiyasini to‘liq va sifatli amalga oshirilishiga ham bog‘liq. Loyihada nazarda tutilgan omillar qurilish jarayonida amalga oshirilmasa yoki qurilish ishlari sifatsiz bajarilsa, bunday holat bino yoki inshootni muddatidan ilgari yemirilishi, buzilishi, konstruksiyalarning ishdan chiqishi va natijada binoni avariya holatiga tushishiga sabab bo‘ladi. Loyihada nazarda tutilgan ekspluatatsion talablarga qurilish jarayonida to‘liq rioya qilma, binodan foydalanish jarayonida ko‘zda tutilgan eʼtibor ishlari amalga oshirilmasa,konstruksiyalar jismoniy, mexanik ravishda buzilishi holatiga kelib qoladi.
Qayt etilgan talablarga rioya qilinmasa binoda yemirilish hosil bo‘ladi. Kamchilik, nuqsonlar va deformatsiyalar yig‘ila borib, oxir oqibatda avariya holatiga olib kelishi mumkin.
Bino va inshootlarning ekspluatatsion yaroqliligi quyidagi asosiy ikki guruh parametrlar bilan baholanadi:

      • turli taʼsirlar ostidagi konstruktiv ishonchlilik va jismoniy umrboqiylikni tavsiflovchi parametrlar (konstruksiyaning mustahkamligi, bikirligi, ustivorligi, namlik va sovuqbardoshligi, undagi ruxsat etilgan deformatsiya va h.k.);

      • bino yoki inshoot ekspluatatsiyasining vazifasiga mosligi- maʼnaviy (texnologik) umrboqiyligi, hayotiy faoliyat shart-sharoitlari, jumladan: maydoni, hajmi, xonalardagi harorat-namlik rejimi, devorlarning germetikligi, tovush o‘tkazuvchanligi va h.k. larni tavsiflovchi parametrlar.

Bino va inshootlarni qurishda loyihada quyilgan talablar darajasiga, loyiha va QMQ talablarini aniq bajarish hamda qurilish- montaj ishlarini sifatli bajarish orqali erishiladi.
Shunday qilib, loyihada ko‘rsatilgan va qurilish jarayonida taʼminlangan bino va inshootlarning ekspluatatsion yaroqlilik parametrlarining ko‘rsatkichlari ularni ekspluatatsiyaga qabul qilishda tekshirilib, binoning texnik ekspluatatsiyasi jarayonida tashqi va ichki muhitlarning hisobiy shart-sharoitlarini taʼminlash bilan konstruksiyalarning doimiy ravishda nazoratda tutgan holda, ulardagi yemirilish, defekt va shikastlanish holatlarini bartaraf etish orqali taʼminlanadi.
Binolar shunday loyihalanishi lozimki, unga berilgan xizmat muddati davomida undagi loyihaviy ko‘rsatkichlar saqlansin (masalan, devor butun xizmat davrida mustahkamligi va tovush o‘tkazuvchanlik
ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda loyihada ko‘rsatilgan issiqlik kaloriyasini o‘tkazishi kerak va h.k.).
Ishonchlilik – bino yoki konstruksiyalar dastlabki ko‘rsatkichlarining maʼlum bir vaqt intervalida talab darajasida saqlashi. Ishonchlilik- berilgan ekspluatatsiya sharoitida va meʼyoriy vaqt oralig‘ida talab qilingan parametrlarining saqlanishi ehtimoli bilan baholanadi.
Ishonchlilik- loyiha bosqichida mustahkamlikka, ustivorlikka, bikirlikka va h.k. ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisoblarda keltiriladi. Bunda materiallar tarkibining konstruksiyani ishlash sharoiti bilan bog‘liqlik koeffitsiyentlari shunday qabul qilinadiki, konstruksiyaning soz holatda ishlashi 100% ga yaqin deb qabul qilinadi.
Binolarning ishonchliligi qurilish jarayonida yuqori sifatli qurilish metariallaridan foydalanish, qurilish texnologiyasini to‘g‘ri bajarish, loyiha talablariga to‘liq rioya qilish bilan taʼminlanadi.

Download 173.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling