Mavzu-12: Bino va uning konstruktiyasi emirilish darajasini baholash
Download 173.95 Kb.
|
12-mavzu 8 semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- R = f ( n, A, B) (3)
- R o > S
- R = P (M pr > M r ) = P (M pr – M r > 0) (4)
taʼmirtalablik- bu obʼektning taʼmirlashga va unga texnik xizmat ko‘rsatishga qanchalik moyilligini bildiradigan ko‘rsatkichdir. Oddiy hollarda taʼmirtalablik sonli ko‘rinishda obʼektning tiklanishiga ketgan vaqt t v orqali aniqlanadi. Qayta tiklashga ketgan vaqt qancha kam bo‘lsa, taʼmirtalablik ko‘rsatkichi shuncha yuqori va mos ravishda obʼektning ishonchlilik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.
saqlanuvchanlik- bino va inshootlarga nisbatan olinganda quyidagicha taʼrif beriladi: a) qurilish konstruksiyalarining saqlanuvchanligi ularni saqlash va transportirovka qilish jarayonida (va undan keyin) soz va ishchi holatini uzluksiz davr mobaynida saqlashi xususiyatidir. Qurilish konstruksiyalarining bunday xususiyati qurilish-montaj davrigacha noto‘g‘ri saqlash va transportirovka qilish, ashyolarning eskirishi natijasida ularga taʼsir ko‘rsatuvchi salbiy faktorlarga qarshi tura olishida namoyon bo‘ladi; b) ekspluatatsiyaga topshirilguncha va taʼmirlash ishlari (konservatsiya) davomida butunlay obʼektning saqlanuvchanligi. Bino va uning konstruksiyalarini asosiy fizik-mexanik, geometrik va boshqa kompleks tavsiflarini o‘zida jamlovchi asosiy sifat ko‘rsatgichi - bu ishonchlilikdir. Binoning ekspluatatsion ishonchliligi muammosi - konstruktiv elementlarning va butunlay binoning yuqori darajadagi ishonchliligini taʼminlash va saqlash uchun yo‘naltirilgan. Alohidagi konkret element yoki butunlay konstruksiyaning ishonchliligini ko‘rsatuvchi yoki aniqlab beruvchi asbob yoki yagona usul mavjud emas. Shuning uchun bino konstruksiyasining ishonchliligi deb ataluvchi bunday sifatni, faqatgina ishonchlilik nazariyasida erishilgan yutuqlar va tizimning ekspluatatsion ishonchliligini taʼminlovchi ishonchlilik ko‘rsatkichlari yordamida to‘laqon baholash mumkin. Maʼlumki, elementning ishonchliligi R uning ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi R = f(xi) (2) bu yerda xi- ishonchlilik ko‘rsatkichlari Shunday qilib, ekspluatatsion ishonchlilik bir qancha omillarning funksiyasidir: R = f ( n, A, B) (3)bu yerda n - tizimdagi elementlar soni; Ekspluatatsiya mobaynida bino va inshootlarning ishonchlilik ko‘rsatkichini aniqlash juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lgan murakkab ehtimoliy masaladir. Ekspluatatsiyadagi muhim obʼektlar uchun, jumladan, seysmik hududlarda joylashgan binolar uchun ishonchlilik muammosi tobora ortib bormoqda. Maʼlumki, inshootlarning amaldagi meʼyorlar bo‘yicha hisoblangan va loyihalangan bir tipdagi yuk ko‘taruvchi elementlari turli darajadagi ishdan chiqmaslik ehtimoliklarga ega; baʼzi bir dastlabki maʼlumotlar hech qanday ehtimoliy asossiz qabul qilinadi. Bu kamchiliklarga tahlil qilish va to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan uslubiy hisob-kitob tarzida qarash noto‘g‘ri. Bu holat ishonchlilikka va umrboqiylikka hisoblash uchun ehtimoliy yondoshuvda obʼektiv qiyinchiliklar tug‘diradi. Bundan tashqari, ko‘p narsa kuzatuv-tekshiruv ishlariga, qolaversa to‘plangan maʼlumotlarni to‘g‘ri qayta ishlashga va tahlil qilishga bog‘liq. Kuzatuv-tekshiruv ishlari maʼlumotlari bo‘yicha konstruksiyani qayta hisoblash analitik ko‘rinishga ega bo‘lib, unda turli xavflilik darajasiga ega bo‘lgan ishdan chiqish holatlari va hisobiy parametrlarning haqiqiy og‘ishlari ishtirok etadi. Demak, tekshirilgan konstruksiyani qayta hisoblashga nafaqat inshoot holatini sonli baholash vositasi sifatida, balki real konstruksiyalarni haqiqiy parametrlari bo‘yicha hisoblashning ehtimoliy uslublarini rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi imkoniyat deb ham qarash lozim. Shu munosabat bilan, qayta hisoblash jarayonida obʼektning, hech bo‘lmaganda, yuk ko‘taruvchi alohida elementlarining tekshiruv o‘tkazilgan vaqt uchun ishonchliligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Ekspluatatsiyadagi binolarning ishonchliligini baholash, ularning murakkabligidan kelib chiqqan holda dekompozitsiya usulida yaʼni, uni tashkil etuvchilarga: - zamin; - poydevor; - yuk ko‘taruvchi devorlar, yuk ko‘taruvchi karkas elementlari; - orayopma; - tom yopma va h.k. larga ajratish bilan amalga oshiriladi. Konkret vaqt (t) uchun eksplutatsiyadagi binoning texnik holatini baholash alohidagi elementlarning va butunlay tizimning ishonchliligini aniqlashga bog‘liq, bunda mavjud har bir shikastlanish va og‘ishlar tizim elementlarining ishonchliligiga taʼsir qiladi. Shunday qilib, obʼektning sifat kriteriyasiga taʼsir qiluvchi shikastlanishlarni hisobga olgan holda ishonchlilikka baholashni qarab chiqamiz. Bunda konstruksiya elementlarining ishonchliligi sifatida ishdan chiqmaslik ehtimoli (R) qabul qilingan bo‘lib, u mustahkamlik (yuk ko‘tarish qobiliyati) bo‘yicha aniqlanadi. Mustahkamlik bo‘yicha ishonchlilikni baholashda, elementning ishdan chiqmaslik ehtimoli shunday taʼriflanadi: elementning yuk ko‘tarish qobiliyati R o mumkin bo‘lgan barcha zo‘riqish qiymatlari S dan katta bo‘ladi Ro > S,Temirbeton konstruksiyalar uchun asosiy omillarning o‘zgaruvchanligini hisobga olish, tasodifiy kattaliklarni o‘zaro taqqoslash yo‘li bilan ishdan chiqmaslik ehtimolini baholash bo‘yicha olib boriladi (birinchi chegaraviy shart bo‘yicha). R = P (Mpr > Mr) = P (Mpr – Mr > 0) (4)yeu yerda Mr – hisobiy zo‘riqish; Mpr - elementning chegaraviy yuk ko‘tarish qobiliyati. Maʼlumki, deterministik usulda (chegaraviy holatlar usuli bo‘yicha) parametrlarning tasodifiy tavsiloti har bir hisobiy omil uchun boshqalarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda aniqlanuvchi bir guruh koeffitsiyentlar yordamida hisobga olinadi. Shuning uchun elementning ko‘ndalang kesim yuzasi katta zahira bilan olinadi. Quyida turli holatlar uchun ishdan chiqmaslik ehtimolini baholash algoritmini keltiramiz: Berilgan sharoit uchun mavjud formulalar yordamida deterministik usulda elementlarning geometrik o‘lchamlari qabul qilinadi. Masalan, markaziy siqiluvchi bir jinsli elementning kesim yuzasidagi kuchlanish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling