Mavzu 12. Brauzerlar va ularning turlari. Reja: Web-dizayn va brauzerlar


Internet Explorer brauzeri interfeysi va u bilan ishlash


Download 46.97 Kb.
bet2/4
Sana21.10.2023
Hajmi46.97 Kb.
#1714238
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 12. Brauzerlar va ularning turlari. Reja Web-dizayn va br

Internet Explorer brauzeri interfeysi va u bilan ishlash
Dastavval mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni keltiramiz:

  • SITE yoki WEB-SITE. Veb-sayt ko’plab veb-sahifalarni va giperbog’liqliklarni o’zida mujassamlashtirgan veb-hujjat.

  • Browse (Brauze) – biror veb-sahifadagi giperbog’lanishlarni ochib ko’rish hamda ma’lumotlar bilan tanishish va ularni o’rganish jarayoni. Biror veb-sahifada uni amalga oshirish shu sahifani yoki biror axborotni qidirish amaliga teskari amal deb ham tushunish mumkin, ya’ni kalitli so’zlarni biror veb-sayt yoki sahifaga kiritish kerak bo’ladi. Broq “browse” amali orqali esa aksincha, shu sayt yoki sahifadagi qaysi so’zlar kerakli ma’lumotlarni o’zida mujassam etganligini topish kerak bo’ladi. Shuning uchun ma’lumotlarni topishda qidiruv o’tkazish “browse” amaliga nisbatan qulayroq hisoblanadi.

  • Browseers (Brauzer) deb maxsus WWW xujjatlarini foydalanuvchi uchun tushunarli holatda ekranda namoyish qilish dasturlariga aytiladi. Ushbu dasturlar HTML-kodida yozilgan veb-sahifalarni matn, rasm, grafiklar, ovozlar va boshqa ko’rinishlariga o’tkazib beradi. Brauzer dasturlari sifatida Microsoft Internet Explorer (IE deb ham ataladi), Netscape, Mosaik, Macwed va Netcruiser kabi dasturlarni keltirib o’tish mumkin.

  • WWW (World Wide Web). Grafiklar, ma’lumotlar,jadvallar va turli xildagi shakllarni foydalanuvchi tushunishga oson bo’lishini ta’minlaydigan interfeys.

  • HTTP-Huper Text Transfer Protokol. WWW tizimida hujjatlar almashuvini amalga oshirish protokoli

  • DNS Domain Name Sustem Internet nomlarini ularning takrorlanmas Internet sonlari qo’rinishiga o’tkazish tizimi.

  • DOMAIN, TOP LEVEL DOMAIN (TLD). Domen, iyerarxik tuzilishi asosida mantiqiy va ba’zan geografik jihatdan veb-sahifaning tarmoqqa nisbatan bog’liqligini ko’rsatuvchi omil. AQShda asosiy domenlar- .edu (maorif); .gov (davlat); .net (tarmoq); .com( kommersiya-tijorat) .org (no tijorat va ilmiy tashkilotlar) kabilardir; AQShdan tashqarida uchraydigan domenlar asosan davlatlar nomini anglatadi, masalan: .ru (Rossiya); .uz (O’zbekiston); .jp(Yaponiya); .de (Germaniya); .au (Avstriya) .it (Italiya); .tj (Tojikiston) va h.q.

Masalan,
http://www.gov.uz- O’zbekiston Respublikasi hukumati portali.
http://www.ziyonet.uz- axborot resurslari
http://www/ziyo.edu.uz- OO’MT Vazirligi Veb-sayti
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling