Mavzu: 1312 yildagi Kebekxon tomonidan o`tkazilgan pul isloxati axamiyati mundarija kirish Asosiy qism


Kebekxon tomonidan o`tkazilgan pul isloxati


Download 0.54 Mb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1431904
1   2   3   4   5
Bog'liq
1312 yildagi Kebekxon tomonidan o`tkazilgan pul isloxati axamiyati

Kebekxon tomonidan o`tkazilgan pul isloxati



Kebekxonning muhim xizmatlaridan yana biri - bu uning pul va ma'muriy- hududiy sohalarda o'tkazgan islohotlaridir. Xususan 1321— yilda o'tkazilgan pul islohotida Xuroson, Eron va Oltin O'rdadagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og'irligiп 8 grammlik katta kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etildi. Katta tanga «dinor» deb, kichik tanga «dirhara» deb atalgan. Yangi pul birligi «Kepaki» nomi bilan mashhur bo'lgan. Islohotning dastlabki yillarida Kebek nomi bilan mashhur bo'lgan bu tangalar ko'p miqdorda Samarqand va Buxoroda zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu ikki xil qimmatga ega bo'lgan kumush tangalar keyinchalik boshqa hukmdorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tarmashirin davrida O'trorda ko'plab kumush tangalar chiqaradigan zarbxona muntazam ishlab turgan. Kebekning pul islohoti tashqi va ichki savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qildi.

Ma'muriy islohotga ko'ra, Movarounnahr hududlari viloyatlarga, viloyatlar tumanlar (mo'g'ullar tartib qilgan 10 ming askar beradigan, aholisi 40-50 ming nafar bo'lgan, hozirgi tumanlarimizga qiyos etsa bo'ladi - izoh) ga bo'lindi. Jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Farg'ona viloyatida 9 ta tuman tarkib topgan. Kebekxonning o'lkada tinchlik, osoyishtalik va totuvlik o'rnatish borasidagi siyosatini Tarmashirin izchil davom ettirdi. U islomni qabul etib, uni rasmiy dini darajasiga ko'tardi. Kebekxon yo'nalishida siyosat yurgizgan mo'g'ul xonlarining navbatdagi vakili Qozonxon (1334-1346) ham Movarounnahr hududlari birligini saqlash, tubjoy aholi manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo'g'ul va turk amirlari, no'yonlarining olib borayotgan bir yoqlama kurashlarini bartaraf etishga intildi. U o'zi uchun qarorgoh sifatida Qarshi bilan Buxoro oraligida (hozirgi Muborak tumani hududida) mashhur Zanjirsaroy qal'asini qurdirdi. Biroq markazdan qochuvchi kuchlarning, dastavval, ko'chmanchi mo'g'ul amirlarining kuchayib borayotgan ta'siri va fitnasi oqibatida 1346— yilda Qozonxon qatl etiladi. Shundan so'ng hokimiyat tepasiga kelgan amir Qazog'on (1347-1358) mo'g'ul zodagonlari manfaatlarini yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o'zi ham bir joyda muqim yashamasdan ko'p vaqtini bosqinchilik yurishlarida o'tkazardi. Buning oqibatida uning davrida mahalliy aholi tub manfaatlari bilan mo'g'ul hukmdorlari manfaatlari bir-biriga tobora zid kela bordi. Bu esa Movarounnahrda yana siyosiy vaziyatning keskinlashuviga, hokimi-yatga intiluvchi kuchlarning faol harakatga kelishiga sabab bo'ldi. XIV asrning 40 - yillarida Chig'atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, Sharqiy Turkistondan iborat Mo'g'ulistonga va lVlovarounnahrga bo'linib ketdi. 1348— yilda Chiqatoy naslidan bo'lgan Tug'luq Temur Mo'g'uliston hokimi etib ko'tarildi. Movarounnahrda hokimiyatni egallagan amir Husayn 1358—yilda o'ldiriladi.
Bunday sharoitda Movarounnahr yurtini birlashtirish, mahalliy hukmdorlarning o'zboshimchalik, boshboshdoqlik harakatlariga chek qo'yish, jafokash xalqni mo'g'ullar zulmi va istibdodidan butkul xalos yetish va unda qudratli markazlashgan davlat barpo etishdan iborat yulcsak vazifa tarixiy zaruriyat taqazosi bilan kun tartibiga qo'yildi. Uni muvaffaqiyatli uddalash esa ulug' bobokalonimiz Amir Temurga nasib etdi. Mug’ullar tomonidan bosib olingan hududlarda esa keyinchalik ulus vujudga keldi. Chingizxon xalqi xayotlik vaqtidayoq bosib olingan hududlarni to’rt o’g’liga boshqarish uchun taqsimlab bergan edi. Irtish daryosining narigi tomonidan to «Mug’ullar otining tuyog’i yetgan joy» gacha bo’lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi (Sig’noq, Barchinlig’kent, Janikent, Ashnas shaxarlari) va Xorazmning shimoliy-g’arbiy hududalri to’ng’ich o’g’li Jo’chiga berildi. Jo’chining yaylovlari Irtishda, qishloq joyi Sirdaryoning quyi oqimi edi. Qoshg’ar, Yettisuv, Movarounnaxr ikkinchi o’g’li Chig’atoyga berildi. Chig’atoyning qo’shi Ili daryosi bo’yida edi.
Chig’atoy (1227-1241) o’z yerlariga inju tarzida egalik qilgan. Olg’uygacha (1261-1266) bu yerlarda xoqonning hokimiyati joriy etilgan. Xoqon nomidan Chig’atoy ulusini Maxmud Yalavoch boshqargan. 1239 yilda u Xitoyda Pekinga xokim etib tayinlangach, o’rniga o’g’li Ma’sudbek (1239-1289) o’tqazilgan. Harbiy xokimyat, axolini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari doruxachi va tanmachi deb atalgan Mug’ul amirlari qo’lida bo’lgan.
Maxmud Yalavoch Xitoyga jo’natilgan, Ma’sudbekka Uyg’uristonga qarashli Xo’tan, Qoshg’ar, olmaliq, Qoyalikdan to Samarqand va Jayxun daryosi sohillarigacha, Beshbaliq va Qoraxo’ja yeiiari in’om etilgan. Chig’atoy ulusida Kepakxon xukmronligi davrigacha (1309, 1318-1326) siyosiy barqarorlik bo’lmadi va bir qancha siyosiy kurashlardan so’ng, 1251 yil Qoraqumda bo’lgan qurultoy qaroriga ko’ra Chig’atoy ulusi ikki qismga bo’linib ketdi: Sharqiy Turkiston, G’ulja o’lkasi, Yettisuv, Farg’onaning shimoliy-sharqiy qismi qoon ixtiyorida qolgan bo’lsa, movarounnaxr, Farg’onaning g’arbiy qismi Oltin O’rda ko’l ostiga o’tdi.
Olg’uy ibn Boydar ibn Chig’atoy (1261-1266) Chig’atoy ulusini Oltin O’rda ta’siridan qutqarish choralarini ko’rgan bo’Isa, Baroq ibn Yisonqur ibn Komkor ibn Chig’atoy (1266-1271) Chig’atoy ulusini ancha kuchayishiga erishdi. Biroq, ko’p o’tmay Chig’atoy ulusiO’g’dayning nabirasi Kaydu va Oltin O’rda xoni Mangu Temur (1267-1280) ta’siriga tushib qoldi. Kaydu Chig’atoy ulusi taxtiga Baroqxonning o’g’li Duvaxonni (1291-1306) o’tkazdi. Andijonning tiklanishi, O’zganning Farg’ona o’lkasi poytaxtiga aylantirilishi uning nomi bilan bog’liq. Duvaxon Kaydu bilan xamkorlikda katta e’tiborga erishdi. Duvaxon vafotidan so’ng uning o’g’illari Kunjakxon va tolg’u ibn Qudug’ay ibn Bo’ri mutugan ibn Chig’atoylar xonligi uzoqqa cho’zilmadi.
Kepakxon urug’doshlarining barcha nizolariga barham berdi va markaziy xokimyatni mustaxkamlashga xarakat qildi. Chig’atoy davlatining rivoji, shaxarlar qurilishiga omil bo’lgan pul va ma’muriy isloxotlar Kepakxon nomi bilan bog’liq. Nasafdan ikki farsax masofada qurilgan Qarshi shaxri uning nomi bilan bog’liq. Ma’muriy isloxotlarga ko’ra mamlakat Buxoro va Samarqand vioyatlrida tumanlarga, Farg’ona va Sharqiy Turkistonda orchinga (poytaxt atrofi noxiyalari) bo’lindi. Yangi pul birligi «kepakiy» deb yuritilgan va bir dinor kepakiy ikki misqol, bir dirham kepakiy uchdan bir misqolga teng bo’lgan. Chig’atoy ulusi xonlari o’z yerlarini inju tarzida boshqarib, faqatgina daromaddan foydalanish xuquqiga ega bo’lganlar. Yer solig’i mol (xiroj) o’n foizni tashkil etgan. Ko’chmanchilar to’laydigan qo’pchur yuz boshdan bir bosh xisobida bo’lgan. Savdodan targ’u jarimasi olingan. Munqa nomidan pul zarb etilgan, 1270 yildan boshlab, soliqlar pul ko’rinishida olingan. Pul ulusning eng yirik shaxarlaridan zarb etilgan. 1271 yil Ma’sudbek pul isloxoti o’tkazdi va ulusning barcha hududlari uchun bir xil vazndagi kumush tangalar muomilaga kiritildi. Isloxot iqtisodiy munosabatlarning jonlanishiga olib keldi va XIII asrning 80-90 yillarida ulusning 16 shaxrida shunday zarbxonalar ochildi.
Yuqorida aytilgan soliqlardan tashqari chorvadorlardan shulen solig’i olingan: har suruvdan bir qo’y va ming bosh otdan bir bosh biya. Xunarmand, savdogarlardan olinadigan yarg’u solig’i o’ttizdan bir ulush miqdorida bo’lgan. Bundan tashqari xalq turli yig’imlar va to’lovlarga, majburiy ishlarga ham jalb etilgan. Ulug’ qoonlar Guyukxon (1246-1248), Munqaxon (1251-1260), Chig’atoy xoni Olg’uy (1261-1266) xukmronligi vaqtida boshqa Mug’ul shaxzodalarining Movarounnaxr ichki xayotiga aralashuviga chek qo’yilgan, bu esa asta-sekin iqtisodiy xayotning jonlanishiga ta’sir ko’rsatgan. XIII asr o’rtalaridan boshlab, o’zbek qabilalarining o’zaro uyushuvi kuchayadi. Jumladan barloslar Qashqadaryoda, jaloyirlar Oxangaron vodiysida, arlotlar Afg’onistonning shimolida, qovchinlar Farg’ona vodiysida mustaxkam o’rnasha boradilar. Bu hoi o’zbek xalqining tashkil topishida muxim omillardan biri bo’lgan.
XIII asrning boshlariga kelib (1206-1215) Mug’ulistonda Chingizxon hukmronligida kuchmanchi mo’tullaming ulkan davlati paydo bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida xorazmshohlar davlati mavjud bo’lib, o’zaro urushlar va boshboshdoqlik oqibatida bu qudratli saltanat inqirozga yuz tuga boshlagan davr edi. Chingazxon bilan Muhammad Xorazmshoh o’rtasida qisqa muddat (1215-1218) elchilik munosabatlari davom etgan bulishiga qaramay bu munosabatlar oxir-oqibat fojiali tugadi.




Xulosa

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Movoraunnahrda mo’g’ullar bosqinidan so’ng siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tushkinlik yuzaga lceladi. Chig’atoy ulusi tashkil etilgandan so’ng o’lkada bir qancha boshqaruvga oid islohatlar ham o’tkaziladi. Xususan, Kebakxon Buxoro va Samarqand vioyatlrida tumanlarga, Farg’ona va Sharqiy Turkistonda orchinga (poytaxt atrofi noxiyalari) bo’lindi. Yangi pul birligi «kepakiy» deb yuritilgan va bir dinor kepakiy ikki misqol, bir dirham kepakiy uchdan bir misqolga teng bo’lgan. Chig’atoy ulusi xonlari o’z yerlarini inju tarzida boshqarib, faqatgina daromaddan foydalanish xuquqiga ega bo’lganlar. Yer solig’i mol (xiroj) o’n foizni tashkil etgan. Ko’chmanchilar to’laydigan qo’pchur yuz boshdan bir bosh xisobida bo’lgan. Savdodan targ’u jarimasi olingan.


Bu holat ichki savdo va ichki munosabatlarni tartibga solardi. Shuningdek kumush tangalar zarb etish erkinligi paydo bo’ladi. Ya’ni, xohlagan kishi o’z ixtiyoridagi kumush buyumlarni zarbxonaga olib borib, uni xohlagan tarzda, lekin bir xil hajm, qiymat va vaznda zarb etishi mumkin edi. Bu jarayon dastlab qiyin kechgan bo’lsa-da, asta-sekin faollasha borib, aholining kumush tangalarga ishonchi mustahkamlandi, bunday tangalarning nufuzi ortib bordi. Natijada XIII asming 80-90- yillarida Chig’atoy ulusining 16 ta shahrida zarbxonalar ochilib, ularda doimiy ravishda kumush tangalar zarb etilgan. Bu davrda Eronda va Ettisuvda mug’ul harbiy zodagonlari vayronagarchilik kelitirib chiqaruvchi urushlar qilib turgan bo’lsalarda, ulaming bu harakatlari Movarounnahrdagi islohatlarni to’xtata olmadi.
Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling