Мавзу: 1312 yildagi kebekxon tomonidan otkazilgan pul isloxati axamiyati Kepakxon ibn Duvaxon
Tarixdan ma’lumki, Qarshi shahri qadimda juda k
Download 23.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqкурс иши
Tarixdan ma’lumki, Qarshi shahri qadimda juda kо‘p bosqinchilik urushlarini kо‘rgan. Buzilgan, vayron qilingan, о‘tda yonib, kuldan yana qayta tirilgan afsonaviy qush - Qaqnusdek yangi manzilda bunyod bо‘lavergan.
Toju taxt uchun kurashlarda g‘olib chiqqan chig‘atoy naslidan bо‘lgan Kebekxon (1309-1326 y) (ba’zi manbalarda Kо‘ppakxon, Kepakxon) Qarshini о‘z saltanatining poytaxtiga aylantirgan. U davlatida ma’muriy va moliya islohotlari о‘tkazgan, о‘z nomidan pul (kepaki) zarb qildirgan, mamlakatni tumanlarga bо‘lib boshqargan. Qashqadaryo daryosi bо‘yidagi manzilni poytaxt qilib tanlagan Kebekxon bu joyda о‘ziga qarorgoh - qasr qurdiradi. Tevarak-atrofida yashagan el bu qarorgohni Qarshi deb ataydi, zero turkiyda Qarshi - Saroy ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, XIV asr boshlaridan e’tiboran, bu poytaxt shahar - Qarshi nomi bilan yuritila boshlaydi. Jumladan, 1333 yilda Qarshida bо‘lgan Ibn Batuta shahar haqida tо‘xtalib, u kichik bog‘lar hamda zovur bilan о‘ralganini va atrofida devor borligini yozadi. XIV asrning 60-yillarida Qarshiga Amir Temurning nazari tushadi. Sohibqironning markazlashgan davlat tuzish borasidagi faoliyati aynan Qarshida boshlangan. 1365-1366 yilning qishida bu shaharda mudofaa qal’asini bunyod etgan, shaharni panoh bilib, kuch-lashkar tо‘plagan va ularga yetakchilik qilgan. Qal’a haqida dastlabki tarixiy bitik, 1401 yilda Amir Temur bilan uchrashgan, Sohibqironning о‘zidan zafarli yurishlari haqida kelajak avlodlarga yetib boradigan, yirik bir asar yozish tо‘g‘risida topshiriq olib, uni sharaf bilan uddalagan Nizomiddin Shomiyga tegishli. Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida bayon etilishicha, "Sohibqiron qish faslini Qarshida о‘tkazdi, о‘shanda Qarshi qо‘rg‘onini qayta kо‘tarishga kirishib, oxiriga yetkazdi". "Hazrat Sohibqiron ... Amu suyidan о‘tib, Qarshiga tushdi. Va Qarshi aning uchun derlarkim, Kо‘ppakxon (Kepakxon) Nasafdin ikki yog‘och yо‘li yiroq, bir qasr yasab erdi va mо‘g‘ul tilida "qasr"ni "qarshi" derlar. Ul jihatdin "Qarshi" bilan mashhur bо‘ldi. Hazrat Sohibqiron ul qish anda qishladilar va Qarshining qal’a imoratiga mashg‘ul erdi. О‘shul qishda qal’a imoratini tugattilar." Qarshi qal’asi ulug‘ Sohibqironning oliy maqsadlarini rо‘yobga chiqaruvchi omil, porloq istiqbol sari yо‘l oluvchi murod eshigi bо‘lgan. Bu haqda "Zafarnoma"ning "Hazrat Sohibqiron Qarshiga kelgani" bobida quyidagicha yozilgan: "Har murodning gulu gulzor, ammo neda inoyati rabboniy nasimidin ochilsa, о‘zga asbob о‘rtada bahona! Har murod eshikini orzu xalqasin tebratsa, tavaqqufsiz ochilg‘ay va umid yuzini har sorikim qilsa, maqsudi anga о‘tru kelg‘ay...! Darhaqiqat, Sohibqiron ulug‘ maqsadlariga erishmoq uchun harakat qilib yurgan navqironlik kezlarida, Qarshi shahriga umid kо‘zi bilan qaragan, binobarin, bu shahar istiqbolda tiklanadigan saltanat uchun murod eshigi, Qarshi qal’asi esa orzu xalqasi bо‘lib, unga tavaqqufsiz ochilgan bо‘lsa neajab! Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi" hamda noyob qо‘lyozma "Amir Temur tarjimai holi" (1281 yil hijriy, 1835 yil milodiy yili Nabijon Xatifning forschadan turkiyga tarjimasi) kabi manbalarda ham Qarshi qal’asiga katta о‘rin berilgan. Qarshi qal’asi qishda, zarurat (lashkar tо‘plash, nafsini rostlab dushmanga zarba berish) yuzasidan qisqa vaqtda bunyod etilgan bо‘lsada, hajmi ancha katta - tо‘rt tomoni 630 metrdan, hududi 40 gektar, devorlari g‘ishtdan, usti esa kungurali (zubchatka) mustahkam mudofaa inshooti bо‘lgan. Devorlardagi sirlangan g‘ishtlarning qoldiqlari XIX asning 60 yillari oxirigacha saqlangan. Ma’lumki, qishda loydan devor kо‘tarib bо‘lmaydi, Sohibqiron devorning chetlarini g‘ishtdan va о‘rtasini loydan tiklab, qal’a imoratini bitkazgan. Sohibqiron Amir Temur shu qal’ada lashkar tо‘pladi, о‘zining siyosiy raqibi Amir Husaynni mahv etib, oliy maqsadi - hokimiyatga erishdi. Buyuk saltanat tuzdi. Poytaxt Samarqandni va tug‘ilgan shahri Shahrisabzni obod qildi, shu bilan birga Qarshi shahrini, о‘ziga murod eshigi bо‘lgan qal’ani unutmadi. 1385-1386 yillarning qishida, oradan 20 yil о‘tib Qarshida qishladi va qal’a markazida tijorat markazi - Chorsuni, imon-e’tiqod maskani - Odina jome’ masjidini, poklik gо‘shasi - "Amiri hammom"ni bunyod ettirdi. Bu bilan Amir Temur Qarshi registoniga asos solgan va yana qal’a atrofida "Gulshan bog‘i" hamda kо‘shk barpo qilgan. Qarshi shahri va uning qal’asi Amir Temurga panoh, hokimiyatni qо‘lga olishda kalit shahar bо‘lgani uchun bu yerda katta bunyodkorlik ishlari olib borgan. Shuningdek, о‘z saltanatini kuchli, qudratli davlatga aylantirish, xalq farovonligi uchun savdo-tijoratni rivojlantirish hamda davlatlararo munosabatlarni yо‘lga qо‘yishga alohida e’tibor qaratgan. Chunki shahar yо‘llari savdo karvonlari va elchilar bemalol kelib-ketadigan, xavfsiz va obod bо‘lishi kerak edi. Shuning uchun Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi va boshqa shaharlarda Chorsular - savdo tijorat markazlari, ularning yonida esa karvonsaroylar qurilgan. Buning yana bir sababi, Buyuk Ipak yо‘li Amir Temur saltanatidan о‘tib, G‘arb davlatlari sari yо‘nalgan. Chorsularda nafaqat savdo-tijorat ishlari, balki pul almashtirish va maydalash (sarroflik), omonatni saqlash (bank) ishlari yо‘lga qо‘yilgan. Axborotchilarning aytishlaricha, karvonlardan berib yuborilgan xat va boshqa narsalarni egalariga topshirish (pochta), Chorsu yaqinidagi karvonsaroylarda tunash (mehmonxona) kabi maqsadlar ham kо‘zda tutilgan. Karvon yо‘llari qaroqchilardan va yо‘ltо‘sarlardan, shaharlar va ulardagi bozorlar о‘g‘ri-talonchilardan tozalangan, bunga xalq orasida: "Saltanat hududida kishi boshida oltin tanga solingan jom-lagan olib о‘tganda biror donasi kamaymagan!" degan naql borligi misol. Qarshi Chorsusi boshqa shaharlardagidan о‘lchamlari katta (markaziy gumbazning diametri va timlarining uzunligi 25 metrdan) bо‘lgani hamda chorraha vazifasini bajargani bilan ham farq qilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati L 0 ‘zbekiston Respublikasi PREZIDENTI asarlari 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. “O`zbekiston” 2017. Mirziyoyev SH M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir. -Т.: «0‘zbekiston», 2017. Internet saytlari: 40. www.lex.uz- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi 41. www.ziyouz.uz 42. www.e-tarix.uz 43. www.o‘zlib.kutubxona 44. www.kitob.uz 45. www.historicalbooks.com Download 23.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling