Mavzu: №15. Ayiruv tizimining fiziologiyasi va yoshga oid xususiyatlari. Reja
Download 108.27 Kb.
|
15Ayiruv tizimining fiziologiyasi va yoshga oid xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60- rasm . Siydik pufagi tuzilishi
59-rasm. Buyrakning mikroskopik tuzilishi
Shumlyanskiy kapsulasiga arteriya tomiri kirib, mayda tomirchalarga, ya’ni toʻrsimon shakldagi kapillyarlarga boʻlinib, Malpigi tugunchasini hosil qiladi. Bu tugunchaning kapillyarlari yana bir biri bilan qoʻshilib, kapsuladan chiquvchi arteriya tomirini hosil qiladi. Shu tomir kapsuladan chiqib, yanada mayda kapilyarlarga boʻlinadi, ular esa egri-bugri kalavasimon kanalchalar va Genli xalqasi atrofini toʻrsimon shaklda oʻraydi. Shunday qilib, buyrakda qon aylanishining asosiy xususiyati shundan iboratki, arteriya qoni ikki joyda toʻrsimon shakldagi kapillyarlar orqali oʻtadi. Shundan keyin arteriya kapillyar tomirlaridan vena kapillyar tomirlari boshlanadi. Ular bir-biri bilan qoʻshilib, buyrak venasini hosil qiladi. Siydik yoʻli buyrak jomidan boshlanib, qorinning orqa devori boʻylab pastga tushadi va siydik pufagiga tutashadi. Siydik yoʻlininig uzunligi katta odamda 30 sm boʻlib, uning devori uch qavatdan: ichki - shilliq qavat, oʻrta-muskul qavat va tashqi-seroz qavatdan iborat. Buyrakda filtrlanib hosil boʻlgan siydik, siydik yoʻli orqali siydik pufagiga uzluksiz quyilib turadi. Siydik pufagi (qovuq) qorinning pastki qismida chanoq sohasida joylashgan boʻlib, uning hajmi katta odamda 500-700 ml boʻladi. Siydik pufagining devori ham uch qavatdan: ichki shilliq, oʻrta-muskul, tashqi- seroz qavatdan iborat. Uning tub qismida uchta teshikcha boʻlib, ularning ikkitasi oʻng va chap buyraklardan siydik yoʻllarining quyilish joyi, bittasi siydik kanalining chiqish joyi. Siydik pufagi toʻlgandan soʻng, uning devori taranglashib, sezuvchi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, hosil boʻlgan impuls oldin orqa miyaga, undan bosh miya yarim sharlariga boradi va odamda siydik chiqarish refleksi yuzaga keladi. Harakatlantiruvchi nervlarning qoʻzgʻalishi orqali siydik pufagi devorining silliq muskullari qisqarib, unda toʻplangan siydik, siydik chiqarish kanali orqali tashqariga chiqariladi. 60-rasm. Siydik pufagi tuzilishi Buyrakda siydik hosil boʻlishi. Buyrakda siydik hosil boʻlishi ikki davr (faza)ga boʻlinadi. Birinchi davr - filtratsiya davri deyilib, u birlamchi siydik hosil boʻlishidan iborat. Bunda Malpigi tugunchalarining arteriya kapillyarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, Shumlyanskiy kapsulasi boʻshligʻiga oʻtadi. Bu jarayoning oʻtishi kapillyarlardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past boʻlishiga bogʻliq. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin boʻlib, unda faqat oqsil boʻlmaydi. Chunki u kapillyar qon tomirlarining devoridan filtrlanib oʻtmaydi. Kapsuladagi birlamchi siydik kalvasimon kanalchalarga oʻtadi. Bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalarning hammasi, suv va mineral tuzlarning koʻp qismi, ya’ni 98,5-99% i vena tomirlariga qayta soʻriladi. Bunga reabsorbtsiya jarayoni deyilib, bu siydik hosil boʻlishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida moddalar almashinuvi natijasida toʻqimalarda hosil boʻlgan qoldiq mochevina, kreotinin kabi chiqindi moddalar, ma’lum miqdorda tuzlar va suv boʻladi. Katta odamda bir kecha-kunduzda oʻrtacha 100 1. birlamchi siydik filtrlanib, uning 98,5-99 1. kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta soʻriladi, qolgan 1-1,5 1. ikkilamchi siydik sifatida tashqariga ajratiladi. Buyrak qon bilan moʻl-koʻl ta’minlangan organdir. Odamning atigi 300 g keladigan buyraklari tomirlaridan 24 soatda 800-9001. qon ya’ni oyoqdan qancha qon oʻtsa, buyrak tomirlardan ham shuncha qon oʻtadi. Buyraklar funksiyasini boshqarilishi. Buyraklar, siydik hosil boʻlishi nerv va gumoral yoʻl bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini kengaytirib, siydik ajralishini koʻpaytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa boʻlagida sintezlanadigan antidiuretik gormoni (ADG) buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga ta’sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini koʻpaytiradi. Ajratiladigan siydik miqdori iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdoriga bogʻliq, issiq sharoitda issiq vaqtda, jismoniy ish bajarganda siydik ajralish kamayadi, chunki ter ajralishi koʻpayadi. Siydik ajralishining yoshga bogʻliq xususiyatlari Yangi tugʻilgan bolalarning buyraklari 12 g. kelsa, 5–6 oyga borib 22-24 g., 1 yoshga borib 33-36 g.ga, 15 yoshga kelib 110- 120 g. keladi. Buyraklarning tuzilishi jihatdan takomillashishi 5–7 yoshda tugallanadi. Bola tugʻilgan paytda uning siydik pufagida 5–6 ml siydik boʻlib, bu siydik gipotonik suyuqlikdir, uning tarkibida elektrolitlar kam, reaksiyasi kislotalidir. Yangi tugʻilgan bolalar sogʻlom boʻlsa bir sutkada har bir kg. ogʻirligiga nisbatan 50–70 ml. siydik ajratib turadi. Bu koʻrsatkich katta odamlarnikiga nisbatan ikki barobar oshiqdir. Erta tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 ml. gacha yetishi mumkin. Yoshning oshishi bilan har bir kg. nisbatan sutkalik siydik ajralishi ham kamayib boradi. Umumiy siydikning ajralishi bolaning massasi oshganligi uchun oshib boradi. Bir oylik bolada 1 kecha – kunduzda 350 – 360 ml., 1 yillik bolada – 750 ml., 4–5 yoshlik bolada – 1000 ml., 10 yoshda – 1,5 l., jismoniy rivojlanish davrida – 2 l. siydik ajraladi. Chaqaloqlarda siydik reaksiyasi nordondir, yoshi oshgan sayin u kuchsiz kislotali boʻlib qoladi. Siydikning miqdori va reaksiyasi bola iste’mol qilgan ovqatga ham bogʻliq boʻladi. Bola ma’lum sabablarga koʻra koʻproq suyuqlik iste’mol qilib qoʻysa gomeostaz koʻplab suyuq siydik ajratish bilan saqlab qolinadi. Aks holda organizmda demineralizatsiya roʻy beradi. Chaqaloqlarda buyrak epiteliyasining oʻtkazuvchanligi yuqoridir, shuning uchun ularning siydigi tarkibida oqsil ham boʻladi. Endi tugʻilgan bolalarda siydik pufagining siydikdan holi boʻlish siydik bilan toʻlishi bilanoq ixtiyorsiz ravishda roʻy beradi. Siydik ajralishining ixtiyoriy boʻlishi katta yarim sharlar va orqa miya oʻrtasida funktsional aloqalarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlib, u 1 yoshning oxirida boshlanib 2 yoshda toʻliq shakllanadi. Odatda qovuqqa kelayotgan siydik uning ichki bosimini oshirib, baroretseptorlarni qitiqlaydi. Hosil boʻlgan impulslar orqa miyadagi siydik ajralish markaziga yetib boradi, signallar qovuq muskullariga yetib borishi natijasida qovuq qisqaradi va siydikdan boʻshaydi. Ba’zida kechasi siydik ushlay olmaslik, beixtiyor siyib qoʻyish -enurez holatlari 5–10 yoshgacha bolalarda boʻlishi mumkin. Koʻpincha u bolalarning ruhiy va asabiy holatiga bogʻliq boʻlib, keyinchalik oʻtib ketadi. Bunday bolalarni urolog va nevropatolog vrachlar tomonidan tekshirish shart. Ruhiy xissiyotlar, oʻta charchash, sovuq yeyish, uyqudan oldin suyuq ovqatni iste’mol qilish enurezning boʻlishiga sharoit yaratadi. Bu xossasi bor bolalar juda hayajonlanadi, kechki payt uzoq uxlamay qoʻyishadi, va uxlab qolgandan keyin ularda yana enurez roʻy berishi mumkin. Bunday bolalarni koʻpchilikni oldida uyaltirish mutlaqo mumkin emas. Siydik ajralishining ixtiyoriy boʻlishi katta yarim sharlar va orqa miya oʻrtasida funktsional aloqalarning paydo boʻlishidir. Ba’zi bolalarda 5–10 yoshgacha kechasi siydik ushlay olmaslik uchrab turadi. Maktab —internatlarda, lagerlarda ba’zi bolalarda enurez xastaligi uchrab turishi mumkin. Bunday bolalarga tarbiyachilar e’tibor berishlari lozim. Bolalar oʻrtasida bu holatni mukokama qilib, bolani uyaltirish, ruhan choʻktirish mumkin emas. Aksincha, e’tiborni kuchaytirib, bolani davollanishiga yordam berish kerak. Shifokor maslahati bilan kun tartibini tuzish, vaqtida dam olish, toʻgʻri ovqat ratsionini tuzish, kechda yotishdan oldin kam suyuklik iste’mol qilish va boshqalarga amal qilinadi. Bolani kunning ikkinchi yarimida ogʻir jismoniy yuklamalardan (futbol, basketbol oʻyinlari va h-k.) ozod qilish kerak boʻladi. Kechasi 2–3 marotaba bolani uygʻotib, uning yozilib kelishi ta’minlanadi. Shaxsiy gigiyena talablari e’tibordan chetda qoldirilsa, ayrish yoʻllarini patologik, ya’ni xastalik holatlarga olib kelish mumkin. Bolalarni siydik-tanosil organlarining gigiyenasiga yoshligidan oʻrgatish lozim. Kechasi siydik tuta olmaslik yoki enurez. Kichik yoshdagi bolalar koʻpincha kechasi uxlab yotgan vaqtida beixtiyor siyib qoʻyadi, shu sabab bilan kechasi siydik tutolmaslik yoki enurez deb ataladi. Oʻgʻil bolalarda bu hodisa qizlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Shunda ham qishda koʻproq, kuz va bahorda kamroq boʻladi. Uyquga yotish oldidan koʻp suyuq ovqat (sut, choy, kofe va boshqalar) ichish kechasi siyib qoʻyishga yoʻl ochadi. Ruhiy kechinmalar, jismonan qattiq charchash va boshqa oʻzgarishlar ham shunga olib keladi. Enurezning oldini olish yuzasidan koʻriladigan gigiyena chora-tadbirlari avvalo siydik tutolmay qolishga yoʻl ochadigan sabablarni bartaraf qilish, qat’iy kun rejimi va ovqatlanish rejimi (uyqu oldidan suyuq ovqat ichmaslik)dan iboratdir. Kechasi siyib qoʻyadigan bolalar uchun maxsus parhez ishlab chiqilgan. Kechasi siyib qoʻyadigan bolalar oʻz qilmishlaridan juda uyaladilar. Ular hech kimga aralashmaydilar, kechqurunlari esa uzoq vaqtgacha uxlay olmaydilar. Bu ularning charchashiga va uxlab qolgandan keyin darrov siyib qoʻyishiga sabab boʻladi. Download 108.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling