Mavzu: №15. Ayiruv tizimining fiziologiyasi va yoshga oid xususiyatlari. Reja
Download 108.27 Kb.
|
15Ayiruv tizimining fiziologiyasi va yoshga oid xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- 57-rasm. Ayrish organlarilarning umumiy tuzilishi
- 5 8-rasm. Oʻpkada gazlar almashinuvi
- 2. Buyrakning mikroskopik tuzilishi va buyrakda siydik hosil boʻlishi
MAVZU: № 15. AYIRUV TIZIMINING FIZIOLOGIYASI VA YOSHGA OID XUSUSIYATLARI. Reja Ayrish organlari va ularning funksiyasi Buyrakning mikroskopik tuzilishi va buyrakda siydik hosil boʻlishi Siydik tanosil organlari gigiyenasi. Terining yoshga oid xususiyati va gigiyenasi. Tayanch tushunchalar: buyrak, siydik yoʻli, nefron, birlamchi siydik, siydik pufagi. 1. Ayrish organlari va ularning funksiyasi Ayirish. Tirik organizm ichki muhit barqarorligini saqlash uchun, organizmga kirgan ozuqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikchil, siydik kislota, kreotinin va shunga oʻxshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa, organizm zaharlanadi. Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot moddalardan tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalarni chiqarish ham shart. 57-rasm. Ayrish organlarilarning umumiy tuzilishi Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskretlar deb ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga nafas yoʻli, teri, ichak yoʻli va buyrak kiradi. Ayirish organlariga yogʻ, ter va sut bezlari ham mansubdir. Oʻpka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va yengil uchuvchi gazlar ajraladi. 5 8-rasm. Oʻpkada gazlar almashinuvi Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinish qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi. Ichaklar orqali hazm boʻlmagan oziq moddalar qoldiqlari, metall tuzlari, qisman suv, ba’zi dorilar va organik boʻyoqlarning qoldiqlari ajraladi. 2. Buyrakning mikroskopik tuzilishi va buyrakda siydik hosil boʻlishi Buyrak orqali esa organizmdan ortiqcha suv, tuzlar, mineral moddalar, toʻqima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik kislotasi, mochevina, kreotinin va iste’mol qilingan dori qoldiqlari ajraladi. Buyrak faoliyati faqat qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib tashlashdan iborat emas, bundan tashqari bir necha hayotiy muhim vazifalarni bajarishda ham ishtirok etadi: - Qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm muvozanatini saqlashda; - Bu suyuqliklarni osmotik muvozanatini saqlashda; - Kislota-asos muvozanatini saqlashda; - Qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda; - Oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida; - Qon bosimini birday turishida; Siydik ayirish organlariga buyraklar, ichki siydik yoʻli, siydik pufagi, tashqi siydik chiqarish yoʻllari kiradi. Buyrak bir juft loviya shaklida boʻlib, 12-koʻkrak va bel umurtqalari oldida joylashgan. Ulardan har birining vazni 120 g, uzunligi 10-12 sm, eni 6 sm, qalinligi 3-4 sm keladi. Buyrakning mikroskopik tuzilishi. Buyrakni boʻylamasiga kesib qaralganda, uning toʻqimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir poʻst qavat va ichki oqimtir magʻiz qavatdan iborat ekanligi koʻrinadi. Buyrak toʻqimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega boʻlgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda 1 mln. atrofida nefron bor. Nefronlar buyrakning ish boshqaruvchi asosiy tuzilmasi hisoblanadi. Ular murakkab tuzilgan. Buyrakning poʻst qavatida voronka shakldagi Shumlyanskiy kapsulasi joylashgan boʻlib, u ikki qavatli yupqa pardadan tashkil topgan. Ushbu kapsuladan birinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchalar boshlanib, buyrakning poʻst qavatidan magʻiz qavatiga oʻtadi. Buyrakning magʻiz qismida kalavasimon kanalcha toʻgʻrilanib, yuqoriga buriladi. Bu burilish joyi Genli qovuzlogʻi deb ataladi. Soʻngra u yana buyrakning poʻst qavatiga oʻtib ikkinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchani hosil qiladi. U chiqaruvchi kanalga tutashadi. Kalavasimon kanalchalarning uzunligi 120 km, atrofida boʻladi. Chiqaruvchi kanal buyrakning poʻst va magʻiz qavatlari orqali oʻtib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa yuqorigi siydik yoʻli boshlanadi. Download 108.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling