Gidravlik ilashish muftasi (gidromufta) yetakchi va yetaklanuvchi qismlarga ega. Yetakchi qism past qovushqoq ishchi moy bilan to‘ldirilgan xajmni hosil qiladigan nasosli g‘ildirak va qopqoqdan iborat. Yetaklanuvchi qism bo‘lib turbina g‘ildirak hisoblanadi. Nasos va turbina g‘ildiraklar tashqi va ichki torlar orqasida o‘rnatilgan va o‘zaro ular bilan ishchi suyuqlik uchun parraklararo kanallar hosil qilgan parraklarga ega. Gidromufta parraklarini odatda tekis radial qilib tayyorlanadi. Turbina g‘ildirak nasos g‘ildirakka juda yaqin joylashgan.
Ilashish muftasi nosozliklari belgilari va ularni bartaraf etish usullari. Ilashish muftasi pedalining erkin yo‘lini rostlash ishqalanuvchi yuzalarining yeyilishi bois kerak bo‘ladi. Yeyilish natijasida podshipnik va richaglar orasidagi tirqish, jumladan, ilashish muftasi pedalining erkin yurishi ham kamayadi. Agar tirqish yo‘qolsa va richaglar mufta podshipnikiga tegib qolsa, u holda disklarni siquvchi kuch va ilashish muftasi vositasida uzatilayotgan moment kamayadi, chunki ilashish muftasi to‘liq qo‘shilmaydi. Bunday ilashish muftasining yetaklanuvchi diski yetakchilarga nisbatan ishqalanadi. Ilashish muftasi ishqalanganda avtomobilni ko‘p muddat ishlatish yetaklanuvchi disklarning friksion qoplamalarini tez fursatda yeyilishiga, ularni kuchli issiqlik natijasida qirilishiga, ilashish muftasini ajratish muftasining podshipnigini erta yeyilishiga olib keladi. Tirqish va pedalning erkin yurishi juda ham kattalashib ketsa, ilashish muftasi to‘liq ajralmaydi.
Mavzu: 21 Uzatmalar qutisi.
Uzatmalar qutisining turlari: Uzatishlar sonini o‘zgartirish tavsifiga binoan uzatmalar qutisining pog‘onali, pog‘onasiz va aralash turlarga bo‘linadi. Yetakchi va yetaklanuvchi vallar orasidagi bog‘lanish tavsifiga asosan uzatmalar qutisi mexanik, gidravlik, elektrik, aralash, boshqarish usuli bo‘yicha esa avtomatik va avtomatik bo‘lmagan turlarga ajratiladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi oldinga yurishdagi uzatishlar soni bo‘yicha farqlanadi (4 pog‘onali, 5 pog‘onali va h.k.).
46-rasm. Yetakchi (A) va yetaklanuvchi (B) vallar.
1-yetaklovi val; 2-uzatmalar qutisining richagi; 3-vilkalari; 4-yetaklanuvchi val;
5-trasmission moyni to‘kish jumragi; 6-oraliq val; 7-qobig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |