Mavzu 19 Amperometrik va kulonometrik analiz metodlari Reja


-chizma. Polyarografiya bilan amperometrik titrlash orasidagi bog'lanishning chizma tasviri


Download 58.43 Kb.
bet2/9
Sana26.12.2021
Hajmi58.43 Kb.
#183018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
23.17-chizma. Polyarografiya bilan amperometrik titrlash orasidagi bog'lanishning chizma tasviri

Amperometrik titrlash usullari ishlatiladigan elektrodlar tizimiga qarab quyidagilarga bo'linadi:

1) bitta indikator (qutblangan) elektrodli amperometrik titrlash;

2) ikkita indikator (qutblangan) elektrodli am perom etrik titrlash (qisqalik uchun, bicimperometrik titrlash).

Amperometrik titrlash selektiv usullardan bo'lib, indikator elektrodining potensiali va erituvchini tanlash asosida bir yoki bir necha tarkibiy qismni titrlash mumkin. Amperometrik titrlashda reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan biri elektr aktiv bo'lsa yetarli hisoblanadi. Agar moddalar elektr aktiv bo'lmasa, eritmaga maxsus elektr aktiv bo'lgan indikator modda deb ataladigan modda qo'shiladi. U asosiy reaksiya tugaganidan keyin titrant bilan reaksiyaga kirishishi zarur. Amperometrik titrlashning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u barcha reaksiyalar turlari bo'yicha qo'llanilganda ham aniqligi yuqoridir. Ko'pchilik organik moddalarni aniqlashda ularning elektrod va cho'kma sirtida adsorbilanishi natijasida xato yuzaga keladi.

Bunday vaqtda suvsiz erituvchilarni ishlatish zarur. Ular adsorbsiyani kamaytiradi va ko'rsatilgan xatoni deyarli yo'qotadi. Amperometrik titrlashda indikator elektrodi sifatida turli xil metallar (ko'pincha, befarq, inert) ishlatiladi. Taqqoslash elektrodi sifatida kumush xloridli, merkuryodid, to'yingan kalomel va boshqalar ishlatiladi.

Suvsiz eritm alarda titrlash uchun ikkita indikator elektrodli usul qulaydir. Bunda har ikkala indikator elektrodi bir eritmaga tushiriladi. bitta indikator elektrodi bolgan amperometrik titrlashda taqqoslash elektrodini tanlash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, suvsiz erituvchilar muhitida titrlashda bunga alohida e’tibor berish kerak. Kalomel va kumush galogenidli elektrodlarni ishlatish suvdagi eritmalarda yaxshi natijalar bersa-da, suvsiz eritmalarda simob(I) xlorid eriganligi va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etganligi, kumush galogenidlari esa kompleks hosil bo'lish jarayonlarini kuchaytirganligi uchun ham suvsiz eritmalarda titrlaganda taqqoslash elektrodi sifatida platina yoki boshqa biror metallning plastinkasini ishlatish maqsadga muvofiqdir.

Amperometrik titrlashda fon elektrolitini tanlash ham muhim bo'lib, u olingan erituvchida yaxshi erishi, kimyoviy va elektr kimyoviy jihatdan befarq bo'lishi zarur. Fon elektroliti titrlash o'tkaziladigan potensial qiymatlarida oksidlanmasligi yoki qaytarilmasligi kerak. Amperometrik titrlashning.o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning tarkibida bir necha moddalar boig an aralashmalarni ham tahlil qilish imkonini berishidir. Bu usul yordamida tarkibida 4-5 modda bo'lgan aralashmani titrlash mumkin. Agar suvsiz tabaqalovchi erituvchilar ishlatilsa, usulning imkoniyatlari yanada kengayadi. Amperometrik titrlashning sezuvchanligi klassik polyarografiya usulinikiga ko'ra bir tartib yuqoridir, potensiometriyaga nisbatan esa ikki tartib yuqori va 10-6 M va undan ziyod. Bu usulning aniqligi ham potensiometriya usulidan ko'ra yuqori va xatoning miqdori 1 % dan oshmaydi. Amperometrik titrlashda turli xil kimyoviy reaksiyalardan foydalanish mumkin. Masalan, cho'ktirish, kompleks hosil bo'lish, oksidlanish- qaytarilish, birikish va boshqalarni aytish mumkin.




Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling