Mavzu 19 Amperometrik va kulonometrik analiz metodlari Reja


Download 58.43 Kb.
bet1/9
Sana26.12.2021
Hajmi58.43 Kb.
#183018
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

MAVZU 19

Amperometrik va kulonometrik analiz metodlari

Reja:

1. Amperometrik titrlash usulining mohiyati

2. Indikatorli elektrodlar

3. Bir va ikki indikatorli qutblangan elektrodlar yordamida amperometrik titrlashlar

4. Kulonometrik analiz metodi
Tayanch iboralar: amperometrik titrlash, elektrodlar,bir indikatorli elektrod, ikki indikatorli elektrod, tok kuchi, Faradey soni, diffusion tok, kulonometrik analiz.

Amperometrik titrlash voltamperometriyaning titrimetrik ko'rinishi bo'lib, unda titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun titrlash davomida o'zgaradigan to'yingan diffuzion tok o'lchanadi. To'yingan diffuzion tok bilan konsentratsiya orasida Id=kc bog'lanish borligi oldin ko'rsatilgan edi. Amperometrik titrlashning Ya.Geyrovskiy tomonidan tavsiya etilgan (1927-y.) dastlabki ko'rinishida aniqlanadigan moddani titrlash davomida titrantning har bir ulushini qo'shgandan keyin eritmaning polyarogrammasi alohida-alohida ketma-ket tushiriladi va shu asosda titrlash egri chizig'i chizilib titrantning hajmi aniqlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasini bunday topish ancha ko'p vaqtni talab etadi. Shuning uchun Meyer (1936-y.) amperometrik titrlash tartibiga o'zgartirish kiritdi. U depolyarizator konsentratsiyasining diffuzion tokka mutanosibligidan foydalandi. Elektrodga depolyarizatorning diffuzion toki sohasiga to‘g‘ri keladigan tegishli o'zgarmas potensial berilsa, konsentratsiyaning o'zgarishi diffuzion tok o 'zgarishiga mutanosib bo'ladi. Demak, diffuzion tokning qiymatini titrlashning har bir nuqtasida qayd qilib, titrlashning oxirgi nuqtasini topish mumkin. Bugungi kunda amperometrik titrlashning ana shu ko'rinishi ishlatilmoqda. Polyarografiya bilan amperometrik titrlash orasidagi bog'lanishni 23.17-chizmadan ko'rish mumkin.






Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling