Mavzu 19 Amperometrik va kulonometrik analiz metodlari Reja


Kulonometrik analiz usulining mohiyati


Download 58.43 Kb.
bet6/9
Sana26.12.2021
Hajmi58.43 Kb.
#183018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kulonometrik analiz usulining mohiyati. Kulonometrik analiz usuli yuqorida aytilganidek, elektrod sirtida oksidlanadigan yoki qaytariladigan elektr aktiv moddaning massasi (m) bilan elektr miqdori (Q) orasidagi bog'lanishni ifodalovchi Faradeyning birlashgan qonunlariga asoslangan:

bu yerda, M — oksidlanadigan (qaytariladigan) elektr aktiv moddaning molyar massasi, g; n - moddaning oksidlanishi yoki qaytarilishida ishtirok etadigan elektronlar soni; F — Faradey soni, 96483 Kl/ m — elektroaktiv moddaning massasi, g; Q — elektr miqdori, Kl,



Q=Iτ,

bu yerda, I- tok kuchi, A yoki mA; τ— vaqt, sek. Elektrolizda elektrolitik bo'g'inga muayyan kuchlanish (potensial) yoki tok kuchi beriladi. Shunga ko‘ra kulonom etrik tahlil usullari potensiostatik yoki amperostatik (galvanostatik) usullarga bo'linadi. Potensiostatik kulonometriyada ishchi elektrodining potensiali tahlil jarayonida nazorat qilinadi (doimiy saqlanadi yoki biror qonuniyat bo'yicha o'zgartirib turiladi). Galvanostatik kulonometriyada elektroliz davrida ishchi elektrodi va eritmadan o'tuvchi tok kuchi o'zgarmas saqlanadi.



Kulonometriyaning har ikkala ko'rinishi ham bevosita va bilvosita usullarga bo'linadi. Potensiostatik kulonometriya o'z navbatida bevosita potensiostatik kulonometriya, elektr gravimetriya, ichki elektroliz va potensiostatik kulonometrik titrlash usullariga bo'linadi. Bevosita potensiostatik kulonometriyada-ishchi elektrodiga potensial maxsus potensiostat yoki boshqa kuchlanish manbaidan tegishli nazorat qilinadigan aniqlikda beriladi. Potensiostatik kulonometriya qurilmasining sxemasi quyidagi 22.1-chizmada keltirilgan.



Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling