Nazorat savollari
1. Amperometrik titrlashda tok kuchi qiymatiga qanday omillar ta’sir ko'rsatadi? Indikator elektrodi materiali, uning yuzasi, depolyarizatorning konsentratsiyasi, harorat va boshqa omillar titrlash jarayoniga ta ’sir ко ‘rsatadimi? В и ta ’sir qanday hisobga olinishi kerak?
2. Bitta va ikkita indikator elektrodli amperometrik titrlash usullarida egri chiziqlarning shakli qanday omillarga boqliq? Uni qanday tushuntirish mumkin?
3. Amperometrik titrlashning dastlabki va hozirgi ko'rinishlari qachon va kimlar tomonidan tavsiya qilingan? Ular orasida qanday farq bor?
4. Kulonometriya usuli nimaga asoslangan? Uning aniqligi va sezuvchanligi qanday? Kulonometrik aniqlashlarda elektr miqdorining qanday ahamiyati bor?
5. Elektr kimyoviy va kimyoviy reaksiyaning tugash paytini qanday aniqlash mumkin? Analiz uchun ularning ahamiyatini aytib bering.
6. Potensiostatik va galvanostatik kulonometriya usullarining qo'llanilishini asoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |