Mavzu 19 Amperometrik va kulonometrik analiz metodlari Reja


Turli omillarning tok kuchiga ta’siri


Download 58.43 Kb.
bet3/9
Sana26.12.2021
Hajmi58.43 Kb.
#183018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Turli omillarning tok kuchiga ta’siri.

Bitta indikator elektrodli amperometrik titrlash. Bitta indikator elektrodli amperometrik titrlashda qo'shilgan titrantning miqdoriga mos ravishda o'zgaradigan to'yingan diffuzion tok kuchi oichanadi.

Elektrodlarga (qutblangan va qutblanmagan) beriladigan potensialning qiymati depolyarizatorning diffuzion tok sohasiga mos kelishi kerak. To'yingan diffuzion tok umumiy holda quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:



bu yerda, n — elektrod reaksiyasida ishtirok etuvchi elektronlar soni; F - Faradey soni (F=0,9648456.10s Kl.mol); D — depolyarizatorning diffuziya koeffitsienti, sm2/sek, с — depolyarizatorning konsentratsiyasi, mmol/l; π— aylana uzunligining diametriga nisbati (π=3,14159); τ — elektroliz vaqti, sek. qiymat diffuzion qavatning differensial (farqli) qalinligi deb yuritiladi va 5 shaklida belgilanadi. Indikator elektrodi sifatida tomchilovchi simob elektrodi ishlatilsa, diffuzion tok Ilkovich tenglamasi bilan ifodalanadi. Qattiq turg‘un elektrod uchun to'yingan diffuzion tok quyidagi o'zgartirilgan tenglama bilan ifodalanadi:

Indikator elektrodining materiali amperometrik titrlashda muhim ahamiyatga ega. Elektrod materialini tanlash, eng avvalo, titrlash uchun qo'llanilishi mo'ljallangan elektrod reaksiyasiga bog'liq. Agar titrlash uchun qaytarilish reaksiyasi qo'llanilm oqchi bo'lsa, simob yoki amalgama elektrodlar ishlatish qulaydir. Oksidlanish reaksiyalari uchun platina yoki grafit elektrodi qo'llanilishi mumkin. Platina kompleks hosil qiluvchilar ishtirok etmasa, anodda erimaydi. Shuning



uchun platina anodida erituvchining oksidlanishi chegarasida yotuvchi istalgan musbat potensialni o'rnatish mumkin. U yoki bu elektrod reaksiyasi uchun indikator elektrodining materialini tanlashda tekshiriladigan moddaning berilgan erituvchi va fondagi polyarogrammasi tuziladi.


Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling