Mavzu: 2 -3- §. Tarixda yil hisobi darsning maqsadi: Ta'limiy


Dars yakunlarini chiqarish: 3 daqiqa


Download 0.8 Mb.
bet5/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#235021
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 3 .tarixda yil hisobi 5 sinf tar

Dars yakunlarini chiqarish: 3 daqiqa.

  • Uyga vazifa: 2 daqiqa.

    Qo'shimcha ma'lumot

    Taqvim - vaqto'lchovlari-kun, hafta, oy, yilnihisoblashtizimi. Vaqt o'lchovlarini belgilash tabiat hodisalarining samoviy yoritqich- lar harakati bilan bog'liq davriyligiga asoslanadi. Taqvim hisobining asosi yil bo'lib, yilning fasl va oylarga bo'linishiga va davomiyligi- ga qarab tuzilgan oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimi mavjud.

    Turkiston zaminida yashab kelayotgan xalqlar taqvim-yil hisobidan foydalanishda dunyoning eng madaniy xalqlaridan biri hisoblanadilar. Bu o'lkada taqvimlarga amal qilish qariyb uch ming yildan buyon davom etib keladi. Shu davr mobaynida Turkiston xalqlari qadimgi turkiy, xorazmiy, sug'd, avesto (qadimgi eron), yazdigir, Hijriy-shamsiy, Hijriy-qamariy, milodiy yil hisoblaridan foydalanib kelganlar.



    Milodiy yil hisobidagi oylarning tartibi, nomlanishi va nomlanishining sabablari hamda kunlar miqdori quydagicha:

        1. Yanvar - 31 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yanus nomidan olingan.

        2. Fevral - 28 kun (kabisa yilida 29 kun). Qadimgi rimliklarning har yili 15 fevralda o'tkazilgan fevruarius - poklanish marosimi nomidan olingan.

        3. Mart - 31 kun. Qadimgi rimliklarning urush xudosi Mars nomidan olingan.

        4. Aprel - 30 kun. Lotincha aprilis "quyosh bilan isitiladigan" degan ma'noni beruvchi so'zdan olingan.

        5. May - 31 kun. Qadimgi rimliklarning yer xudosi May nomidan olingan.

        6. Iyun - 30 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yunona nomidan olingan.

        7. Iyul - 31 kun. Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar nomidan olingan.

        8. Avgust - 31 kun. Qadimgi rim imperatori Avgust (Yuliy Sezarning nabira jiyani) nomidan olingan.

        9. Sentabr - 30 kun. Lotin tilida yettinchi degan ma'noni beradi. Qadimgi Rimda yil boshi -birinchi oy martdan hisoblangan, Sentabr esa yilning yettinchi oyi bo'lib kelgan.

        10. Oktabr- 31 kun. Lotin tilida sakkizinchi degan ma'noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 8-oyi.

        11. Noyabr - 30 kun. Lotin tilida to'qqizinchi degan ma'noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 9-oyi.

        12. Dekabr - 31 kun. Lotin tilida o'ninchi degan ma'noni beradi.

    Download 0.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling