Qiziltepa tuman 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi "Amaliy fanlar" uslubbirlashmasining 2020-yil 16-martdan 14-maygacha qilingan ishlari bo'yicha hisoboti


Download 26.5 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi26.5 Kb.
#134811
Bog'liq
Hamroyeva


Qiziltepa tuman 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi "Amaliy fanlar" uslubbirlashmasining 2020-yil 16-martdan 14-maygacha qilingan ishlari bo'yicha hisoboti.

Amaliy fanlar uslub birlashmasi 16-martdan boshlab tasviriy san'at, musiqa, texnalogiya fani o'qituvchilari har bir fanlarga doir sinflar kesimida testlar yozdilar.



Texnologiya fani o'qituvchilari barchasi onlayn darslarni kuzatib har xil malumotlarni yig'ib, bilimlarini oshirib bordilar. Tasviriy San'at va musiqa fani o'qituvchilari ham onlayn darslarni kuzatib, 31-martdan boshlab amaliy fan o'qituvchilari onlayn darslarni kuzatib o'quvchilarga topshiriq berib o'quvchilarni baholab bordilar. Amaliy fanlar uslubiy birlashmasi azolari har bitta berilgan onlayn darslarga tezislar ishlab chiqdilar. Tasviriy san'at fani o'qituvchisi Hamroyeva Gulmehra sinflar o'rtasida Covid-19 "Biz zo'ravonlikka qarshimiz", "Uyda qoling", "9-may Xotira va qadirlash kuni"ga atab rasmlar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda o'quvchilar g'olib chiqib faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. "Men san'atni sevaman", "Mening rasmim" yo'nalishida onlayn tanlov o'tkazdilar tanlovda 2-B sinf o'quvchilari g'olib chiqdilar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Texnologiya fani o'qituvchilarimiz Jumayeva Gulbahor, Sohibova Gulshoda, To'rayeva Muhayyo, Yo'ldoshev Davron o'qituvchilarimiz "Mohir qo'llar" tanlovida 5-9 sinflar o'rtasida o'tkazildi. Bu tanlovda 6-B sinf qizlari 1-o'rin, 6-A sinf yigitlari 2-o'rin, 7-8 sinflar qizlari 3-o'rinni egallashdi. G'olib o'quvchilar tanlovda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Musiqa fani o'qituvchimiz Azimova Dilshoda "Muhammad Yusuf tavvallud kuni"ga bag'ishlangan qo'shiqlar tanlovida Sherali Jo'rayev birinchi o'rinni egalladi. Xotira va qadrlash kuniga atab videorolik va qo'shiqlar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 7-B sinf o'quvchisi 1-o'rin Karimova Gulsanam, 2-o'rin Kenjayeva Sabrina, 3-o'rin Jamilov Sattorbek faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Doimiy ravishda amaliy fan o'qituvchilari onlayn darslarni nazorat qilib bormoqdalar.

Amaliy fanlar uslubiy birlashma rahbari:G Hamroyeva.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling