Abdusalimova Gulshoda Mavzu:İV guruh elementlari c misolida


Download 54.81 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi54.81 Kb.
#1586123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalimova G.Anorganik kimyo


Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 201-gurih talabasi Abdusalimova Gulshoda

Mavzu:İV guruh elementlari C misolida

IV A guruh asosiy guruhchasiga 5 ta element kiradi. Uglerod, kremniy, germaniy, qalay va qo‘rg‘oshin bu elementlar uchun eng chetki qavatda 4 tadan elektron bor. Ularning oksidlanish darajasi -4, +2 va +4 bo`lishi mumkin. Qaytaruvchi xossasi atom radiusi ortishi bilan kuchayadi. Oksidlovchi xossasi ugleroddan qo‘rg‘oshinga qarab kamayadi.
Uglerod


Tabiatda tarqalishi. Uglerod keng tarqalgan kimyoviy elementlar jumlasiga kiradi, u ko‘p anorganik va organik moddalar tarkibida bor. Uglerod minerali ko‘proq karbonatiar holida uchraydi: Na2C03 •10Н20 - soda, Na2C03•CaC03 • 2H20 — pireonit. MgC03 — magnezit, MgC03 • CaC03 — dolomit, CaC03 ohaktosh,
marmar, bo‘r, temir shpati — FeC03 • MnC03, ZnC03 - marganes va rux shpati holatida uchraydi. Shuningdek, suvning tarkibida kalsiy va magniy gidrokarbonatlari holatida uchraydi. Organik dunyoda uglerod eng asosiy element hisoblanadi. Uning miqdori hamma kimyoviy elementlar miqdoridan 10 marta ko'p. Bu oqsil, vitaminlar, yog‘, neft, ko‘mir asosida qazilma boyliklar, antratsen, qo‘ng‘ir ko‘mir, slanes va boshqalar. Tabiatda uglerodning ikkita barqaror izotopi ma’lum: 12C (98,892%) va 13C (1,108%). Uglerodning atom massasi 10 dan 16 gacha bo‘lgan radioaktiv izotoplari olingan. Atmosferada neytronlar ta’sirida uglerodning radioaktiv izotopi 6C14 izotopi hosil bo'ladi. O‘simliklar va tirik organizmlar qoldig‘iga qarab topilmalaming yoshi shu izotop miqdoridan aniqlanadi:
714N + 01n = 6I4C + 11H


Fizik xossalari. Uglerod tabiatda grafit va olmos holida uchraydi. Sintetik usulda olingan karbin va polikumulen allotropik shakl o'zgarishlar ham ma’lum.
Olmos. Qattiq rangsiz kristall modda. sp3 gibridlanish tufayli har bir uglerod atomi boshqa to'rtta uglerod atomi bilan sigma bog‘ yordamida bog'langan .Atomi kub kristall panjara hosil qiladi.
Uglerod atomlari orasidagi masofa 0,154 nm.Olmosning qattiqligi sababi har bir uglerod atomi boshqasi bilan ikki elektronli bog‘ hosil qilganidir. Olmosning zichligi 3,5 g/sm3. Olmos va boshqa nodir metallar og‘irligi karatlarda belgilanadi
(1 karat 0,2 g). Hozirgacha topilgan olmoslar ichida eng kattasi Janubiy Afrikada topilgan

Kulinom” olmosi. Uning og`irligi 3020 karat yoki 604 g. Olmos rangli, rangsiz va qora olmoslarga bo'linadi. Olmosdan metallarni teshishda, burg'ilashda, aniq uskunalar tayyorlashda foydalaniladi.



Download 54.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling