Abdusalimova Gulshoda Mavzu:İV guruh elementlari c misolida


Uglerodning tibbiyotdagi ahamiyati


Download 54.81 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi54.81 Kb.
#1586123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalimova G.Anorganik kimyo

Uglerodning tibbiyotdagi ahamiyati. Uglerodning juda ko‘p birikmalar hosil qila olish qobiliyati tufayli turli tuman hayvonot va o'simlik dunyosi mavjuddir. Uglerodning, vodorod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari tirik biologik to‘qimalarning asosini tashkil etadi. Ular tirik tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Kishi tanasi 16 kg ugleroddan iboratdir (70 kg). Havo tarkibidagi uglerodning miqdori 0,03 % dan iborat bo'lib u 10% dan ortsa, inson halok bo`ladi. Kishi zaharlanganda, nafas olish markazi shikastlanganda va
behush holatida bo'lganida karbonat angidridning kislorod bilan aralashmasi(karbogen) ingalatsiya sifatida ishlatiladi. Uglerod (II) oksid — is gazi, kuchli zahar bo'lib, nafas olganda qondagi gemoglobin bilan birikadi va karboksogemoglobin hosil qiladi. Buning natijasida gemoglobinning kislorod tashish xususiyati yo'qoladi. Havoda 1% CO bo'lsa, u o'limga olib keladi.
Sianid kislota ham kuchli zahar bo'lib, uning 0,05 g miqdori insonni o'ldiradi. Uning tuzlari ham zaharlidir. U to'qimaning oksidlovchi fermentlari bilan birikadi, chunki to'qima fermenti tarkibida uch valentli temir bo'lib, u sianid ioni bilan katalitik faol bo'lmagan kompleks birikma hosil qiladi. Bu esa to'qimalaming
o'z navbatida ishdan chiqishiga va zaharlanishiga olib keladi. Sianidlar oz miqdorda ba’zi danaklarning mag'izida ham uchraydi, masalan, achiq bodom, olxo'ri, olcha va shaftoli danaklarining mag'izida bor. NaHC03 bekarbon tabletkasining tarkibiga kirib spazmolitik, og'riq qoldiruvchi va oshqozondagi erkin kislotalarni neytrallash xususiyatiga ega.

Keys topshiriqlari
MUAMMOLI MASALA. Ikki gaz - CO2 va SO2 angidridlar. Moddalarning kimyoviy formulalari o‘xshash: ikkita atom kislorod bir element atomiga bog‘lanadi. Ushbu moddalarda kislorodning massa ulushi bir xil bo‘ladimi? (yo‘q, uglerod oksidida kislorodning miqdori yuqori bo‘lishi kerak, chunki uglerodning nisbiy atom massasi oltingugurtga qaraganda kamroq).
2-topshiriq. “Uglerod (IV)- oksidi ohakli suvdan o‘tganida shaffof eritma olinishi mumkinmi?” O‘quvchilar avvalgi tajribaga asoslanib salbiy javob berishadi va o‘qituvchi kalsiy bikarbonat hosil bo‘lishi bilan namoyish tajribasini namoyish etadi.



Download 54.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling