Abdusalimova Gulshoda Mavzu:İV guruh elementlari c misolida


Download 54.81 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi54.81 Kb.
#1586123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalimova G.Anorganik kimyo

Grafit. Geksagonal tuzilishga ega bo'lgan qora qo'ng'ir modda, u qavatli tuzilishga ega. Bunda uglerod atomlari sp2 gibridlangan. Bunda har bir atom uchta kovalent bog' hosil qiladi. Uglerod atomlari orasidagi masofa 0,142 nm, uglerod atomlari qatlamlari bo'lsa bir-biridan 0,689 nm uzoqlikda joylashgan. Grafitning zichligi 2,1—2,5 g/sm3. Grafit elektrodlar tayyorlashda, yog'lash materiallari tayyorlashda
va yadro reaktorlarida neytronlarni sekinlashtiruvchi modda sifatida keng ko'lamda qo'llaniladi. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan grafitning ma’lum qismi qalamlar tayyorlashga ketadi. Grafitdan 100000 atm bosimda 3000—3500 da sun`iy olmos olinadi. 1000 qizdirilsa, olmos grafitga aylanadi. 1750 bu jarayon
tezlashadi.
Karbin. Uglerodning uchinchi shakl o'zgarishi karbin deyiladi. U chiziqli polimer. Karbinda uglerod atomlari o'zaro uch bog' bilan bog'langan. Karbin yarimo'tkazgich, yorug'lik ta’sir etganda unung o'tkazuvchanligi anchagina oshadi: - C = C - C = C - C = C - C = C -
Xuddi shunga o‘xshash birikma polikumulen ham ma’lum bo'lib, uglerodning yana bir shakl o‘zgarishi ham deyiladi:
=C=C=C=C=C=C=C=C=
Keyinchalik karbin tabiatda borligi aniqlangan. Hozirgi paytda nanotexnologiya usullari yordamida uglerodning chiziqli polimeri grafen olingan. Bu tola hosil qiluvchi polimer. Uning qalinligi soch tolasidan 150000 marta kichik, lekin pishiqligi po‘latdan minglab marta yuqori. Bunday toladan to‘qilgan parda ichidagi narsalar ko‘zga ko‘rinmaydi. Grafenning amaliy ahamiyati nihoyatda kattadir.
Amorf ko‘mir (qurum). Amorf ko‘mirning hamma turi sun’iy usulda olinadi.
Qurum — qattiq, suyuq va gazsimon ko'mir tutgan moddalarni to‘la yonmasligi natijasida hosil boMadi. Qurumdan bo‘yoqlar, tush, kauchukka qo'shiladigan qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.


Pista ko‘mir. Yog‘ochni quruq haydash orqali havosiz joyda olinadi.
Kimyoviy xossalari. Uglerodning hamma allotropik shakl o'zgarishlari kimyoviy jihatdan inert. Masalan, olmos ko‘p kimyoviy reaktivlar bilan ta’sirlashmaydi. Unga yuqori haroratda kuchli oksidlovchilar ta’sir etadi. Masalan, kislorod, zar suvi, nitrat kislota. Bunda olmos C02 gacha oksidlanadi.



Download 54.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling