Mavzu №2 O’zbekiston sanoati sohalarining samaradorligi


Download 147.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi147.67 Kb.
#209794
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu



 

 

MAVZU №2 

O’ZBEKISTON SANOATI SOHALARINING SAMARADORLIGI 

Reja: 


2.1. Neft va gaz tarmog‘i. 

2.2. Elektr energetika tarmog’i. 

2.3.Atom energetikasi tarmog’i. 

 

2.1 Neft va gaz tarmog‘i 

Neft  va  gaz  sanoati,  neft  va  gaz  konlarini  qidirish,  burg‘ulash,  qazib  chiqarish, 

uglevodorodlarni  qayta  ishlash,  neft  maxsulotlarini  ishlab  chiqarish,  neftkimyo  va 

kimyo  uskunalarini  ishlab  chiqarish  va  ist’molchilarni  neft  maxsulotlari  bilan 

ta’minlashgacha bo‘lgan barcha neft va gaz operatsiyalarini qamrab oladi. 

Neft  va  gaz  sanoatida  30  ga  yaqin  ishlab  chiqarish  korxonalari  faoliyat 

ko‘rsatmoqda,  ular,  avtobenzin,  dizel  yoqilg‘isi,  aviakerosin,  har-xil  turdagi  moylar, 

mazut,  bitum,  har-xil  turdagi  polietilen,  tovar  holdagi  tabiiy  va  suyultirilgan  gaz, 

neftkimyo  va  kimyo  uskunalari,  suyultiriligan  gaz  uchun  balonlar  va  boshqa 

mahsulotlar ishlab chiqaradi. 

Hozirgi  vaqtda  neft  va  gaz  sanoatining  investitsiya  siyosati,  avvalo  sohani 

diversifikatsiya  qilish  va  neft  va  gaz  resurslarini  chuqur  qayta  ishlashni  ta’minlash 

uchun yuqori texnologiyalar bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan. 

So‘nggi  5  yil  ichida  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi,  Qandim  gazni  qayta  ishlash 

majmuasi  va  boshqa  bir  qator  sanoat  ob’ektlari  strategik  ob’ektlar  foydalanishga 

topshirildi. 

Ayni  vaqtda  uglevodorodlarni  chuqur  qayta  ishlash  bo‘yicha  yirik  strategik 

loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda. 

Xususan: 

Sintetik  suyuq  yoqilg‘i  ishlab  chiqarish  zavodi  2020-yilda  ishga  tushirilishi 

rejalashtirilmoqda. 



Ushbu  loyiha  ishga  tushirilishi  natijasida  yiliga  3,6  mlrd.  kub  metr  tabiiy  gazni 

qayta ishlash va Evro-5 talablariga javob beradigan 1,5 mln. tonna yuqori sifatli sintetik 

yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi. 

Shu bilan birgalikda, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini 

kengaytirish  bo‘yicha  investitsiya  loyihasini  amalga  oshirishning  yangi  konsepsiyasi 

ishlab chiqildi. Loyihani amalga oshirish bilan zavodning hozirda ishlab turgan quvvati 

125,0 ming tonnadan 500,0 ming tonnagacha, ya’ni 4 baravar ko‘payadi. 

Natijada  neft-kimyo  sanoatini  yanada  rivojlanish  uchun  keng  imkoniyatlar 

yaratadi. 

Undan  tashqari,  Evro-5  Evropa  standartlariga  javob  beradigan  yuqori  sifatli  neft 

maxsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan “Buxoro neftni qayta ishlash zavodini 

modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilgan. 

 


Download 147.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling