Mavzu-2: Sharq qo‘lyozmalari xazinalari. O‘rta Osiyoning IX-XIII asrlar tarixiga oid yozma manbalar. Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalar. O‘rta Osiyoning XVI-XVII asrlar tarixiga oid yozma manbalar. Reja


Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar


Download 322.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi322.47 Kb.
#1631868
1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу пдф манба

Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar.
XI asrning yirik tilshunos olimlaridan biri Maxmud Qoshg„ariydir. Uning «Devoni lugatit 
at-turk » asari turkiy xalqlarning tili, shevalari, shuningdek ularning etnik tarkibini o„rganishda 
muxim manba xisoblanadi. «Lugat»ning tarix fani uchun axamiyati shundaki, unda turkiy 
qabilalar-bijanak, qipchok, ukuz, boshqird, yabogu, tatar, qirg„iz, chigil, yagmo, uyg„ur va 
boshqalarning turar-joylari xamda ijtimoii-siyosiy xayotda tutgan o„rni atroflicha ko„rsatib 
berilgan. Asarda turklarning madaniy-maishiy, iqtisodiy xayotiga doir juda ko„p ma‟lumotlar 
keltiriladi. Jumladan, ayollar va erkaklarning kiyinishlari, ayollarning qanday bezangani, 
xalkning urf odatlari, bolalarning uyinlari to„g„risidagi malumotlarni olish mumkin. Asarda 
turklarning kasbu-kori, taomlari, xar-xil ichimliklar tayyorlash texnologiyasi, tabobatchilikka
doir materiallari xam bor. Xullas. "Devonu lugat at-turk" boy etnografik ma‟lumotlari bilan 
tarixchilarning e‟tiborini o„ziga jalb qiladi. 
Mashxur tarixchi, biograf va sayyox as-Sam‟oniy (XII asr) mashxur Marvlik olimlar 
sulolasiga mansubdir. Sam‟oniyning bizgacha etib kelgan asarlaridan "Kitob al-Ansob" aloxida 
o„rin tutadi. Bu asarda O„rta Osiyoning tarixi, madaniyati va tarixiy geografiyasiga oid muxim 
va qiziqarli faktlar keltiriladi. Kitobda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon 
mamlakatlarda, ko„proq Eron va Movarounnaxrda o„tgan mashxur kishilar to„g„risida 
ma‟lumotlar beriladi. 
O„rta Osiyoning IX-XP asrlardagi siyosiy tarixi va madaniy xayotiga oid manbalardan 
biri Nizomi Aruzi Samarqandiyning "Majma‟ an-navodir" yoki "CHaxor makola" nomli asaridir. 
"CHaxor makola"da muallif oldingi davrlarda o„tgan va o„ziga zamondosh bo„lgan ko„plab 
olimlar, shoirlar va tarixnafislar xaqida baxs yuritiladi. Asarda Firdavsiy, Beruniy, Umar 
Xayyom, Ibn Sino va boshqa mashxur kishilar xaqida ma‟lumot beriladi. 
XI-XV asr yirik qomusiy olimlaridan biri Najmuddin Umar ibn Muxammad an-
Nasafiydir. U Fikx, xadis, tafsir, adabiyot, til, tarix va boshqa soxalarga oid 100 ga yaqin asar 
yozgan. An-Nasafiyning muxim asarlaridan biri "Kitob al-kand fi zikri Ulamoyi Samarqand" 
xisoblanadi. Asarning asl arabcha matni yaqin kunlargacha bizgacha etib kelingan deb 
xisoblanar edi. Asarning qisqartirilgan forscha tarjimasi va taxriri ("Kandiyai-kurd") ma‟lum edi. 
Bir necha yil oldin an-Nasafiy kitobining asl nusxasi topilganligi va Saudiya Arabistonida shu 
erlik vatandoshimiz Nazar Muxammad al-Farobiy tomonidan nashr etilganligi ma‟lum bo„ldi. 
"Kitob al-kand"da o„rta asrlarda Samarqandda yashagan mingdan ortiq diniy va dunyoviy 
olimlar xaqida ma‟lumotlar beriladi. 

Download 322.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling