Mavzu: 2 Tayyorgarlik ishlari: qurilish olib boriladigan joylarni ish boshlashga tayyorlash Reja
Oʻsimlik Oʻsadigan tuproq qatlamini avtogreyderlar (greyderlar)
Download 55.99 Kb.
|
2.1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini buldozerlar bilan olib tashlash.
- Oʻsimlik qatlamini qirqishda buldozer ishining sxemasi. Oʻsimlik qatlamini ketma-ket qirqish sonlar bilan belgilangan.
- Suvni chiqarib yuborish tizimlarini qurish.
Oʻsimlik Oʻsadigan tuproq qatlamini avtogreyderlar (greyderlar)
bilan kesish va buldozer yordamida surish. Автогрейдер тўкилмасини ўрнатиш бурчаклари. - qirqish - koʻlam (zaxvat) - nishablik yoki qirqib kirish - qirqish chuqurligi - qirqish eni Agar oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini hamda uni 50m gacha masofaga surib keltirish lozim boʻlsa, uni notekis va yupqa 10 sm gacha kesish uchun avtogreyder ¬(greyder) dan surish uchun esa, buldozerdan foydalangan maʼqul. Tuproq avtogreyder bilan kesiladi va ish maydonchasi boʻylab uyumlanadi. Butun ish maydonchasidagi tuproq uyumlab boʻlingandan keyin buldozerni uyushma koʻngdalang yurgizib, tuproq ish maydonchasidan tashqariga surib chiqariladi. Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini buldozerlar bilan olib tashlash. Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini buldozer yordamida kesish, surish va uyumlashga doir barcha texnologik jarayonlarni amalga oshirish mumkin. Oʻsimlik oʻsadigan 10 sm dan qalin tuproq qatlamini 50 m gacha masofaga surib keltirishda buldozerdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oʻsimlik qatlamini qirqishda buldozer ishining sxemasi. Oʻsimlik qatlamini ketma-ket qirqish sonlar bilan belgilangan. Joy tekis boʻlganda tuproqni birinchi kesishni ish maydonchasining eng oxiridan boshlab amalga oshirish va tuproqni Oʻsimlik qatlamning sirti boʻylab surish zarur, shunda u mineral tuproq bilan aralashib ketmaydi. Yuza notekis boʻlganda birinchi kesish tuproq uyumlanadigan joy yaqinda bajariladi va keyingi kesishda olingan tuproqni avvalgi kesishlarda hosil qilingan xandaqning tekis yuzasi boʻylab siljitiladi. Suvni chiqarib yuborish tizimlarini qurish. Suvni chiqarib yuborish va zaxni qochirish tizimlari elementlarini, kollektorlardan tashqari, qurish ishlari qoplama qurilishi bilan bir vaqtda QMQ 3.05.04-97 “Tashqi tarmoqlar va inshootlar, suv taʼminoti va kanalizatsiya” talablariga muvofiq bajarilishi kerak. Zaxni qochirish inshootlari (gruntli uchish mintaqasidagi suvni chiqarib yuboruvchi ariqlar, zaxni qochiruvchi va qurituvchi inshootlar, chuqurlikda joylashgan va toʻsiqli (ekranli) ariqlar, yomgʻir suvlarini yigʻuvchi va talveg quduqlar, kollektorlar) tekislash ishlari tugagandan keyin qurilishi lozim. Suv yigʻiladigan zovurlar asosan qoplama ostidagi grunt asosdan keyin qurilishi kerak. Qoplama chetidagi beton novlar novlar qatorini betonlash vaqtida oʻrnatilishi kerak. Qoplama cheti boʻylab grunt novlar qoplamani qurish ishlari tugagandan keyin qurilishi kerak. Aerodromlarda suvni chiqarib yuborish kollektorlarini qurish ishlari, odatda, tuproq ishlaridan oldin amalga oshirilishi va quyidagi texnologik ketma-ketlikda bajarilishi kerak: - xandaqlar qazish va ularning devorlarini mustahkamlash; - quvur va quduqlar uchun asoslar qurish; - kuzatish quduqlarini qurish; - quvurlarni yotqizish va ularning birlashish joylarini bekitish; - quvuroʻtkazgichlarning suv oʻtkazmasligini tekshirish; - quvur yotqizilgan xandaqlarni gruntni zichlagan holda koʻmish; - kallaklarni oʻrnatish. Kuzgi-qishki davrda suvni chiqarib yuborish kollektorlarining tubi (ayniqsa muzlaganda qabaradigan gruntlarda) gruntni qisman qoldirish yoki issiqni saqlovchi materiallar bilan bekitish orqali muzlashdan himoyalanishi kerak. Qoldirilgan grunt qatlami quvurni yotqizish yoki quvur ostiga maxsus asos qurishdan oldin mexanizatsiya yordamida olib tashlanishi lozim. Yer osti suvlari gorizontidan pastda quvurlar uchun xandaqlar, shuningdek quduqlar uchun kotlovanlar qazish ushbu suv sathlari sunʼiy tarzda kamaytirilgandan keyin yoki suvni ochiq chetga chiqazib yuborish usulini qoʻllagan holda bajarilishi kerak. Suvni chetga chiqazib yuborish yoki suv sathini sunʼiy tarzda kamaytirish ishlari butun ishlarni bajarish davrida, shu jumladan xandaqlarni qayta koʻmish chogʻida amalga oshirilishi kerak. Xandaqlar va quduq kotlovanlari ularning chetidan kamida 0,5 m masofada yonbagʻir tomondan, xandaq yoki kotlovandan olingan tuproq bilan marza koʻtarish yoʻli bilan suv bosishidan himoyalanishi kerak. Bunda ularga tutash hudud oldindan tekislanishi kerak. Ortiqcha yuza suvlari mavjud boʻlgan hollarda xandaq va quduq kotlovanlarining chetidan kamida 5 m masofada ularga parallel ravishda suvni tutib qoluvchi yonbagʻir ariqlari qurilishi lozim. Suvni chiqarib yuborish kollektori aerodromni vertikal tekislash loyihasida koʻzda tutilgan koʻtarmadan oʻtkazilayotganda avval balandligi kollektorning yuqori loyihaviy belgisidan kamida 5 sm ortiq boʻlgan koʻtarma qurilishi va zichlanishi, shundan keyin xandaq qazilishi va kollektor oʻtkazilishi kerak. Qoplamalar bilan kesishgan joylarda qiyalik xandaqlar qazish ruxsat etilmaydi. Bunday hollarda vertikal devorlari yuqori qismining kengligi minimal qiymatga ega xandaqlar qazilishi, va devorlar mustahkamlanishi lozim. Suvni chiqarib yuborish kollektori quvurlari yotqizilayotganda tutash birikmalarning pishiqligi va germetikligi, quvurlarning asosda zich yotishi, quvur oʻtkazgichlarning qoʻzgʻatuvchi kuchlarga mustahkamligi va quvur oʻtkazgichning loyihaviy kesimiga rioya qilinishi taʼminlanishi kerak. Quvurlarni yotqizish asos belgilarining loyihaga muvofiqligi tekshirilgandan keyin va asos betonining mustahkamligi loyihaviy koʻrsatkichning kamida 50% ga yetgandan soʻng nishablik boʻylab faqat pastdan yuqoriga amalga oshirilishi lozim. Xandaqlarni koʻmish chogʻida grunt quvurlarning birikkan joylariga shikast yetkazmasdan, ularni qoʻzgʻatmasdan qatlamlar bilan zichlanishi kerak. Qish sharoitlarida xandaqlar quvur yotqizilishi bilan quvur oʻtkazgich ustidan 0,5 m balandlikda (0,15 - 0,2) m qalinlikdagi qatlam-qatlam qilib erigan mahalliy grunt, qoplama uchastkalarida esa qumloq grunt bilan xandaq ning butun chuqurligi boʻyicha har qaysi qatlamni zichlagan holda va bahorgi suv toshqinlaridan himoyalash inshootlarini qurib koʻmilishi kerak. Quvurlar birlashgan joylar suv oʻtkazmasligi boʻyicha dastlabki sinov tugagunga qadar isitilishi lozim. Xandaqlarni koʻmish va gruntni zichlashdan oldin xandaq devorlarini mustahkamlovchi elementlar olib tashlanishi lozim. Vertikal mustahkamlovchi elementlar barcha gorizontal raspor ramalar olib tashlangandan keyin buzib olinishi kerak. Shpunt toʻsiqlar kranlar yordamida olib tashlanishi kerak. Suvni yigʻish inshootlarini qurish ishlari quyidagi tartibda bajarilishi lozim: - zaxni qochirish quvurlari uchun xandaqlar qazish; - asoslarni qurish va ularda zaxni qochirish quvurlarini oʻrnatish; - quvurfiltrlardan tashqari, quvurlarni filtrlovchi material bilan oʻrash; - xandaqlarni zaxni qochiruvchi material bilan koʻmish. Kuzatish va talveg quduqlarni qurish ishlari quyidagi tartibda bajarilishi lozim: - quduqlarning rejadagi joylashishini rejaga olish; - kotlovan qazish (xandaqni kengaytirish); - asosni tayyorlash; - quduqning tubi va pastki qismi devorlarini betonlash yoki yigʻma elementlarini montaj qilish; - quvurlarning elastik tutashuvlarini qurish; - novni qurish; - quduqning yuqori qismi devorlarini betonlash yoki yigʻma elementlarini montaj qilish; - kotlovan (xandaq) larni gruntni zichlagan holda koʻmish. Download 55.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling