Mavzu 3 : Davlat Farmakopeyasi va uning tuzilishi
Manuallar haqida tushuncha
Download 218.91 Kb.
|
Mavzu 3
3.Manuallar haqida tushuncha.
Davlat Farmakopcyasining X nashri dori moddalarga taalluqli 707 ta xususiy modda va 31 ta umumiy moddaga ega. Gu Farmakopeyaga IX DFdagi 235 ta modda kiritilmay qoldirildi va yangidan 219 ta xususiy va 4 ta umumiy maqolalar kiritildi. Bundan tashqari, vcterinariyada qo’llaniladigan vaksina va zardoblarga tegishli 28 ta maqola ham X DFga kiritilmadi. X DF turli terapcvtik xususiyatlarga ega bolgan yangi sintetik preparatlar: antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar va boshqa guruh doridarmonlar bilan boyitildi. DAVLAT FARMAKOPEYASI - DORl SIFATI ME'YORI Davlat Farmakopeyasi (DF) dorivor moddalar sifatini belgilovchi majburiy umumdavlat standartlari va ko'rsatmalarining yig'indisini o‘z ichiga oladi. DF dori va dorivor moddalarga aloqasi boMgan hamma tashkilotlar uchun qonuniy xarakterga cga. DFning ko‘rsatmalari barcha tibbiyot muassasalari uchun majburiydir. Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va bcrishda DF asosiy qo‘llanma hisoblanadi. X va XI DFning chiqarilishi, ilg'or fan va texnikaning yangi dorivor moddalarini topish, xomashyolarni, dori moddalari va dorilarni o'rganish, sintez qilish, ularni tayyorlash usullarini takomillashtirish, ularga bo’lgan talabni oshirish, preparatlarni nazorat qilishda yangi usullarning ishlab chiqarilishi yo'lida olib borilgan ishlarning yorqin samarasidir MANUALLAR Manual (lotincha Manulae – qo’llanma) farmakopeyaga kiritilmagan har xil dorilar va tibbiyotda qo’llaniladigan boshqa moddalarni o‘z ichiga oladi. Manuallarda, bundan tashqari, ko‘pincha dorilarni tayyorlash va qo’llanish usullari ham qisqacha bayon etiladi. Manuallar farmatsiya muassasalari va ayrim mutaxassislar tomonidan tuzilgan bo’lib, yarim rasmiy xarakterga ega. Rossiyada Ulug‘ Oktabr Sotsialistik revolutsiyasiga qadar manuallar bir necha marta bosilib chiqqan. Revolutsiyadan keyin esa, Sog’liqni saqlash vazirligi qoshida tashkil qilingan alohida manual komissiyasi tomonidan 1949-yilda 1-farmatsevtika manuali nashr etilgan. Manualga ko'p qollaniladigan, shifokorlar tajribasi orqali sinchiklab tekshirilib, maqsadga muvofiq deb topilgan va arzon, ko'p uchraydigan hamda asosan o‘z mamlakatimizda ishlab chiqariladigan dori-darmonlar kiritiladi Ittifoqimizda manualga nisbatan TU (texnik shartlar), VTU (vaqtincha texnik shartlar), MRTU (respublikalararo texnik shartlar) maqsadga muvofiq, deb topildi. Bulardagi ko'rsatmalar offitsinal bo'lmagan dorivor moddalar va mahsulotlarining sifatini hamda ishlab chiqarish texnologiyasini, reglamentini bclgilashga qaratilgandir. Texnik shartlar Farmokopeya komiteti yoki SogMiqni saqlash vazirligi va Tibbiyot sanoati vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Farmakopeya va manuallardan tashqari, farmatsiyaga oid bir qancha adabiyotlar - spravochniklar, informatsion xatlar va farmatsevtik jurnallar nashr etiladi. Download 218.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling