Mavzu 3 Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya jarayonlari. Reja


Download 90.5 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1231984
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bozor muvozanati va uni ta\'minlash modellari

Qisqacha xulosalar
Globallashuv jarayoniga qo‘shilish - bu dunyoning etakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo‘lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o‘zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning kuchayishi va boshqa bir qator omillar ham xosdir.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni, salmog‘i mazkur davlatdagi investitsion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko‘p jixatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi.
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy investorlarni jalb etgan holda jahon bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi. Kioto Protokoli - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli Konvensiyasiga 1997 yil 11 dekabrda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1999 yil 20 avgustda ratifikatsiya qilingan va 2005 yil 16 fevraldan boshlab kuchga kirgan, parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o‘zaro bog‘liq tadbirlar va ishlar kompleksidir.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o‘rinlardan birini egallar ekan, u o‘z navbatida jahon xo‘jaligi rivojiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini o‘sish sur’atlarida o‘z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o‘tadi. Xalqaro investitsiyalar ko‘pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital etishmasligi muammosini hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi.



Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling