1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishsizlik muammosini hal etish yo‘llari
Download 111.5 Kb.
|
Ishsizlikning vujudga kelishi va uni bartaraf etish yo‘llari
Ishsizlikning vujudga kelishi va uni bartaraf etish yo‘llari Reja:
1.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishsizlik muammosini hal etish yo‘llari. 2.Ishsizlik darajasi va davomiyligi. 3.O‘zbekistonda ishsizlik muammosining ayrim xususiyatlari. 4.Aholini ishsizlikdan himoya qilish borasida davlat tadbirlari Tayanch iboralar O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuni; ish bilan ta’minlanganlar; iqtisodiy faol aholi; iqtisodiy nofaol aholi; ishsizlar; yollanma xodimlar; yakka tartibda ishlaydiganlar; ish beruvchilar; oilaviy korxonalarning xaq to‘lanmaydigan xodimlari; mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan kishilar; ish bilan ta’minlash; turlari: to‘liq; oqilona; erkin; ish bilan ta’minlashni tartibga solish; ishsizlarni mehnatga jalb qilish; passiv ta’sir ko‘rsatish; faol ta’sir ko‘rsatish; bandlik jamg‘armasi; harajatlari; ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatish; qayta tayyorlash; jamoat ishlariga sarflanadigan mablag‘lar; bandlikka ko‘maklashish markazlari; ishsizlik; turlari: tabiiy; majburiy; tarkibiy; friktsion; davriy; yashirincha; ishsizlik tarkibi; shartlari; A. Ouken qonuni; davlat tadbirlari; qayta kasbga o‘rgatish; ta’lim berish tizimi; axborotlar tarqatish; investitsiyalar; mehnat bozori; tartibga solish. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishsizlik muammosi jamiyatning eng markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Zero, yuqori darajadagi ishsizlik birligidan, resurslardan to‘liq foydalanilmayotganligini va aholi daromadlarining pastligini ko‘rsatadi. Bu esa ijtimoiy sohada, oilaviy munosabatlarda vaziyatning keskinlashuvi va jamiyat miqyosida norozilikning ko‘payishiga olib keladi. Ish joyidan ayrilish ko‘p kishilar uchun oilaviy turmush darajasi yomonlashishining, shaxsiy hayot notinchligini bildirib, odamga jiddiy ruhiy ta’sir ko‘rsatadi. Ishsizlik shunday hodisaki, unda ishchi kuchi iqtisodiy faol aholining bir qismi sifatida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda band bo‘lmaydi. Ishsizlar bandlar bilan bir qatorda mamlakat ishchi kuchini tashkil qiladi. Amaliyotdagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga bo‘lgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biror bir qonuniy daromad manbaiga ega bo‘lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko‘ra ishlab chiqishadi. Xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda – ishga ega bo‘lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo‘shimcha shartlar talab qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun bir vaqtning o‘zida quyidagi to‘rtta shart mavjud bo‘lishi lozim. Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo‘lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi (fuqaroning jinsidan qat’i nazar) «Mehnat kodeksi»ning 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, «Mehnat kodeksi»ning ushbu moddasiga muvofiq tegishli shartlarga rioya etilgan holda 15 yoki 14 yoshga to‘lgan yoshlarni ham ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilsada, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ular ishsiz shaxs deb e’tirof etilishlari mumkin emas. Ikinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmasligi lozim. Qonun hujjatlariga muvofiq ish bilan band bo‘lgan shaxslar toifasiga mulkchilik shakllaridan qat’i nazar har qanday korxonalarda, shu jumladan, respublikamiz hududida va xorijdagi xalqaro tashkilotlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotganlar: betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar: o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va boshqalar (mazkur Qonunning 2-moddasiga va unga berilgan sharhlarga qarang) kiradi. Uchinchi shart — fuqaro ishlashga tayyor bo‘lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro‘yxatdan o‘tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. Homilador ayollar, agarda ularning homiladordik davri yigirma sakkiz haftadan oshmagan bo‘lsa, ular mehnatga qobiliyatli deb hisoblanadilar va homiladorlikning bu davrida ular ishsiz shaxs deb e’tirof etilishlari kerak. To‘rtinchi shart — fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim (mazkur modda sharhlarining 3-paragrafiga qarang). Zarur hujjatlarni taqdim etmagan fuqaro mehnat organiga maslahat so‘rab murojat etgan deb hisoblanadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to‘liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida qizg‘in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridandir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchisini sub’ektiv yo‘nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo‘ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o‘zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun etarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan o‘tib, yangi bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar orttira oladi. Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o‘zi hal etishida yordam beradi xolos. Buning ustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi sharoitida ro‘y beradi, bu esa ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Bularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari uchun yangidir. Ushbu sharoitda ular yaxshi tayyorlangan bo‘lishlari, mehnat bozorida o‘zlarini qanday tutishni, o‘zlarining qanday huquqlari, yangi sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o‘zini qanday tetishi lozimligini, ishga qay yo‘sinda yollanish, qay tarzda ish izlash kerakligi va hokazolarni bilishlari zarur bo‘lib qolmoqda. Aholiga shu tarzda ta’lim berish ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazining bosh vazifasi bo‘lib qolishi kerak. Bu hozirgi paytda milliy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlarning taxminan 2/3 qismi xodimlar sifatida qayta qurish davridan oldingi paytlarda shakllanganligi bilan ahamiyatlidir. Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi faoliyati aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasidagi muhim yo‘nalishdir. Davlat iste’mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo‘ladigan talabni rag‘batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini va ushbu tarmog‘da yangi ish o‘rinlari ochilishini rag‘batlantirilishi lozim. Prezidentimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobida bayon etilgan yo‘l-yo‘riqlar va Inqirozga qarshi choralar dasturi mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yanada oshirish, yurtimizning xalqaro maydondagi salohiyati va obro‘-e’tiborini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Asarda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda islohotlarning mashhur besh tamoyilga asoslangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli asosida amalga oshirilayotgani yurtimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi. Dasturda aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish va turmush darajasini yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Umuman, mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab bu masalalarga doimiy ravishda ustuvor vazifalar sifatida qarab kelinayotir. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jahon mehnat bozoriga ham juda kuchli ta’sir ko‘rsatayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizda bu borada barqarorlik saqlanayotgani, yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani buning amaliy natijasidir. Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan ta’minlash, turmush darajasini oshirishga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barcha bosqichlarida alohida e’tibor berilgani va bu yo‘nalishdagi vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilganligi yurtimizda ishsizlik muammosini hal etishda va uning darajasi oshib ketishining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling