Talabalar muammoli vaziyatni yuzaga keltirgan amallardagi xatolikni izlaydilar


Download 39 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi39 Kb.
#1233052
Bog'liq
Paradoks


Paradoks (qadimgi yunoncha: παράδοξος — „kutilmagan“, „gʻalati“) — koʻpchilik tomonidan qabul etilgan anʼanaviy fikr, tajribaga oʻz mazmuni yoki shakli bilan keskin zid boʻlgan, kutilmagan mulohaza, muhokama. Har qanday paradoks „shubhasiz toʻgʻri“ (asoslimi, asossizmi, bundan qatʼiy nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek koʻrinadi. „paradoks“ terminining oʻzi ham dastlab antik falsafada har qanday gʻalati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan.
Mantiqda paradokslar formal mantik, qoidalariga rioya qilib fikr yuritishda baʼzan yuzaga keladi. Mantiqda paradokslarni haqiqatdan chekinish, deb bilish oʻrinlidir. Shuning uchun antinomiya, aporiya, ziddiyat paradoksning sinonimlari deb hisoblash mumkin. Paradoks bir-birini istisno qiluvchi ikki fikrni bab-baravar isbot qilish mumkinligini bildiradi. Mantiqiy paradokslar, odatda, mantiqiy asoslari toʻla aniqlanmagan na-zariyalarda uchraydi.
Ilmiy muhokamada paradoks paydo boʻlishining asosiy sababi inson bilish jarayonining murakkab dialektik harakterga egaligi va bunda shakl va mazmunning oʻzaro ziddiyatli munosabatda boʻlishidadir. Paradokslarni bartaraf etishning universal yoʻli yoʻq. Mantiq va matematikada ayrim paradokslarni bartaraf qilish usullari ishlab chiqilgan.
Pedagog ma’ruzani olib borish jarayonida talabalarning qarama-qarshilikka (tushunchalardagi, bilimlardagi) duch kelishlarini ta’minlaydi. Bunday vaziyat asosan talabaning tushunchalaridagi adashishlar va xatoliklar bilan bog’liq. Demak, bu muammoli vaziyat talabalarning oldingi fikr, tushunchalari va xulosalariga qarama-qarshi, paradoksal bo’lgan vaziyatdir.
Talabalar muammoli vaziyatni yuzaga keltirgan amallardagi xatolikni izlaydilar (lekin amallarda xatolik yo’q).
Ijodiy fikrlay oladigan talaba amallarning bajarilishi jarayoni emas, balki mazkur amalning o’zi xato ekanligini aniqlay oladi (bunday talaba topilmasa, o’qituvchining o’zi buni oshkor qilishiga to’g’ri keladi).
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling