Mavzu: 3-nazorat ishi. Insho va tahlil. Ravshan timsoliga tavsif. Darsning maqsadi


Download 37 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi37 Kb.
#1563188
Bog'liq
7-sinf 2-chorak.3-nazorat ishi 1-soat


Sana: ____ ___________
7-sinf adabiyot
Mavzu: 3-nazorat ishi. Insho va tahlil. Ravshan timsoliga tavsif.
Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad-o’quvchilarning “Ravshan” dostoni yuzasidan olgan bilimlarini sinash va baholash;

  2. tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarni ajdodlar ruhiga hurmat, buyuk ma’naviy merosimizga e’tibor bilan qarash va ularni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash;

  1. rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarning mustaqil fikrlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish.

Dars turi: nazorat
Darsning rejasi:

  1. Darsni tashkil etish;

  2. Insho mavzusi yuzasidan suhbat;

  3. Inshoga reja tuzdirish;

  4. Inshoni yozdirish;

Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman.
Darsni tashkil etib bo’lgach, uyga vazifani so’rab abholayman. Uy vazifasi tahlilidan so’ng o’quvchilarni yangi mavzuga yo’naltirish maqsadida quyidagi savollar yordamida suhbat o’tkazaman. Bu o’quvchilarning o’tilgan mavzuni esga olishlari va o’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlashga yordam beradi:


  1. Ravshan timsoli sizda qanday taassurot qoldirdi?

  2. “Ravshan” dostonidan qanday ibrat oldingiz?

  3. “Ravshan” dostonida ifodalangan milliy qadriyatlar haqida gapiring.

  4. “Ravshan” dostonining bugungi yoshlarni tarbiyalashdagi ahamyati haqida fikringizni bildiring.

  5. Zulxumor qanday qiz, u sizda qanday taassurot qoldirdi?

Savol-javob yakunlangach, o’quvchilarni javobiga ko’ra baholayman.
Suhbat yakunlangach, o’quvchilarning javoblarini umumlashtiraman. Shundan so’ng insho mavzusiga reja tuzdiraman. Insho uchun quyidagi rejani tavsiya etaman:

Mavzu: Ravshan timsoliga tavsif.


Reja:

  1. Ravshan – haqiqiy o’zbek yigiti obrazi.

  2. Ravshandagi insoniy fazilatlar.

  3. Ravshanning bugungi yoshlar uchun ibratli tomonlari.

  4. Ravshandek ajdodlarga mos avlod bo’lish uchun bugungi yoshlar qanday bo’lishi kerak?

Reja tuzilib bo’lingach, inshoni yozdiraman. Keying darsda insho tahlilini o’tkazaman.
Uyga vazifa: takrorlash.

Ko’rib chiqildi,


foydalanishga ruhsat: __________
(imzo)
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling