Мавзу-3 Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi
Qizilo‘ngach kuyishlarining klinika va diagnostikasi
Download 20.86 Kb.
|
4. Мавзу 3.Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi
Qizilo‘ngach kuyishlarining klinika va diagnostikasi. Qizilo‘ngach kuyishining birinchi simptomlari o‘tkir og‘riq va yallig‘lanish jarayoni bilan xarakterlanadi. Bolalar o‘ta notinch, tana harorati ko‘tariladi, kuchli so‘lak oqishi va disfagiya (yutishning buzilishi) kuzatiladi. Uchuvchi moddalar yoki issiq suyuqliklar aspiratsiyalarda kuyishda hiqildoq shishishi sababli qo‘zg‘aluvchi nafasning o‘tkir yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Stridoroz (Pishillab) nafas olish va aralash turdagi nafas qisishi namoyon bo‘ladi. O‘tkir davrning eng ko‘p uchraydigan keskinlashuvi aspiratsion pnevmoniya, kamroq holatlarda aspiratsion bronxolit hisoblanadi.
Qizilo‘ngachning og‘ir kuyishi bo‘lgan bolalarda birinchi hafta oxirida holat birmuncha yaxshilanadi. Disfagiya (yutishdagi og‘riq) va so‘lak ajralishi kamayadi, bolalar isitmalamaydi, bo‘tqa va suyuq ovqatni yuta oladilar. Agar qizilo‘ngachning yengil va o‘rta kuyish darajalarida klinik yaxshilanishi qizilo‘ngachning normal tuzilishi tiklanishi bilan kuzatilsa, qizilo‘ngach jarohati og‘ir va noto‘g‘ri davolanganda, bunday yaxshilanish «yolg‘ondakam yaxshilanish davri» deyilib, qisqa muddatli bo‘ladi. 5–6 haftadan so‘ng bolada qizilo‘ngachning chandiqli torayishi rivojlanishi tufayli kelib chiqadigan qizilo‘ngachli qusish ko‘rinishida, disfagiya (yutishdagi buzilish) alomatlari paydo bo‘ladi. Jarayon suyuq ovqat va so‘lakni yutish qiyinlashishigacha yomonlashadi, degidrotatsiya va darmonsizlik tez rivojlanadi. To‘yingan oltingugurt va azot kislotalari bilan og‘ir kuyishlarda, odatda, «yolg‘ondakam yaxshilanish davri» bo‘lmaydi, bu qizilo‘ngach devorining barcha qatlamlari chuqur zararlanganligi, ularning og‘ir yallig‘lanishi va mediastenit bilan bog‘liq. Bolalar uzoq vaqt isitmalashadi, disfagiya saqlanadi. Faqatgina klinik tasvir va anamnezga qarab kuyish darajasini aniqlash mumkin emas. Hatto og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq kuyish alomatlari bo‘lmaganida ham qizilo‘ngach kuyishini inkor yetib bo‘lmaydi. Qizilo‘ngach kuyish tashsixini aniqlashga faqatgina kuydiradigan moddalar qabul qilgani shubha qilinayotgan barcha bemorlarga ko‘rsatilgan fibroezofagoskopiya (FEGDS) yordam berishi mumkin. O‘tkir kuyishlarda FEGDS bajarish muddati masalasi bahsliligicha qolmoqda. Ayrim mualliflar FEGDSni kuyish og‘irligiga qaramasdan, jarohatdan so‘ng 5–7 kun keyin o‘tkazishni tavsiya etishadi, bu I, II va III kuyish darajalarini differensiya (farq)lash va ehtimoli bo‘lgan jarohat xavfini qisqartirish imkonini beradi. Boshqalar klinik simptomlarga qarab ish ko‘rish kerak, deb hisoblashadi. Shunday qilib, kuyishning yengil va o‘rta darajalarida FEGDS jarohatdan so‘ng birinchi sutkalarda bajarilishi, og‘ir darajada esa – 5–6 kundan erta bo‘lmagan vaqtda o‘tkazilishi mumdakin. Biroq, ma’lumki, kuyishdan so‘ng birinchi hafta oxirida II va III darajalarni differensiya (farq)lash qiyin. Odatda, qo‘pol fibroz yara va kuyishning III darajasiga xos bo‘lgan granulyatsiyalar (etli o‘simtalar) bo‘lishi bilan yarali sirtlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan 3-hafta so‘ngidagi takroriy FEGDSda qizilo‘ngachning zararlanish og‘irligini aniq farqlash mumkin. Bu tadqiqot qizilo‘ngachning profilaktik erta bujlanishiga ko‘rsatmalarni aniqlash, og‘ir va davomli strikturalarning (torayish)ga oldini olish imkonini beradi. Download 20.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling