Мавзу-3 Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi


Download 20.86 Kb.
bet2/6
Sana23.03.2023
Hajmi20.86 Kb.
#1288707
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Мавзу 3.Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi

Ezofagoskopiya. Bu tadbirni oldingi bo‘limlarda ta’riflangan (laringoskopiya va bronxoskopiya) o‘sha tarkib guruhi va o‘sha sharoitlarda umumiy narkoz ostida o‘tkazishadi. Ham yot jismga, ham endoskopga tiqilib qolish bilan bog‘liq obstruksiyaning oldini olish uchun itubatsiya (trubka kiritish) zarur. Bronxoskopiyadagi kabi umumiy anesteziya tadbirni, diqqat bilan, shoshilmasdan, juda xavfsiz ham bemor, ham jarroh uchun qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Bemorni narkozga kiritgandan va uni operatsiya stoliga immobilizatsiyasi (mustahkamlangan)dan so‘ng bo‘yinni ko‘krakka egiltirishadi, boshni esa tortishadi. Stolning bosh tomonini tushirishadi yoki olib tashlashadi. Bemorning (relakslangan) (zaiflashgan) og‘zini ochib, tishlarni chap qo‘lda himoya qilgan holda, jarroh juda noziklik bilan qizilo‘ngachga yo‘l ochish uchun hiqildoqni avaylab oldinga ko‘tarib, til ildizi ustida ezofagoskopni boshqaradi. Endoskop uchi bilan nozik harakatlar uni qizilo‘ngachning bo‘yin bo‘limiga kiritish imkonini beradi. Keyingi tadqiqot va harakatlar yot jism shakliga va holatiga bog‘liq. Bronxoskopiyadagi kabi teleskopik endoskop aniq, yorqin, kattalashtirilgan tasvirni ta’minlaydi va bevosita ko‘z nazorati ostida boshqarish imkonini bergan holda, oddiy endoskop oldida shubhasiz ustunliklarga ega.
Qizilo‘ngachning yot jismlari, odatda, miqdori bo‘yicha aspiratsiyalan (yutib yuboril)gan jismlardan oshadi, bu mos keluvchi o‘lchamlardagi endoskopni tanlashni talab qiladi. Qo‘l ostida doim turli qisqich va nay to‘plamlari bo‘lishi kerak. Agar teleskop o‘lchamlari bo‘yicha katta uskunani kiritilishiga to‘sqinlik qilsa, u olib tashlanadi. Shunda tadbirni yoritish uchun proksimal (to‘g‘ridan to‘g‘ri) joylashtirilgan yorug‘lik manbayidan foydalangan holda, ochiq trubka orqali amalga oshirishadi.
Ayrim o‘tkir jismlar (masalan, ochiq to‘g‘nog‘ich) olib tashlanayotganda, devorchaga sanchilish mumkin, shuning uchun ularni ohista oshqozonga surish ma’qulroq. Eshitish apparati, kompyuter, fotoqurilma va fonarlarning yutilgan batareykalari, ularning ehtimoli bo‘lgan korroziya ta’sir bo‘yicha alohida muammoni o‘zida namoyon etadi. Ular teshilish, mediastinit va hatto traxeoqizilo‘ngach teshik ochgunga qadar zudlik bilan olib tashlanishi kerak. Silliq sirtli og‘ir jismlarni, masalan, bolalar o‘yinidagi shariklarni ushlash juda qiyin bo‘ladi. Bunday holatlarda uskunalar uchun mo‘ljallangan teleskopik endoskopning biopsiya kanali orqali yot jismdan o‘tgan holda undan distalroq (uzoqroqda) Fogerti kateterini kiritishadi. Ballonchani ozgina shishirishadi va kateterni yot jism bilan birga olib tashlashadi. Asoratlar, birinchi navbatda, yot jism keltirib chaqirgan yoki uni olib tashlashga urinishlarda hosil bo‘lgan qizilo‘ngach teshilishi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Download 20.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling