Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering


Download 26.56 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi26.56 Kb.
#232262
  1   2   3   4
Bog'liq
advakatura


kazus

6. Zangiota tumani hokimligiga, fuqarolik ishida fuqaro K.Umarjonovning huquq va manfaatlarini himoya qilayotgan advokat N.Shakirovdan uy-joy qurish uchun yer ajratishga oid nizo yuzasidan soʻrov kelib tushdi. Soʻrovda advokat ish boʻyicha javobgar fuqaro Toshevga yer ajratilishi huquqiy asoslari va zarur hujjatlardan nusxalarni taqdim etishni soʻragandi.

Advokat soʻrovi bilan bir vaqtning oʻzida hokimlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning fuqaro Toshevga yer ajratilishiga oid maʼlumotni taqdim etish yuzasidan soʻrov xati kelib tushdi. Hokimlik yuristkonsulti advokatning soʻrovini rad etib, javob xatida mazkur maʼlumotlar va hujjatlar faqatgina tergov va sud organlari talabi asosida berilishini maʼlum qildi. Biroq, Ombudsman soʻroviga hokimlikning yuristkonsulti rad javobini bermasdan, soʻralgan barcha maʼlumot va hujjatlarni toʻliq taqdim etdi.

Hokimlik tomonidan fuqaro Toshevga Ombudsman soʻrovi bilan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar asosida, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish yuzasidan Toshev foydasiga qaror chiqardi hamda tuman hokimining Yakubovga uy-joy qurish uchun yer ajratilishi toʻgʻrisidagi qarorini qonuniy deb tan oldi. Shu bilan birga, advokatning hokimlik mansabdor shaxslari xatti-harakatlarini noqonuniy deb topish haqidagi iltimosnomasi sudya tomonidan eʼtiborsiz qoldirildi. Advokat N.Shakirov yuqori turuvchi sud instansiyasiga apellyatsiya shikoyatini yozdi hamda shikoyatida yuqoridagi nizo boʻyicha huquqiy normalar buzilganligini, shuningdek hokimlik yuristkonsulti va sudya yuridik oliygohda birga tahsil olganligini bildirib oʻtdi.




Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling