Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering


Download 26.56 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi26.56 Kb.
#232262
1   2   3   4
Bog'liq
advakatura

6-modda. Advokatning huquqlari

Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga egadir:

tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirig‘iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;

tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni o‘tkazish va ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida yoki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim bo‘lgan dalillarni to‘plash va taqdim etish;

yuridik yordam ko‘rsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan so‘ralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishi shart bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;

yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan so‘rash va olish;

ishga taalluqli axborotdan xabardor bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;

to‘plangan materiallarni o‘z ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;

advokat yuridik yordam ko‘rsatayotgan ishdagi zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborotni oshkor qilmaslik;

ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik ta’minlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz xoli uchrashish;

mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;

o‘zining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini sug‘urta qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni bajarish.

Advokat yordamchiga va stajorga ega bo‘lishi mumkin.

Demak yuqorida keltirib o’tilgan asoslar orqali advokat yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim orqali ishonch bildirgan shaxning manffatlarini sudda himoya qiladi.

Ikkinchi savolga javob berib o’tamiz. “Advokatura to’g’risida”gi qonundan advokat soroviga to’xtalib o’tilgan. Ushbu qonunning 71-moddasida shunday deyilgan: Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni taqdim etish masalalari yuzasidan advokat so‘rovini yuborishga haqli.

Axborot shuningdek ularning ko‘chirma nusxalari advokat so‘rovi olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi.

Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa, ular o‘zlariga murojaat etgan advokatga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart.

Agar advokatlik so‘rovini olgan subyekt so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa yoki ma’lumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir mavjud bo‘lsa, shuningdek advokat so‘rovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) ko‘rsatilmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.

Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bizga berilgan kazusga ko’ra advokat Shakirov Umarjonovning manfaatlarini himoya qilish uchun advokat so’rovini jo’natgan. Yuqorida advokatlik so’rovini hokimlik yuristkonsulti asossiz rad etilganligini ko’rishimiz mumkin. Buning uchun Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 1971-moddasida javobgarlik belgilan. Unga ko’ra:

Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid bo‘lgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish —


eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Demak yuqoridagi holat bo’yicha yuristkonsult so’rovga javob berishi lozim edi. U so’rovni asossiz rad etgan. Unga nisbatan MJTKning 1971-modda bo’yicha javibgarlikka tortamiz.

Uchinchi savolga javob beradigan bo‘lsak, bu yerda advokat N.Shakirov yuqori turuvchi sud instansiyasiga apellatsiya shikoyati yozadi. Bu shikoyatga asos qilib uning iltimosnomasini e’tiborsiz qoldirgan sudya hokimlik yuristkonsulti bilan birga oliygohda tahsil olganligini bildirib o‘tgan. Advokatning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 383-moddasiga binoan, yuqori turuvchi sud instansiyasiga yozgan apellatsiya shikoyati yozadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 20-bobi 21-moddasidan kelib chiqib, advokat N.Shakirov uning himoyasida bo‘lga fuqaro K.Umarjonovning ishi bo‘yicha tayinlangan sudyani rad qilish mumkin.

kazus

7. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati, Zangiota tumani sudiga ikkinchi muddatga sudyalik lavozimiga tayinlangan Azizov, faoliyatining uchinchi yili sogʻligi yomonlashgani va oilaviy sharoiti tufayli, oʻz ixtiyoriga koʻra sudyalik lavozimidan ozod etildi. Tibbiy muolajalar natijasida Azizovning sogʻligi tiklanib, u oʻzining yuridik sohadagi faoliyatini advokat sifatida davom ettirishga qaror qildi. Shunga koʻra, Azizov tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, Toshkent viloyati advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga taqdim etdi.

Biroq, imtixon natijalariga koʻra, Azizov malaka imtixonini topshira olmaganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan nomzod Azizov Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qilib, oʻzining mehnat faoliyati davomida bir necha marta manfaatlari toʻqnashgan advokat Kamilov Advokatlar palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining raisi ekanligi, Kamilovning unga nisbatan ichki gʻarazi borligi, ushbu adovat uning malaka imtixoni natijasiga salbiy taʼsir koʻrsatgan boʻlishi mumkinligini, imtixon natijalarini bekor qilib, uning advokatlik maqomini olishda amaliy yordam berishni soʻragan.


Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling