Mavzu: 3-sinf o’quvchilarining imlo qoidalarini o’rgatishda tarqatma materiallardan foydalanish usullari mundarija: Kirish I bob boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish mavzusini o`rganishning nazriy


Download 91.04 Kb.
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi91.04 Kb.
#1647858
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 SINF O’QUVCHILARINING IMLO QOIDALARINI O’RGATISHDA TARQATMA MATERIALLARDAN


MAVZU: 3-SINF O’QUVCHILARINING IMLO QOIDALARINI O’RGATISHDA TARQATMA MATERIALLARDAN FOYDALANISH USULLARI
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………..
I BOB BOSHLANG'ICH SINFLARDA GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA QIZIQARLI O'YINLARDAN FOYDALANISH MAVZUSINI O`RGANISHNING NAZRIY ASOSLARI………..................................................
1.1. Gramatik va imlo darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish metodikasi…….
1.2 Qiziqarli o’yinlarni o’tkazish usullari...................................................................
II BOB ONA TILI DARSLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR TAHLILI....................................................................................................................
2.1. Didaktik o’yinlardan foydalanish..........................................................................
2.2. Gramatika va imlo darslarida zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish..................................................................................................................
XULOSA....................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................................


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning mustaqillika yuz tutishi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish kerakligini taqazo etadi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviy belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi ... deb aytgan gaplari ma’naviy turmush tarzini o’zgartirishda xalqmiz uchun dasturulamal bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Taraqqiyotning omili ma’naviyatli xalq, ma’naviyatli millat, ma’naviyatli shaxs, ma’naviy yetuk inson qo’lida bo’lishi lozi mligi bugungi hayot tarsi va uning rivoji ko’rsatib turibdi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish bosh g’oyamiz hisoblanib, bu g’oyani ma’naviy yetuk, barkamol insonlargina amalga oshiradi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasini ma’vaviy jihatdan rivojlantirish amal ga oshirilayotgan hozirgi sharoitda sodir bo’layotgan tub islohatlarni bozor iqtisodiyotiga o’tish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi
Mustaqillik sharofati bilan ta’lim tizimida katta o’z ganishlar sodir bo’ldi Ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida jumladan boshlang’ich sinflarda o’quv tarbiya ja rayonini samarali tashkil etish dars turlaridan unumli foydalanish yangicha pedagogik va axborat texnologiyalari o’qitishning interfaol usullarini o’zlashtirish va amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan bo’lib turibdi.
Muhtaram yurtboshimiz O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yillik bayram tantanalarida o’zbek tili haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: O’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir .
“Milliy o’quv dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullari dars turlari ulardan samarali foydalanish oila va maktab hamkorligi muomm olari ustida bir qancha kurs ishchilar ish olib bormoqdalar. Sharq xalqlari taraqqiyotida yoshlarga bilim berish, ularni halol mehnat qilishga da’vat qilish, turli davralarda yashagan donishmandlarni asarlarda va boshqa turli manbalarda keng bayon etilgan. Al Xorazmiy , Al Farg’oniy, Al Marg’iloniy, Abu Nosir Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ko’plab donishmand mutafakkirlar asarlarida ham yoshlarning odobi, ahloqi hamda bilim va ko’nikmalarini shakllantirish to’g’risida qimmatli fikr- muloxazalar bildirilgan.
Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o’z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o’ynaydi. Shu tufayli darsga bo’lgan talab ham o’sib boradi. Darsga qo’yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda o’rganiladigan bilimlar mazmuni o’zbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ta’lim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bo’lishi zarur. Ta’limda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashg’ulotlarining samaradorligiga putur etkaziladi. O’quvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy ta’sir qiladi. Ona tili darslarida o’qitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashg’ulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qo’sha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar to’plash, to’plangan dalillarni taqqoslash yo’llarini o’rgatish o’qituvchining asosiy vazifasidir.

Download 91.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling