Mavzu 37-dars. Boshqarish tugmasi, Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash, Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish, Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog‘lash


Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 168.91 Kb.
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi168.91 Kb.
#260974
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-39 dars

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1. Delphi komponentalar panellarida nimalar joylashgan?

2. Delphi ilova oynasi qanday vazifa bajaradi?

3. Delphi ilovalari Pascaldagi dasturlardan nimasi bilan farq qiladi?

4. Turbo Pascal da standart funksiya va protsedura qatnashgan ikkita

dastur tuzing.

5. Turbo Pascal da yangi funksiya va protsedura qatnashgan ikkita

dastur tuzing.



  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

1. Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash. Oldingi darsdagi

birinchi ilovamiz hech qanday vazifani bajarmaydi. Endi bu kamchilikni

bartaraf qilamiz.



Yangi ilova yaratamiz va uning o‘lchamlarini 225 ga 400 qilib o‘rnatamiz. Sarlavhasini esa ikkinchi dastur deb o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga boshqarish obyekti: boshqarish tugmasini o‘rnatamiz.

2. Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining

xossalari bo‘lgani kabi unga joylangan boshqarish tugmasining ham o‘z

xossalari bor. Ularni ham o‘zgartirish mumkin. Bu ikki obyektning ko‘pgina xossalari bir xil vazifani bajarishi bu ishni ancha osonlashtiradi. Dastlab boshqarish tugmasi: Button1ni uning ustida sichqonchaning chap tugmasini keltirib tanlab olamiz. Obyektlar dispetcheri (Object TreeView) da Button1 ajralib turadi va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida Button1 obyektining xossalari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda dastlab Caption xossasida tugmaning sarlavhasini ‘++’ ga o‘zgartiramiz.




3. Boshqarish tugmasiga

hodisalarni bog‘lash. Button1 tugmasi ilovada biron bir vazifani bajarishi

kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga

kattalashtirsin.

Bajarish. Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan

boshlanadi. Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. uning kursor

turgan joyiga

Form1.Width:=Form1.Width+16;

Form1.Height:=Form1.Height+9;

satrlarni kiritamiz. F9 tugmasini bosib, ilovani ishga tushiramiz va uning

to‘g‘ri ishlashini tekshirib ko‘ramiz.



  1. Download 168.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling