Mavzu 4: Arxivlovchi dasturlar. Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari to’g’risida umumiy tushunchalar. Reja


Download 180.07 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi180.07 Kb.
#1554017
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 4 Arxivlovchi dasturlar. Kompyuter viruslari va antivirus

Zararlanadigan obektlar
Ko’pchilik viruslar bajariluvchi .COM va .EXE kengaytmali fayllarni ishdan chiqaradi. Bunday viruslar fayl viruslari deb yuritiladi. Zararlangan bajariluvchi fayllardagi virus ular ishga tushirilganda ishlay boshlaydi.
Boshqa xil viruslar diskning yuklovchi qismiga yoki fayllar joylashish jadvaliga yoziladi. Bunday viruslar boot yoki yuklovchi viruslar deyiladi. OTning konfigurasiya fayli CONFIG.SYS yoki DEVICE qurilma dasturlariga, IO.SYS va MSDOS.SYS fiyllariga yoziladigan viruslar sitstemaviy viruslar deyiladi. Bu viruslar kompyuter ishga tushirilganda tezkor xotiraga rezident dastur sifatida yoziladi va ishlay boshlaydi.
Keyingi vaqtlargacha matnli fayllarni zararlovchi viruslar paydo bo’ldi. Bu viruslar Word yoki boshqa muharrirlarda yaratilgan matn fayllarini zaralaydi.


Viruslarning namoyon bo’lishi va ulardan saqlanish
Virusdan zararlangan faylni ishga tushirganda boshqarish virus dasturiga uzatiladi va virus o’z zarali ishini bajaradi. Kompyuterda virus paydo bo’lganda quyidagi holatlar kuzatiladi:

  • Ekranning o’chib yonishi;

  • Ekranga ko’zda tutilmagan ma’lumotlarning chiqarilishi;

  • Ekrandan harflarni tushib ketish yoki harakatlanishi effekti, ayrim hollarda musiqa bilan;

  • Файлlarning o’lchami, yozilgan sanasi va vaqtining o’zgarishi;

  • Kompyuterning ishdan to’xtab qolishi;

  • Ayrim dasturlarning 13 sanaga mos kelgan juma kunlari o’chib ketishi;

  • Dasturlarning avariya holatida yakunlanishi;

  • Ma’lumotlarning qiman yoki butunlay o’chib ketishi;

  • Kompyuter ishining sekinlashishi;

  • Klaviatura yoki sichqonchaning ishlamay qolishi va shunga o’xshash kutilmagan holatlar;

Kompyuter viruslaridan saqlanish uchun quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilish lozim:



  • Boshqa kompyuterda ishlangan disklarni antivirus dasturida teksherish;

  • Kompyuter tarmog’idan olingan fayllarni antivirus dasturida teksherish;

  • Diskdagi himoyani zarur bo’lmagan ochmaslik;

  • O’yin yoki boshqa dasturlarni faqat lisenziyalangan disklardan o’rnatish;

  • Antivirus dasturlarini va ularning ma’lumotlar bazasini doimo yangilab borish;

  • Kompyuterda virus borligi ma’lum bo’lganda o’ylanmagan harakatlar qilmaslik. Kompyuterni o’chirish, OTning etalon diskidan kompyuterni ishlatish va shundan keyin antivirus dasturida tekshirish;

  • Jo’natuvchisi noma’lum bo’lgan Internet tizimi orqali olingan xatlarni ochmaslik;

  • Antivirus laboratoriyalari, Microsoft firmasidan kelgan xatlar yoki fayllarni ochmaslik, chunki bu tashkilotlar fayllar jo’natish bilan shug’ullanmaydi.

  • Mazmuni va mavzusi bo’sh bulgan xatlarni ochmaslik;

Download 180.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling