Mavzu 4: Arxivlovchi dasturlar. Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari to’g’risida umumiy tushunchalar. Reja


Viruslarning namoyon bo’lishi va ulardan saqlanish


Download 180.17 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi180.17 Kb.
#243457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Viruslarning namoyon bo’lishi va ulardan saqlanish

Virusdan zararlangan faylni ishga tushirganda boshqarish virus dasturiga uzatiladi va virus o’z zarali ishini bajaradi. Kompyuterda virus paydo bo’lganda quyidagi holatlar kuzatiladi:



  • Ekranning o’chib yonishi;

  • Ekranga ko’zda tutilmagan ma’lumotlarning chiqarilishi;

  • Ekrandan harflarni tushib ketish yoki harakatlanishi effekti, ayrim hollarda musiqa bilan;

  • Файлlarning o’lchami, yozilgan sanasi va vaqtining o’zgarishi;

  • Kompyuterning ishdan to’xtab qolishi;

  • Ayrim dasturlarning 13 sanaga mos kelgan juma kunlari o’chib ketishi;

  • Dasturlarning avariya holatida yakunlanishi;

  • Ma’lumotlarning qiman yoki butunlay o’chib ketishi;

  • Kompyuter ishining sekinlashishi;

  • Klaviatura yoki sichqonchaning ishlamay qolishi va shunga o’xshash kutilmagan holatlar;

Kompyuter viruslaridan saqlanish uchun quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilish lozim:



  • Boshqa kompyuterda ishlangan disklarni antivirus dasturida teksherish;

  • Kompyuter tarmog’idan olingan fayllarni antivirus dasturida teksherish;

  • Diskdagi himoyani zarur bo’lmagan ochmaslik;

  • O’yin yoki boshqa dasturlarni faqat lisenziyalangan disklardan o’rnatish;

  • Antivirus dasturlarini va ularning ma’lumotlar bazasini doimo yangilab borish;

  • Kompyuterda virus borligi ma’lum bo’lganda o’ylanmagan harakatlar qilmaslik. Kompyuterni o’chirish, OTning etalon diskidan kompyuterni ishlatish va shundan keyin antivirus dasturida tekshirish;

  • Jo’natuvchisi noma’lum bo’lgan Internet tizimi orqali olingan xatlarni ochmaslik;

  • Antivirus laboratoriyalari, Microsoft firmasidan kelgan xatlar yoki fayllarni ochmaslik, chunki bu tashkilotlar fayllar jo’natish bilan shug’ullanmaydi.

  • Mazmuni va mavzusi bo’sh bulgan xatlarni ochmaslik;

Download 180.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling