Mavzu 4: Arxivlovchi dasturlar. Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari to’g’risida umumiy tushunchalar. Reja


Download 180.17 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi180.17 Kb.
#243457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Kompyuter viruslari tarixi


Kompyuter virusi – maxsus yozilgan, kichik hajmdagi dastur bo’lib, o’z nusxasini kompyuter dasturlariga yozadi va o’z navbatida bu nusxalar ko’payish xususiyatiga ega. Kompyuter virusining o’z nusxasini boshqa dasturga yozishi zararlanish, virus yozilgan dastur esa zararlangan deb yuritiladi. Virus boshqa dasturga o’z dastur kodini joylashtirdi va kompyuterni virusning ko’rsatmalarini bajartiradi. Buning natijasida dasturlar ishlamasligi, diskdagi ma’lumotlar o’chib ketishi, oprerasion tizim ishlamasligi mumkin. Kompyuter viruslarini aniqlovchi va zararsizlantiruvchi dasturlar antivirus dasturlari deb yuritiladi.

Viruslar 1960 yillarda katta EHMlarda paydo bo’ldi. AQShning tadqiqot markazlarining birida foydalanuvchining buyrug’isiz o’z ishini bajaruvchi dasturlar aniqlandi. Ular EHMning ishini sekinlashtirgan, lekin ma’lumotlarga zarar etkazmagan va ko’paymagan. 1970 yillarda haqiqiy viruslar paydo bo’ldi. Bu viruslar o’z nogmiga ega bo’lib, ko’payish va ma’lumotlarga zarar etkazish xususiyatiga ega edi. 1980 yillarga kelib 100 yaqin viruslar paydo bo’ldi. ShEHMlarning paydo bo’lishi bilan esa viruslar soni 1000 dan oshib ketdi.

«Kompyuter virusi» terminini dastlab 1984 yilda AQShning Lexay universiteti xodimi Axborot xavfsizligi konferensiyasida qo’llagan. Dastlabki kompyuter viruslari sodda bo’lib *.com yoki *.exe kengaytmali fayllarga nusxalangan va ekranga rasmlar yoki hazil yozuvlar chiqargan. Keyinchalik viruslar o’z kodini yashiriish xususiyatiga ega bo’la boshladi va ularni maxsus dasturlar yordamida aniqlab bo’lmadi. Bunday viruslar «ko’rinmas» deb nomlandi. Keyinchalik viruslar o’z dastur kodini doimo o’zgartirib tura boshladi va bunday viruslar polimorf deb nomlandi.

Hozirgi kunda 30 mingdan ortiq viruslar mavjud bo’lib uning ko’payishiga Internet tarmog’ining hissasi kata..




Download 180.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling