Mavzu №4. Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar. Yer: joylashishi va undan ko‘p maqsadli foydalanish


Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro tajribalar


Download 48.55 Kb.
bet6/10
Sana08.11.2023
Hajmi48.55 Kb.
#1756767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Qattiq s-azkurs.org

7.4. Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro tajribalar
Jahondagi ayrim davlatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun bir gektar maydonga sarflanayotgan suv miqdori tahlillari ko‘rsatishicha, Isroilning uslubi ustunligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, AQShning Kaliforniya shtatida 12-14 ming m3, Hindistonda 19-22 ming m3, Pokistonda 18-20 ming m3, Turkiyada 14-20 ming m3, Xitoyda 15-17 ming m3, Turkmanistonda 15-19 ming m3, Qozog‘istonda 25-35 ming m3, Rossiyaning sug‘oriladigan Krasnodar o‘lkasida 20-25 ming m3, Isroilda (tomchilatib sug‘orish bilan) 6 ming m3 atrofida, O‘zbekistonda esa 11-12 ming m3 ni (brutto) tashkil qiladi, netto suv sarfi esa ancha kam.
Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida suv resurslaridan foydalanish va ularni samarali boshqarish masalasi eng dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Masalan, Ispaniyada keyingi yillarda qurg‘oqchilik sababli kelib chiqayotgan qator muammolar natijasida avvalroq vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatni yaxshilash dasturlari, daryolarni bir-biriga oqizish tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lsa, yaqin yillardagi yog‘ingarchiliklar va suv toshqinlari tufayli uzoq kelajakka mo‘ljallangan kuchli davlat tadbirlari ustida ish olib borilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan Fransiyada esa keyingi yillarda mamlakat hududidan oqib o‘tadigan ko‘pgina daryolarning suv resurslarini nazorat qiluvchi politsiya tashkil etilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish muammolari bilan AQSh Melioratsiya byurosi shug‘ullanadi. Bu yerda suv resurslarini taqsimlash va foydalanish, bu yo‘nalishda olib boriladigan barcha ish turlarini markazlashtirish va qat’iy nazorat ostida kerakli natijalarga erishish, bu orqali davlat boshqaruvi darajasida suv yetkazib beruvchi va suvni iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi unosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish muammolari ko‘rilmoqda.
8.1. Yer ajratish iqtisodiyoti
Inson hayotining paydo bo‘lishi, insonning kundalik iste’molidagi noz-u ne’matlarning yaratilishi, ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarining shakllanishi, inson hayotining davomiyligini ta’minlashda yer qobig‘i hisoblangan litosfera qatlamining alohida o‘rni va ahamiyati mavjud. Shu jihatdan yer va yer resurslarini muhofaza qilish hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrash barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Litosfera deb, yerning qattiq qobig‘iga aytiladi. Bu qobiqning yuzasi o‘zining o‘ta notekisligi bilan ajralib turadi. Litosferaning eng past va eng yuqori qismigacha bo‘lgan farq 19870 m ni tashkil qiladi. Litosfera yuzasining katta qismi okean va dengizlar bilan qoplangan. Uning quyi chegarasi (qalinligi) taxminan 40 km dan 100 km gacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi.
Materiklar hajmi Yu.M.Shatalskiy hisob-kitobiga ko‘ra, (okeanlar sathiga nisbatan hisoblanganda) okeanlar hajmidan 12,7 marta kichik. Litosferaning kimyoviy tarkibi to‘g‘risida xulosa chiqarishda uning 16-25 km chuqur qismiga olingan ma’lumotlarga asoslaniladi. Uning chuqur qismidan namunalar olish va tadqiq etishning hozircha imkoniyati yo‘q. Undan chuqur qismida harorat 1450 oC va tog‘ jinslari bosim 3000 atmosferadan kam emas.
Yer po‘stlog‘i litosferaning eng ustki qobig‘i bo‘lib, uning qalinligi okeanlar tubida 5-7 km ni, quruqlikda esa 50-70 km ni tashkil qiladi. Yer po‘stlog‘ini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari o‘zlarining hosil bo‘lishiga ko‘ra 3 ta katta guruhga bo‘linadi:
a) magmatik yoki magma ta’sirida hosil bo‘lgan jinslar;
b) cho‘kindili magmatik va boshqa jinslarni bir joydan ikkinchi joyga borib yig‘ilishidan hosil bo‘lgan jinslar;
d) metamorfik magmatik va cho‘kindi jinslarning yuqori harorat va yuqori bosim ta’siri ostida qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan jinslar.
Litosferaning quyi qobiqlari ham o‘z navbatida quyidan yuqoriga qarab bazaltli, granitli va cho‘kindi jinslarga bo‘linib, bular Yer tarixida biridan ikkinchisini hosil qilib boradi. Litosfera ba’zan plita deb ham ataladi, u atmosfera yuzasi bo‘ylab gorizontal yo‘nalishda harakat qilib siljib turadi. Natijada ular bir-biridan uzilib qolishi yoki bir-birlari ustiga chiqib ketishi hollari ham uchraydi. Bir-biridan uzoqlashgan plitalar tagida turtib chiqib, okean oralig‘i tog‘larini hosil qiladi. Litosfera ichiga kirib borgan sari haroratning o‘zgarishi ham turlicha.
Agrosanoat majmuyi tarmoqlarida, xususan, qishloq xo‘jaligi faoliyatida unumdor yerlarni saqlab qolish va ulardan unumli foydalanish katta ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz agrar tarmog‘ida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yerdan to‘g‘ri va unumli foydalanish chora-tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarni ekologik va agrokimyo, agrotexnika holatini yaxshilash va sug‘orish ishlarini yaxshilash uchun sug‘orish tizimini takomillashtirish, o‘simlikshunoslikda iqlim, yer holatini hisobga olgan holda va yuqori hosildorlikni ta’minlash uchun yerni qayta ishlash, yer holatini saqlash va yer hosildorligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay, respublikada an’anaviy yerning hosildorligi kamayishi va umumiy ekologik holatining yomonlashuvi saqlanmoqda, ba’zi hududlarda quyidagi salbiy jarayonlar kuzatilmoqda:
– hosildor yerlarning kamayishi, ularning qishloq xo‘jaligiga yaroqligi holati yomonligi va xo‘jalikdan yana foydalanish;
– sho‘r va inqirozga uchragan yerlarning ko‘payishi;
– haydalgan va haydaladigan yer qatlamlarining zichlanishi va qotib qolishi;
– haydalgan yerlarda chirindi va oziqlanish elementlarining muvozanati va salbiy holati oshib borishidir.
Ko‘rsatilgan salbiy jarayonlar qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning kamayishiga, yerning kimyoviy, suv-fizik, fizik kimyoviy holati buzilib, hosildorlikning kamayishiga olib kelmoqda. Natijada tabiat tizimining ekologik barqarorligi va ko‘rsatilgan jarayonlar rivoji keskin kamayadi. Yerning tanazzuliga asosiy sabab, iqlim omillari va insonlar faoliyati ta’sirida yer yuzi xarobazorga aylanib, inqirozga uchramoqda.
Respublikamizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20473,5 ming ga ni yoki respublika umumiy yer maydonining 46,10 %ini tashkil etadi, shundan sug‘oriladigan yerlar maydoni – 4212,2 ming ga.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning 11123,7 ming gektarini pichanzor va yaylovlar tashkil qiladi, shundan 42,6 ming gektari – sug‘oriladigan yaylovlar.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44410,3 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4312,4 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra 8 toifaga bo‘linadi (13-jadval).

Download 48.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling