Mavzu: 5-6 sinflarda matematika o’qitishning maqsadi, vazifasi va mazmuni. Shu sinflarda matematika o’qitishning metodik xususiyatlari. 7-9 sinflarda algebra va


Download 343.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.09.2023
Hajmi343.54 Kb.
#1683981
Bog'liq
1-seminar



1-seminar 
Mavzu: 5-6 sinflarda matematika o’qitishning maqsadi, vazifasi va mazmuni. Shu 
sinflarda matematika o’qitishning metodik xususiyatlari. 7-9 sinflarda algebra va 
geometriya o’qitishning maqsadi, vazifasi va mazmuni. Shu sinflarda algebra 
kursini o’qitishning metodik xususiyatlari. 
Matematikaga umumiy o’rta ta'lim maktabining o’quv predmeti sifatida 
tavsifnoma berish. 
Matematika ham boshqa fanlar singari o’zlo’qsiz rivojlanishda. Uning 
rivojlanishi ikkita sababga asoslanadi: 1) hayotiy ehtiyojlar 2) matematika 
taraqqiyotining ichki ehtiyojlari. Matematikani zo’r berib rivojlanishi texnika, 
ekonomika, ishlab chiqarishni boshqarish, boshqa fanlar, shu jumladan 
pedagogika va matematika metodikasi taraqqiyotiga katta ta'sir ko’rsatadi. Oldingi 
avlodlar tomonidan to’plangan tajribalar va bilimlarning turli xil predmetlari 
majmuasi sifatida yosh avlodga etkazilishi kishilik jamiyati taraqqiyotiga xos 
buyo’q xususiyatdir. 
Bu esa matematik bilimlar va tajribalarga ham taalluqlidir. 
Bunda mavjud bilimlar va tajribalarning aniq bir qismi tanlab olinib maktabda 
o’rganiladi. Qaysikim, bu bilimlar yosh avlodda matematika fani va uning 
tadbiqlari haqida tasavvur hosil qilish hamda ularda matematik fikr yuritishni 
rivojlantirish imkonini berishi kerak. 
Matematika predmetining mazmunini vaqti-vaqti bilan o’zgarib borishi 
tushunarli. Bu o’zgarish quyidagi sabablar bilan bog’langan bo’ladi. 
1. Jamiyat taraqqiyoti va uning texnik iqtisodiy ehtiyojlariga bog’liq ravishda 
ta'limning maqsadi kengayadi va maktabda yosh avlodni tayyorlashga yangi 
talablar paydo bo’ladi. Jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarish nafaqat matematika 
mazmunini aniqlashga shuning bilan birgalikda o’quv dasturida belgilab qo’yilgan 
matematik bilim kunikma va malakalarni egallash darajasiga ham katta ta'sir 
ko’rsatadi.
2. Matematika fanining o’zi o’zlo’qsiz rivojlanib uning ichidan yangi muhim 
sohalar, fanlar vujudga kelmoqdaki, ular bilan maktab matematika kursi 
mazmunini boyitmasdan, shuning bilan birgalikda o’zining ilmiy ahamiyatini va 
amaliy qiymatini yo’qotgan mavzular va boblarni chiqarib tashlamasdan 
bo’lmaydi.


3. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida o’quvchilarning umumiy rivojlanishini 
kuchaytirish tendentsiyasi, bolalar va usmirlarning potentsial bilish 
imkoniyatlarini aniqlash, o’quv predmeti mazmunini o’quv yillari bo’yicha yanada 
ertaroq, tezroq o’rganish imkoniyatlarini aniqlab beradi. 
4. Pedagogika fanlari, matematika metodikasining rivojlanishi, maktablarda 
ommaviy tarzda o’qitishning samaradorligini va hammabopligini oshiradi hamda 
matematika ta'lim sistemasini yangicha takomillashtirishga imkon beradi. 
Hozirgi vaqtda matematikaning o’quv dasturi o’rta umumiy ta'lim maktablarida 
matematikani o’rganishni quyidagi tartibda qaraydi. 
Matematikaning boshlang’ich kursi (I-IV-sinflar), matematika (V-VI-sinflar), 
algebra (VII-IX-sinflar), algebra va analiz asoslari (IX-XI- sinflar). 
Biroq maktab matematika kursining bunday bo’lishini shartlidir. Masalan, IV-
VI-sinflarning matematika kursida arifmetika va algebra asoslari o’rganiladi, oddiy 
geometrik tushunchalar va yasashlar qaraladi. Geometiryaning sistematik kursi 
VII-IX(XI) sinflarda o’rganiladi.
Matematika o’quv predmetining «algebra va analiz asoslari» bo’limi o’ziga 
quyidagilarni qamrab oladi: 
1. arifmetikani (sonlar haqidagi bilimlar); 
2. algebrani (ayniy shakl almashtirishlarni, tenglamalar va tengsizliklar va 
boshqalar); 
3. matematika analizni (funktsiya, funktsiyaning limitini va boshqalar);
4. analitik geometriyani (koordinatalar metodini va boshqalar).
Shunday qilib «Algebra va analiz asoslari» o’quv predmeti matematikani turli 
xil masalalari majmuasidan iborat ekan. Matematika echishdagi boshqa 
predmetlar haqida ham shunday deyish mumkin- boshlang’ich sinflar (I-IV) uchun 
matematika, VI- IX(XI) sinflar uchun algebra va geometriya, X-XI sinflar uchun 
algebra va analiz asoslari. 
Maktab matematika kursida matematika fani turli bo’limlarining bunday 
bog’lanishi, birlashtirilishi quyidagi talablar asosida tushuntiriladi: 


1. Hozirgi zamon formalarining asoslari o’quv predmetlarida etarlicha to’liq 
o’z aksini topgan va o’quvchilarning kuchiga mos formalarda berilgan bo’lishi 
kerak; 
2. O’quv predmetiga kiritilgan fan turli bo’limlari orasida o’zaro aloqadorlik 
bo’lishi kerak. Bu aloqadorlik o’sha bo’limlarni sistematik o’rganishni ta'minlaydi. 
3. Matematika o’qitish metodikasi fani maqsad va vazifalari. 
«Metodika»- grekcha so’zdan olingan bo’lib, «metod»-yo’l demakdir. 
Matematika metodikasi (matematika didaktikasi yoki pedagogika ham deb 
yuritiladi)- pedagogikaning bo’limi bo’lib, matematika o’qitish qono’nlarini tadqiq 
qiladi. 
Matematika o’qitish metodikasi – o’qitish predmeti va turli yoshdagi 
o’quvchilar guruhini matematikadan o’qitish jarayoni qoidalari sifatidagi 
matematika to’g’risidagi fandir. U o’zining izlanishlarida va xulosalarida 
filosofiyaga, 
pedagogikaga, 
psixologiya, 
matematika 
va 
matematika 
o’qituvchilarining umumlashgan amaliy tajribalariga tayanadi.
O’qitishning umumiy maqsadlariga mos holda matematika o’qitish metodikasi 
fani oldida quyidagi asosiy masalalar turadi: 
1. O’rta maktabning o’quv predmeti bo’lmish matematikani o’rganishning 
muayyan maqsadlari va mazmunini aniqlash. 
2. O’qitishning
qo’yilgan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan 
ratsional metodlari va tashkil etish formalarini ishlab chiqish. 
3. O’qitishning zaruriy jihozlarini qarash va o’qituvchining amaliyotida ularni 
qo’llashi bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish. 
Matematika o’qitish metodikasi o’qitish bilan bog’liq bo’lgan uchta savolga 
javob berishi kerak: 
1. matematikani o’qitish nima uchun kerak? 
2. matematikadan nimalar o’rganiladi? 
3. matematika qanday o’qitiladi? 
Matematika o’qitish metodikasi birinchi marta Shveytsariyalik pedagog G. 
Pestolostsining (1746-1827) 1803 yilda nashr qilingan «Sonlar haqidagi 


ko’rgazmali ta'lim» nomli ishida vujudga kelgan. Shunday qilib, matematika 
o’qitish metodikasi XIX asr boshlarida ilmiy fan sifatida paydo bo’lgan. 
Pedagogika institutlarida o’qitiladigan «Matematika o’qitish metodikasi» o’quv 
predmetini ikki qismga ajratish mumkin: 
1. matematika o’qitishning umumiy metodikasi (masalan, o’qitish metodlarini 
o’rganish) 
2. matematika o’qitishning xususiy metodikasi (masalan, maktab matematika 
kursida funktsiyani o’rganish).
Shuningdek, matematikaning propedevtik (tayyorgarlik) va sistematik (asosiy) 
kurslarini o’qitish metodikalari ham farqlanadi. «Matematika o’qitish metodikasi» 
o’quv predmetlarining asosiy mazmunini, matematika qanday o’qitiladi?- degan 
savolga javoblar tashkil qiladi. 
Matematikadan nimalar o’rganiladi? –degan savolga javoblar maktab 
matematika kursi mazmunida, dasturlarda va darsliklarda o’z aksini topgan. 
Dasturlar va yangi o’quv darsliklarining tahlillari har bir sinfning har bir darsligi 
uchun chiqariladigan, o’quvchilar uchun qo’llanmalarda keltiriladi. 
4. Umumiy o’rta ta'lim maktablarida matematika o’qitishning maqsadlari va 
vazifalari.
Maktabda matematika o’qitishning asosiy maqsadlari: 
Umumta'limiy, amaliy va tarbiyaviy, bu maqsadlar o’rtasida ma'lum farqlar 
bo’lsada, aslida bir-biri bilan yaqindan bog’langandir. 
1. matematika o’qitishning umumta'lim maqsadlari o’qituvchilardan 
quyidagilarni talab qiladi:
1) o’quvchilarga matematik bilim, kunikma va malakalarning aniq sestimasini 
berish va etkazishni; 
2) ob'ektiv reallikni bilishning matematik modellarini egallab olishda o’quvchilarga 
yordam berish; 
3) o’quvchilarga og’zaki va yozma matematik nutqni, uning barcha sifatlari (sodda 
tushunarli, to’liq va boshqalar) bilan birgalikda o’rgatish; 


4) o’quvchilarda o’zlarida mavjud bilim va kunikmalar, o’qish va mustaqil 
o’rganish jarayonidagi aktiv ilmiy faoliyatiga kerak bo’ladigan matematik 
ma'lumotlar minimumlarini egallab olishlarida yordam berish. 
2. O’rta maktabda matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadlari 
quyidagilardan iboratdir:
1) o’quvchilarda ma'naviy –ma'rifiy do’nyoqarashni tarbiyalash; 
2) o’quvchilarda matematikani o’rganishga mustahkam qiziqishni tarbiyalash; 
3) o’quvchilarni ahloqiy va estetik tarbiyalash; 
4) o’quvchilarda matematik tafakko’rni rivojlantirish, ularda matematik 
madaniyatni tarbiyalash; 
3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadlariga quyidagilarni shakllantirishni 
kiritish mumkin: 
1) olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni echishga, boshqa o’quv 
predmetlarini o’rganishga qo’llash kunikmalarini shakllantirish; 
2) matematik instrument va asboblardan foydalanish kunikmasini shakllantirish; 
3) bilimlarni mustaqil egallash kunikmalarini shakllantirish. 
Boshqa predmetlar kabi matematika o’qitishning maqsadlari ham jamiyatning 
maktab oldiga qo’yadigan talablariga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. 
5. Umumiy o’rta ta'lim maktablarida matematik ta'limning vazifalari 
quyidagilardan iborat: son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning 
inson tajribasidagi o’rnini ko’rsatish; hisoblashning amaliy kunikmalarini va 
hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik amallarni bajarish kunikmalarini 
shakllantirish va ularni matematika va boshqa sohadagi masalalarni echishda 
qo’llash; elementar funktsiyalarning xossalari, grafiklarini o’rganish va ularni 
tabiatdagi mavjud mo’nosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda 
foydalanish; planimetriyaning usullari va asosiy ma'lumotlarini o’zlashtirish; 
o’rganilayotgan tushuncha va metodlar hayotda va tabiatda ro’y berayotgan 
hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to’g’risida tasavvurlarni 
shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o’rganishda bu xossalarni amaliyot 
masalalarini echishga tadbiq qilish kunikmalarini shakllantirish.


Umumiy o’rta ta'lim maktablarining 5-9 sinflari uchun matematikadan davlat 
ta'lim standartlari (ta'lim taraqqiyoti 4-maxsus son-T.Shark, 1999y.): 
matematikadan ta'lim mazmunining majburiy hajmini; o’quvchilarning yosh 
xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan o’quv 
yo’qlamasining yuqori miqdoridagi hajmini; asosiy yo’nalishlar bo’yicha 
o’quvchilarning bilim, kunikma va malakalariga quyiladigan talablar va ularni 
baholash me’yorlarini belgilaydi.
Yosh avlodga hozirgi zamon fani yangiliklarini, uning murakkab qirralarini 
o’rgatish bilan bir qatorda o’tmish merosimizni o’rganishga imkoniyat tugdirilishi 
lozim 
Maktab matematika kursining asosiy mazmuni o’quvchilar tomonidan 
egallanishi kerak bo’lgan bilim kunikma va malakalarning hajmi matematika o’quv 
dasturida o’z aksini topgan bo’ladi. 
Maktabning asosiy maqsadi o’quv dasturiga muvofiq kelish printsipiga 
asoslanadi, o’quvchilar I-IV-sinflarda (umumiy o’rta ta'lim maktabi) oladigan 
tayyorgarlikda o’zviylikni taminlaydi. 
Maktab o’quv dasturi o’zgarib tursada maktab matematika ta'limining 
dasturda qaralgan asosiy yadrosi o’zgarmasdan qolaveradi. 
Hozirgi zamon maktab matematikasining «yadro» sini quyidagilar tashkil etadi: 
1. son va hisoblashlar 
2. matematik ifodalarni ayniy shakl almashtirish 
3. tenglamalar va tengsizliklar 
4. funktsiyalar va grafiklar 
5. geometrik figuralar va kattaliklar 
Bu yadroga kirgan har bir bo’limning maktabga kirib kelishi va rivojlanish tarixi 
mavjud. 
6. Matematika va qo’shni fanlar, ular orasidagi bog’lanish. 
O’quvchilarga ko’pgina fanlarni o’rganishda matematika bilimlaridan 
foydalanishga to’g’ri keladi. Ayniqsa, fizikani, astranomiyani, chizmachilikni, kimyo 
va hokazo fanlarni o’rganishda matematika ko’p ishlatiladi. 


Matematika fani bilan bog’lanish ikki yo’l bilan amalga oshirilishi kerak: 1) 
matematika sistemasining butunligini buzmagan holda qo’shni fanlarning 
dasturlarini moslashtirish yo’li bilan va 2) boshqa fanlarda matematika 
qono’nlarining formulalarini, teoremalarini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan 
materiallarni matematika kursida foydalanish yo’li bilan.
Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish 
masalasi ancha muvaffaqiyatli hal qilingan. 
Matematika o’qitishda boshqa fanlarning materiallaridan foydalanish masalasini 
dasturda ko’rsatish qiyin, buni o’qituvchining o’zi amalga oshirishi, ya'ni o’quv 
materialini rejalashtirishda va darsga tayyorlanish vaqtida e'tiborga olish kerak. 
Masalan, tenglamalarni o’rganish davrida fizik miqdorlar orasidagi bog’lanishlarni 
aks ettiradigan tenglamalarni, masalan issiqlik balansi tenglamasi, issiqlikdan 
chiziqli kengayish tenglamasi va shunga o’xshash
funktsiyalarni o’rganishni fizika 
va ximiyadagi kogorent bog’lanishlarni tekshirishdan boshlash foydali. Dasturning 
foiz, proportsiya va boshqa tushunchalarini o’rganishda ximiya va fizika 
masalalaridan foydalanish ma’qul (aralashmalar, quymalar, eritmalar va shunga 
o’xshashlar), masalan: 1) 20% li eritma hosil qilish uchun eritiladigan moddadan 
240 g suvga qancha solish kerak? 2) 5% li 400g eritmani qaynatib 200g gacha 
keltirildi. Endi eritmaning o’tkirligi qancha bo’ldi?
Jumladan, qo’shni fanlarga doir materialdan matematikadan o’tilganlarni 
takrorlash vaqtida zo’r muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin. Masalan, to’g’ri 
proportsionallikni takrorlash vaqtida fizika materialidan foydalanish mumkin: 
tyokis harakat vaqtida yo’lning o’zgarishi vaqtning o’zgarishiga to’g’ri 
proportsional; og’irlikning o’zgarishi hajmning o’zgarishiga to’g’ri proportsional va 
hokazolar.
Matematika boshqa predmetlar bilan o’zviy aloqada bo’lishi bilan birga ichki 
aloqalarga ham ega, ya'ni geometriya va algebra orasida ham aloqalar mavjud. 
Bunday aloqalarni, masalan, geometiriya masalalarini echishda algebraik usullarni 
qo’llashda va aksincha algebrani o’qitishda geometrik tasvir va usullardan 
foydalanishda ko’rish mumkin. 

Download 343.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling