Mavzu: 5 mavzu: «Uchma –uch birikma bilan metal plastinalarni chap, o‘ng va qo‘shma usullarda payvandlash mashqlari»


O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR


Download 0.56 Mb.
bet2/8
Sana06.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1694101
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 GAZ 5M



O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR.





Texnologik bosqichlar

Faoliyat turlari

Muxandis-pedagog

O‘quvchilar

1-bosqich. Kirish
(5 daqiqa).
O‘quv materiallari bilan tanishtirish
(15 daqiqa).
Kirish yo‘riqnomasi (20 daqiqa).

Dars mavzusi va maqsadini e’lon qiladi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligini va baholash mezonlarini tushuntiradi.
Mazkur mavzu bo‘yicha o‘quv materiallarini (7-bo‘limiga asosan) yoritadi va o‘quvchilar bilan yozma test o‘tkazadi (test kiritiladi).
Yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalarini holatlarini eslatib o‘tadi, ish joyini tashkil etishni tushuntiradi va namoyish etadi. Eritib qoplangan valikli taxta namunalarini namoyish etib tushuntiradi. Gaz bilan payvandlash jihozida eritib qoplash rejimini tanlash, alanga quvvatini o‘rnatish va alangani sozlashni namoyish etib tushuntiradi. Har xil usullarda eritib qoplash ketma-ketligini tushuntiradi va namoyish etadi. Eritib qoplash ishlari nihoyasini bajarish va gaz alangasini qayta yoqish qoidalarini namoyish etib tushuntiradi. Atsetilen generatorini va boshqa jihozlarni razradka qilishni namoyish etib tushuntiradi.

Eshitadilar.
Eshitadilar, kuzatadilar va testlar bilan ishlaydilar.
Eshitadilar va kuzatadilar.

2-bosqich.
Mashqni bajarish
(160 daqiqa)



Tekshirish maqsadida ish joylarini aylanib chiqish:
1. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ish joyini tashkil etish.
2. Taxtalarni eritib qoplash uchun tayyorlash.
3. Gaz gorelkasi to‘plamini tanlash va alanga quvvatini sozlash.
4. Taxtalarni har xil usul va yo‘nalishlarda eritib qoplash.
5. Gaz alangasini qayta yoqish.
6. Chokni yakunini bajarish.
7. Eritib qoplangan valiklarni tozalash.
8. Bajarilgan ishlar sifati: harakterli xatolarga yo‘l qo‘yilganda joriy yo‘riqnoma o‘tkazish kerak.

1. Ish joyini ishlash uchun tayyorlaydilar.
2. Metalni eritib qoplashga tayyorlaydilar (tozalaydilar).
3. Gaz gorelkasi to‘plamini tanlaydilar va alanga quvvatini tanlab o‘rnatadilar.
4. Valiklarni har xil usul va yo‘nalishlarda eritib qoplaydilar.
5. Gaz alangasini qayta yoqadilar.
6. Chokni yakunlaydilar.
7. Chokni tozalaydilar.
Bajarilgan ishlarni sifatini vizual nazorat qiladilar.

3-bosqich Yakuniy yo‘riqnoma (ko‘rsatma)
(40 daqiqa)

O‘quvchilar bajargan ishlarni qabul qiladi. Mashg‘ulotga yakun yasaydi. O‘quvchilarga mashg‘ulot davomida qo‘yilgan xatolarini ko‘rsatib, yakuniy baholarini e’lon qiladi. Keyingi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilib nazariy materiallarni qaytarish uchun uyga vazifa beradi.

Bajargan ishlarni topshiradilar. Mashg‘ulot yakunini tinglaydilar va uyga vazifani yozib oladilar.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling