Mavzu: 580-350 ko’rinishdagi ifodalar 481-487-misol va masalalar
Download 12.45 Kb.
|
3 sinf matematika fanidan ochiq dars
Aim.Uz 18-dekabr Mavzu: 580-350 ko’rinishdagi ifodalar 481-487-misol va masalalar Maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarda 580-350 ko’rinishdagi ifodalar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish; Tarbiyaviy: o’quvchilarni hamjihatlikka chaqirish, ularning tabiatga mehr-muhabbat hislarini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya: o’rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib to’g’ri baholay olish; so’z va gaplarni bog’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars. Dars metodi: tushuntirish, mustaqil ish, ta’limiy o’yin. Dars jihozi: darslik, tarqatmalar, ko’rgazmalar, mavzuga oid rasmlar, rag’bat kartochkalari. Darsning borishi: Tashkiliy qism: salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash. Kirish suhbatini o’tkazish. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Uy vazifasini tekshirish. “Mohir hisobchi” mashqidan foydalanish. Yangi mavzuning bayoni 481-misol doskada tushuntiriladi. 580 - 350=□ ^ ^ 500+ 80 300+50 580-350=(500-300)+(80-50)=200+30=230 Yuzliklar yuzliklardan, o’nliklar o’nliklardan ayriladi. 482-misol 250-130=120 460-250=210 680-450=230 370-240=130 530-310=220 890-560=330 483-masala Quyildi bidondagi sut- 5ta 3 litrli va5ta 5 litrli bankalarga Bidonda bo’lgan-? Yechish: 1) 5×3=15 2) 5×5=25 3) 15+25=40 Javob: bidonda 40 litr sut bo’lgan. Dam olish daqiqasini o’tkazish. 484-masala Ariq bo’yidagi joy-30 m Ekishmoqchi bir qator qilib-6ta yong’oq ko’chati Bo’lishi kerak daraxtlar orasi- m dan Yechish: 1) 30÷6=5 2) 30÷5=6 ._________._________._________._________._________. 6m 6m 6m 6m 6m Javob: daraxtlar orasi 6m dan bo’lishi kerak. Guruhlarda ishlash. “tezkor savol-javob” o’yini. Bunda har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib stol ustidagi konvertlardan birini oladi. O’qituvchi savollarni o’qiydi, o’quvchilar tez javob berishi kerak. 7 daqiqada eng ko’p javob topgan guruh g’olib hisoblanadi. Yangi mavzuni mustahkamlash. 485-mantiqiy masala Javob: 1-cho’ponda 7 ta qo’y bo’lgan. Ikkinchi cho’ponda 5ta qo’y bo’lgan. 1-cho’pon 2-sidan 2ta qo’y olsa, 8 bo’ladi. 2-cho’pon 1-cho’pondan 1 qo’y olsa, 6ta bo’ladi. Natijada ikkala cho’ponda ham 6tadan qo’y bo’ladi. Darsni yakunlash va baholash. Darsda aktiv, faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish. Uyga vazifa: 486-487-misol va masala Download 12.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling