Мавзу: 6 Ахоли фаровонлиги ва ижтимоий таъминот Амалий машғулот топшириғи. 2 Топшириқ Қуйидаги саволларга жавоб беринг


Download 19.84 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi19.84 Kb.
#102505
Bog'liq
Мавзу 16 (6) Ахоли фаровонлиги ва ижтимоий таъминот 2 топшириқ(1-u)


Мавзу: 6 Ахоли фаровонлиги ва ижтимоий таъминот

Амалий машғулот топшириғи.

2 Топшириқ Қуйидаги саволларга жавоб беринг

1. Умумжамият фаровонлиги давлатнинг хусусиятларини тушунтиринг.


. “Umumjamiyat farovonligi davlati” tushunchasi keng qoʼllaniladi. Bunga sabab, aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi taʼlim, sogʼliqni saqlash kabi turli ijtimoiy xizmatlar dasturlari davlat sektori idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy taʼminot xizmatlari xususiy va tijorat tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, jamoatchilik tashkilotlari kabi qator davlat va nodalat sektor tashkilotlarining moliyaviy manbalari hisobidan moliyalashtiriladi. Bugungi kunda ijtimoiy taʼminotni amalga oshirishning turli yoʼnalishlari mavjud boʼlib, ular sogʼliqni saqlash, taʼlim sohalari, bola tarbiyasi, pensiya taʼminoti va uy-joy kommunal xizmatlarida oʼz aksini topadi. Ushbu chora-tadbirlar tizimi keng qamrovli boʼlganligi sababli uni moliyalashtirishda davlat byudjeti va nodavlat tashkilotlarning moliyaviy manbalaridan keng foydalaniladi. Bu esa oʼz navbatida “farovonlikka yoʼnaltirilgan aralash iqtisodiyot”ga xos xususiyat hisoblanadi.

2. Давлат ва тижорат ташкилотлари ижтимоий хизматларнинг ривожланиши устувор йўналишларини шарҳлаб беринг.


. Ijtimoiy taʼminot xizmatlari bozorida tijorat tashkilotlari ijtimoiy tovar va xizmatlarni sotish yoki sotib olish jarayonida maʼlum darajada qatnashadilar. Ijtimoiy xizmatlarni sotuvchilari ijtimoiy xizmatlar bozorida foyda olish maqsadida qatnashadilar, shu bilan bir qatorda ular tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlar aholi turmush farovonligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadilar. Ushbu xizmatlarni istemolchisi mamlakat fuqarolari hisoblanadi. Ijtimoiy xizmatlarni harid qilishda toʼlovlar individ, yoki turli tashkilot, davlat muassalari tomonidan toʼlanadi. Ijtimoiy xizmatlar bozorida sotilayotgan tovar va xizmatlar turlari har bir uy xoʼjaligi uchun ulardan foydalanish imkoniyatini berishi zarur. Ijtimoiy taʼminot xizmatlarini barcha fuqarolar uchun bir meʼyorda koʼrsatilishi sababini aniqlashda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi.

Birinchidan, ijtimoiy taʼminot xizmatlari fuqarolarning birlamchi istemol tovar va xizmatlariga boʼlgan talabini qondirishi zarurligi va uning davlat tomonidan kafolatlanganligidir. Ushbu jarayonda davlat oʼz fuqarolarining birlamchi isteʼmol tovarlari va xizmatlarini istemoli uchun yetarli shart-sharoitlar yaratishi zarur boʼladi. Masalan, birgina sogʼliqni saqlash xizmatlarini koʼrsatish orqali aholining salomatligini taʼminlashga erishildi. Ushbu xizmatlarni koʼrsatish davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur xizmatning narxi davlat tomonidan boshqariladi va barcha uchun meʼyoriy xizmatlar koʼrsatilishini kafolatlanganligini taʼminlaydi.

Ikkinchidan, ijtimoiy taʼminot xizmatlarini koʼrsatishda bozor mexanizmining samarasizligi. Ijtimoiy xizmatlarni istemolchiga yetkazib berishda bozor mexanizmlaridan keng foydalaniladi. Yaʼni turli tijorat tashkilotlari ijtimoiy taʼminot xizmatlari bozorida yetkazib beruvchi vazifasini bajaradilar. Ijtimoiy taʼminotning tovar va xizmatlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirishda davlat yetakchi oʼrinni egallaydi.


3. Ижтимоий таъминот билан меҳнатни муҳофаза қилишнинг боғлиқлигини тушунтиринг.


Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanib borishi natijasida ijtimoiy taʼminot xizmatlarining ahamiyati ortib boradi. Ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan barcha aholining foydalanish imkoniyatiga erishish oʼz navbatida mehnatkashlarga toʼlanadigan ish haqining yuqori darajada boʼlishini talab etdi. Ish haqining yuqori boʼlishi fuqarolarning sogʼliqni saqlash, taʼlim xizmatlaridan foydalanishi va oʼzlarining shaxsiy isteʼmolini qondirishga zamin yaratadi. Bundan tashqari ushbu holat ish beruvchilar tomonidan oʼz hodimlarining ijtimoiy xavfsizligini taʼminlashga imkon yaratdi. Bu esa oʼz navbatida mehnat munosabatlarining rivojlanishiga jiddiy turtki boʼldi.

Mehnat munosabatlarining rivojlanib borishi ish beruvchi va hodim oʼrtasida ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan foydalanish yozma shartnoma yoki ogʼzaki kelishuv asosida amalga oshirilishiga olib keldi. Jahon amaliyoti shuni koʼrsatadiki, ijtimoiy taʼminot xizmatlari bozorida mehnatni muhofazalash turli ijtimoiy sugʼurtalarni amalga oshirish orqali namoyon boʼladi. Ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi jarayonida iqtisodchi olimlar T. Bler va G. Braunlar tomonidan majburiy sugʼurta sxemalari taklif etilgan. Bunda asosiy eʼtibor pensiya taʼminotiga qaratilgan hisoblanadi va davlatning minimal pensiya badallari joriy etildi. Bu esa oʼz navbatida keksalik davrida aholining farovon turmush kechirishi uchun zamin yaratdi. 1980 yilga kelib Buyuk Britaniya mehnat bozorida band boʼlgan aholining qariyb yarmi pensiya sugʼurtasi bilan sugʼurtalandi.

Ijtimoiy taʼminot dasturlari doirasida mehnatni muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishildi:

- davlatning ijtimoiy xizmatlaridan foydalanishda iqtisodiy samaradorlikka erishildi;

- ishchi hodimning mehnat unumdorligining ortishi;

- bandlik darajasining ortishi;

- jamiyat aholisi farovonligining


4. Ихтиёрий ижтимоий таъминот ва нотижорат секторнинг ривожланиши босқичларини айтинг.


. “Ixtiyoriy ijtimoiy taʼminot” – bu davlat sektori va bozor subʼektlarining ijtimoiy farovonlikni taʼminlashdagi qamrov doirasining kengligidan dalolat beradi. Ijtimoiy taʼminot xizmatlarining taʼsir doirasi kengayishida notijorat tashkilotlari faoliyatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Ijtimoiy siyosat tizimli chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishda notijorat tashkilotlarining vazifalari belgilab beriladi. Bu orqali ijtimoiy kapital va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatlari samaradorligiga erishiladi.

Ijtimoiy taʼminot xizmatlarini koʼrsatishda davlat sektori va bozor subʼektlari oʼrtasidagi majburiyatlarning taqsimlanishi natijasida ayrim vazifalarni bajarishda ularga yordam beruvchi ingredient faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Bu esa oʼz navbatida notijorat sektorning rivojlanishiga zamin yaratdi. Notijorat sektorning ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritishiga oid iqtisodiy qarashlar oʼnglar partiyasining “bozor dogmasi” va soʼllar partiyasining “etatizm” ijtimoiy modellarida oʼz ifodasini topadi. Bunda notijorat sektor ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishdan koʼzlangan maqsadga erishishda yordam beruvchi (toʼldiruvchi) vazifasini bajaradi.






Глоссарий
Куйидаги сўзларга изоҳ беринг:



Ихтиёрий ижтимоий таъминот


– bu davlat sektori va bozor subʼektlarining ijtimoiy farovonlikni taʼminlashdagi qamrov doirasining kengligidan dalolat beradi. Ijtimoiy taʼminot xizmatlarining taʼsir doirasi kengayishida notijorat tashkilotlari faoliyatiga alohida eʼtibor qaratiladi.


Нотижорат ташкилотлар


asosiy maqsadi foyda olmaslik va u foydani ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlamaslik boʻlgan tashkilot. Bu tashkilot ijtimoiy, xayriya, madaniy-maʼrifiy, ilmiy va boshqa maqsadlarda fuqarolar sogʻligʻini saqlash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolarning nomoddiy talablarini qondirish, huquqini himoya qilish, fuqaro va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarlarini himoyalash, mojaro va bahslarni hal qilish, yuridik yordam koʻrsatish va boshqa jamiyat foydasiga xizmat qiluvchi maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi.


Уйда ижтимоий ёрдам


bu yaqin qarindoshlar, doʼst-birodarlarning, jumladan yuqorida keltirilganlardan farqli oʼlaroq, uyda pullik ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish, yaʼni tibbiy xizmatlar koʼrsatish, shu bilan bir qatorda eʼtiborga muhtoj kishilarni uyda parvarishlash va ularga gʼamxoʼrlik qilishni anglatadi.


Маҳаллий ўз ўзини бошқариш


hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish u. b. organlari tuziladi. Mas, Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va shahri k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish oʻ. b.ni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish oʻ. b. organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish u. b. organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish oʻ. b. organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi mumkin, bu va-kolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi.

Шахсий ёки физиологик парвариш


Malumki ijtimoiy ximoyaga muhtoj (nogiron, qariyalar, yetimlar va hk ) odamlarmi o’zlarini parvarish qilishda davlat tomonidan yakka xolda bitta odamni biriktiradi

“Фискал фаровонлик”


Fiskal farovonlik”- soliq siyosatini yuritish asosida aholi farovonligini taʼminlash. Daromaddan turli ijtimoiy sugʼurtalar, jumladan, majburiy pensiya sugʼurtasi badallarini ushlab qolish amaliyoti keng qoʼllanilgan.


Солиқ


Soliq – jismoniy shaxslarning daromadlaridan davlat byudjeti uchun toʼlanadigan majburiy toʼlov hisoblanadi. Ushbu toʼlovlar hisobidan jamlangan pul mablagʼlari quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish vositasi sifatida qoʼllaniladi:


Download 19.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling